ONA TILI 5-sinf
242-mashq.
Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib yozing. Bosh harfl arning
ishlatilish sabablarini tushuntiring.
Ominaxon, Sa’diy Sheroziy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon
Nosir; Xiva, Mirzacho‘l, Oqtoshsoy; Bobotog‘, Hisor; O‘rta Osiyo,
O‘zbekiston Respublikasi, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya;
Merkuriy, Saturn; Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Ustoz va
murabbiylar kuni; Sirdaryo, Jizzax.
243-mashq.
Berilgan so‘zlarning imlosiga diqqat qiling. Ular ishtirokida
gaplar tuzing.
“Gulxan” jurnali, “Tong yulduzi” gazetasi, “Bolajon” tele kanali,
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Kamalak” tashkiloti.
244-mashq.
Uyga vazifa. “Ulug‘ ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik”
mavzusida 10–12 gapdan iborat matn tuzing. Matnda bosh harfl ar bilan
yoziladigan so‘zlardan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |