32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlar
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki nitsionalizatsiya va musodara qilinmaydi,
qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar,
epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno bo‘lib, unda
mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati to‘lanadi. Rekvizitsiya to‘g‘risidagi qaror davlat
hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi
qaror ustidan sud tartibda shikoyat qilishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |