ONA TILI 5-sinf
LEKSIKOLOGIYA
70-dars. O‘ZBEK TILINING LUG‘AT BOYLIGI
Komiljon:
– Bilasizlarmi, o‘zbek tili
dunyodagi eng boy va go‘zal tillardan
biridir. Tilimiz dagi so‘zlar miqdori, ta’sir-
chanligi, ifodaviyligiga ko‘ra hayotimizda
alohida o‘rin tutadi.
Donoxon:
– Bu so‘zlar bizning xazi-
namiz, katta boyligimizdir. Kelinglar,
quyidagi rasmga qarab, “Tilimizning tillo sandig‘i ” degan
mavzuda suhbatlashaylik. Boshladik bo‘lmasa!
253-mashq.
Qavs ichidagi so‘zlardan mosini tanlab, maqollarni
to‘g‘rilab yozing. O‘zbek tilining so‘z boyligi bo‘yicha suhbatlashing.
1. (Qo‘li, mushti, bilagi) zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. 2. Ilm –
(miya, bosh, aql) chirog‘i. 3. Uchishga qanot kerak, o‘qishga (sabot,
toqat, qanoat) kerak. 4. (Chiroy, go‘zallik, husn) – ilm-u ma’rifatda.
254-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |