Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy,
To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr
Fayn berg singari atoqli shoir va yozuvchilar xotirasiga bag‘ishlangan
yangi yodgorlik majmualari yaratildi.
“Adiblar xiyoboni”ga kelgan kishi tabiat go‘zalliklaridan bahra olib
qaytishi shubhasiz. Bu mo‘jaz bog‘ga tashrif buyurgan har bir inson
adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siymolarning haykallari
poyiga gullar qo‘yadi. (“Ma’rifat gazetasi”dan)
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarga e’tibor bering.
Munosabat bildiring.
1. Yuqorida nomlari sanalgan adiblarning ijodi bilan tanishmisiz?
2. Dunyo tanigan qaysi o‘zbek ijodkorlarini bilasiz?
1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf
bilan yoziladi: Abdulla Qodiriy, Fitrat.
2. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston (mamlakat),
Navoiy (viloyat), Farg‘ona (shahar), Ko‘kcha (mahalla).
http://eduportal.uz
107
Do'stlaringiz bilan baham: |