31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu
subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va
boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun
hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan taminlanadi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi.
Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin.
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan statistika axboroti
muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |