Maktabgacha yoshdagi


Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Psixologiyaning fan sifatidagi vazifasi psixik hayotning asosiy 

qonunlarini o‘rganishdan iboratdir. Psixologiyani o‘rganish 

odam ning o‘zini va boshqalarni yaxshiroq tushunishiga, ular-

ning psixik holatini hisobga olgan holda yondashishiga yordam 

beradi. Kishi o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘ra oladi, 

o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, nuqsonlarni yo‘qotib 

borishga o‘rganadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyo-

ti ham aynan ana shu mezon talablariga javob berishi bilan xa-

rakterlanadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita 

amaliyotga tatbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O‘zbekistonda 

kadrlar tayyorlash milliy dasturini oladigan bo‘lsak, uning bajari-

lishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning 

ara lashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan tashxis markazlarida 

faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixologlar o‘quvchilardagi 

rivoj lanish ko‘rsatkichlari, aqliy o‘sish omillari va iqtidoriga qa-

rab ta’lim-tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik 

tadbirlarni o‘tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir-oqibat real 

samara berishi lozim. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining ka-

molotiga psixologiya fani muayyan hissa qo‘shadi.

Psixologiya muammolari turli sohalar bilan bog‘liq bo‘lishi 

bilan birga hozirgi kun uchun o‘ta dolzarb vazifalarni hal qi-

lish bilan ham bog‘liqdir. Bularga ekologiya muammolari, 

zoo psixologiya va odamshunoslik muammolari, demografik va 

millatlararo munosabatlar muammosi, insonparvarlik muam-

molari bilan bog‘liq psixologik muammolarni ko‘rsatish mum-

kin. Bulardan tashqari moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, 




17

mehnat samaradorligini oshirish, inson-inson, inson-texni-

ka, yer-inson, inson-iqlim munosabatlari, oila munosabatlari, 

o‘z joniga qasd qilish, turli jinoyatchilik singarilar ham o‘ta 

muhim bo‘lganligidan psixologik tadqiqotlar orqali aniqlanadi 

va tuzatishlar kiritiladi.



Psixologiya fanining tarmoqlari

Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan 

bo‘lib barcha fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Har bir so-

hasi o‘z yo‘nalishida psixologiyaning ma’lum bir yo‘nalishini 

ochib berish bilan birga kasb  psixologiyasiga oid tushuncha va 

qarorlarni ilgari suradi: 



pedagogik 

psixologiya

umumiy 

psixologiya

savdo

psixologiyasi

PSIXOLOGIYA

FANINING

PSIXOLOGIYASI



maxsus 

psixologiya

eksperimental

psixologiya

bolalar

psixologiyasi

ijtimoiy 

psixologiya

qiyosiy 

psixologiya

muhandislik 

psixologiyasi

sotsial

psixologiya

yuridik 

psixologiya

mehnat

psixologiyasi

yosh davrlari

psixologiyasi

Psixologiya fani jamiyatdagi barcha sohalarga kirib borgan 

bo‘lib hozirgi kunda uning 300 dan ortiq tarmog‘i mavjud.


18

–  umumiy psixologiya – psixologiya tomonidan aniqlanadi-

gan eng umumiy qonuniyatlarni, bu fanda qo‘llaniladigan tad-

qiqot metodlarini, nazariy prinsiplarni, ilmiy tushunchalarni 

ta’riflaydi. Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyat-

lardan iborat uchta asosiy kategoriyani birlashtiradi;

–  pedagogik psixologiya – ta’lim-tarbiya jarayonining psi-

xologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. 

O‘qituvchi va tarbiyachilar uchun bolalar psixologiyasini va 

pedagogik psi xologiyani bilish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. 

Pedagogik psi xologiya ta’lim jarayonida o‘quvchilar psixikasi-

ni, ularni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalashning psixik sha-

roitlarini tekshiradi. Pedagogika va maxsus fanlar psixologiya-

ning ma’lumotlari negi zida ish ko‘radi;

–  yosh davrlari psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning 

tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanishi jara-

yonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuni-

yatlarini o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bola rivojlanishining 

turli bosqichlarida uning psixikasini o‘rganadi;

–  maxsus psixologiya – psixik rivojlanishda normadan og‘gan 

bolalar, ya’ni anomal taraqqiyot psixologiyasini o‘rganadi. Patopsi-

xologiya – kasallar psixologiyasi. Oligofrenopsixologiya – aqli  

zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya – kar-soqovlar psixo-

logiyasi, tiflopsixologiya – ko‘zi ojizlar psixologiyasi; 

–  ijtimoiy psixologiya – jamiyatda odamlarning birgalikdagi 

ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikr-

lar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o‘rganadi;

–  mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyatining psi-

xologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish-

ning psi xologik jihatlarini o‘rganadi;

–  muhandislik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv 

sistemalari operatorining faoliyati, odam–texnika o‘rtasida 

funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish xususiyatlarini 

o‘rganadi;

–  yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bi-

lan bog‘liq masalalarning psixologik asoslarini o‘rganadi;

–  harbiy psixologiya  –  kishining  harbiy  harakatlar  sha      ro-

i   ti  da  namoyon  bo‘ladigan  xulq-atvorini,  boshliqlar  bilan  ij ro 




19

etuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihat larini 

o‘rganadi;

–  savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik 

sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga va jinsga oid xususi-

yatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini 

aniq laydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini o‘rganadi;

–  tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, 

bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi. 

Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy ha-

yot psi xo logiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiya-

si, rahbar psixologiyasi, parapsixologiya va boshqa ko‘plab so-

halar mavjud. Psixologiyaning qaysi tarmog‘ini olmang ular 

oldida turgan asosiy vazifalar mehnat faoliyatida odamlar ishi-

ni yengillashtirish va takomillashtirishdan iboratdir.

Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni

XVIII asrga kelib psixologiya falsafa tarkibidan ajra lib 

chiqdi va mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi. Uning mustaqil 

bo‘lishi tez rivojlanishga olib keldi. Natijada XX asrga ke-

lib o‘zining eng muhim muammolarini ishlab chiqa bosh-

ladi. Hozirgi davr ga ke lib psixologiya fani o‘zining alohida 

o‘rganish metod la riga, o‘ziga xos vazifalariga va o‘z pred-

metiga ega bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda psixologiya inson 

haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatida tan olinmoqda. 

Psixologiya falsafa, tabiatshunoslik, pedagogika, sotsiologi-

ya, tabiiy fanlar, texnika fanlari, kibernetika iqtisodiyot ka-

bi ko‘plab fanlar bilan bog‘langan.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish