256-mashq.
Uyga vazifa.
Omonilla Madayevning fi krla riga asoslanib, “Til –
millat boyligi”
mavzusida matn tuzing.
Til millatning ma’naviy boyligi, g‘ururidir. Ajdodlardan avlodlarga
o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni
asrab-avaylashimiz kerak. So‘z ishlatishda o‘ta sinchkov, talab-
chan bo‘lishimiz darkor.
71-dars. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO
MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
O‘zbekiston o‘zining yerosti va yerusti
boyliklariga ko‘ra
dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan
davlatlaridan biridir. Yurtimizda
2700 ga yaqin istiqbolli konlar,
oltin, mis, neft, tabiiy gaz, ko‘mir,
kaliy tuzi kabi noyob qazilmalar mavjud. Mamlakatimiz oltin
zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uran zaxiralari bo‘yicha
yettinchi-sakkizinchi, mis zaxiralari bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |