Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  K o'chm as  m u lk   b ilan  birga  sotib   o lu v c h ig a   o ‘tadigan  boshqa



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4.  K o'chm as  m u lk   b ilan  birga  sotib   o lu v c h ig a   o ‘tadigan  boshqa 

huquqlar  tarkibi  va  u n i  am alga  o sh irish   n iyatlari

Bino, inshoot yoki boshqa ko'chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan, 

sotib  oluvchiga  bunday  ko'chmas  mulkka  egalik  huquqini  topshirish  bilan 

bir  vaqtda,  ushbu  ko'chmas  mulk  joylashgan  va  undan  foydalanishi  zarur 

b o ig an   yer  uchastkasining  m uayyan  qismiga  b o ig an   huquqlar  ham  

topshiriladi  (FKning  487-moddasi  1-qismi).  Bundan  nafaqat  ko'chmas  mulk 

joylashgan  yer  uchastkasi,  balki  undan  foydalanish  uchun  zarur  boigan 

maydon,  masalan,  binoga  olib  kiradigan  yo'lak  ham   nazarda  tutiladi. 

M aium ki,  Yer  kodeksining  18-moddasida  nazarda  tutilgan  hollardan 

tashqari,  yer  oldi-sotdi  qilinmaydi.  Yer  davlat  mulki  boiib  hisoblanadi  va 

faqat foydalanish uchungina berilishi mumkin, holos. Yer uchastkasiga boigan 

mulk  huquqi  bilan  yer  ustida  joylashgan  ko'chmas  mulkka  nisbatan  mulk 

huquqi farqlanadl Masalan, bog'ga nisbatan mulk huquqi m aium  bir fuqaroga 

tegishli bo'lsa, bog' joylashgan  yerga nisbatan mulk huquqi davlatga tegishli 

boiadi.  Bog'ning  egasi  yer  uchastkasidan  foydalanuvchi  bo'lib  hisoblanadi 

Binobarin,  bog'  sotilgan  taqdirda,  sotib  oluvchiga  nisbatan  mulk  huquqi  va 

bog'  joylashgan  yer  uchastkasiga  nisbatan  foydalanish  huquqi  o'tadi

Sotuvchi  sotayotgan  ko'chmas  mulk joylashgan  yer  uchastkasining 

mulkdori  boigan  taqdirda  sotib  oluvchiga  y er  uchastkasining  tegishli 

qismiga  mulk  huquqi  yoki  ijara  huquqi  yoxud  ko'chm as  mulkni  sotish 

sh artno m asid a  n azard a  tu tilg a n   boshqa  h u q u q   h a m   beriladi.  A g ar 

shartnom ada  ko'chm as  m ulkni  sotib  oluvchiga  topshiriladigan  tegishli 

yer  uchastkasiga  b o ig an   huquq  belgilangan  bo'lmasa,  sotib  oluvchiga 

y er  uchastkasining  ko'chm as  m ulk  joylashgan  va  ko'chm as  m ulkdan 

foydalanish  chun  zarur  b oigan  m uayyan  qismiga  m ulk  huquqi  o'tadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Sotuvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo'lmagan  yer uchastkasida 

joylashgan  ko'chmas  mulkni  agar  bunday  uchastkadan  foydalanishning 

qonun  yoki  shartnom ada  belgilangan  shartlariga  zid  bo'lmasa,  ana  shu 

uchastkasi  m ulkdorlarning  roziligisiz  sotishga  yo'l  qo'yiladi.  B unday 

ko'chm as  mulk  sotilganida,  sotib  oluvchi  ko'chm as  mulkni  sotayotgan 

shaxs  yer uchastkasining tegishli qismidan qanday shartlarda foydalangan 

bo'lsa,  o'sha  shartlarda  foydalanish  huquqini  qo'lga  kiritadi.

FKning  483-moddasida  yer  uchastkasi  sotilganda,  ko'chmas  mol- 

mulkka  bo'lgan  huquq  mazmuni  belgilab  qo'yilgan.  Yer  kodeksining  18- 

m oddasiga  asosan,  y u rid ik   va  jism oniy  sh axslarning  savdo,  xizm at 

ko'rsatish  obyektlarini  xususiylashtirib  olganda  ular  joylashgan  y e r 

uchastkalarini  ham   xususiylashtirish  im koniyatlari  belgilab  qo'yilgan. 

Binobarin,  b u n d a y   h o latd a  yu rid ik   yoki  jism oniy  shaxsda  n a fa q a t 

ko'chmas  mol-mulkka  nisbatan,  balki  o'sha  ko'chmas  mulk  joylashgan 

y er  uchastkasiga  nisbatan  ham   mulk  huquqi  vujudga  keladi.  FKning 

483-moddasida  m ulkdor ushbu obyektlarga nisbatan huquqlarni alohida- 

alohida  holda  ta s a rru f  etish  oqibatlari  belgilab  qo'yilgan.  Sotuvchiga 

qarashli  bino,  inshoot  yoki  boshqa  ko'chm as  m ulk  joylashgan  y e r 

uchastkasi  ana  shu  ko'chm as  mulkni  sotib  olayotgan  shaxsga  mulk  qilib 

topshirm agan holda sotilsa,  yer uchastkasining ko'chmas mulk joylashgan 

va  k o 'ch m as  m u lk d a n   foy d alanish  u c h u n   z a ru r  bo'lgan  q ism id an  

sotuvchining  foy d alanish  h u q u q i  sotish  sh artn o m asid a  belgilangan 

shartlarda  saqlanib  qoladi.  Masalan,  shaxs  Yer  kodeksining  18-moddasini 

sotgan holda,  yer uchastkasi ustida joylashgan savdo yoki xizmat ko'rsatish 

obyektiga  nisbatan  m ulk  huquqini  o'zida  saqlab  qolgan  bo'lsa,  ush b u  

oby ektlardan  foydalanish  sh artlari  y er  uchastkasini  sotish  haqidagi 

shartnom ada  belgilab qo'yilgan bo'lishi kerak.  A gar uchastkaning tegishli 

qismidan  foydalanish  shartlari  uni  sotish  shartnomasi  bilan  belgilangan 

bo'lmasa,  sotuvchi  y er  uchastkasini  ko'chmas  mulk  joylashgan  va  bu  

ko'chm as  m ulkdan  ko'zlangan  m aqsadlarda  foydalanish  uchun  z a ru r 

bo'lgan qismdan  cheklangan holda  foydalanish  (servitut)  huquqini saqlab 

qoladi.  Oldi-sotdi  shartnom asining  shakliga  nisbatan  bitimlarning  shakli 

h a q id a g i  q o id a la r   (F K n in g   1 0 8 -1 1 2 -m o d d a la ri),  s h u n in g d e k , 

shartnom aning shakli haqidagi qoidalar (FKning 336-moddasi) qo'llaniladi. 

Bunda  shar tnom aning  tu ri  va  tovam ing  o'ziga  xos  xususiyatlari  m uhim  

aham iyatga  ega.  Oldi-sotdi  shartnomasi  shaklini  belgilashda,  birinchidan, 

fuqarolik  m uomalasining  talablari,  ikkinchidan  esa,  oldi-sotdi  bitimlari 

qonuniyligining  ustidan  nazorat  qilish  zarurati,  bunday  m unosabatlarda 

jam iyat m anfaatlari yoxud ayrim  shaxslar m anfaati himoyasini ta ’minlash

www.ziyouz.com kutubxonasi




zarurati  bilan bog'liq  holatlar belgilovchi  omil bo'lib  hisoblanadi.  Masalan, 

naqd pul hisobiga amalga oshiriladigan ehakana savdoda taraflarga qulaylik 

tug'dirish  uchun  oldi-sotdi  shartnomasini  maxsus  rasm iylashtirish  talab 

etilmaydi. Naqd pul baravariga tuziladigan va tuzilish vaqtining o'zidayoq 

ijro etiladigan oldi-sotdi shartnomasi, um um iy qoida bo'yicha summ asidan 

q a t ’iy  n azar,  og 'zak i  sh ak ld a  tu zilish i  m um kin.  B in o b arin ,  savdo 

do'konlarida,  bozorlarda  tuziladigan  oldi-sotdi  shartnom alari  tovarlarning 

xaridorlarga  darhol  topshirilgani  va  shu  ondayoq  haq  to'langani  sababli 

og'zaki  rasmiylashtirilishi  mumkin.

Agarda  oldi-sotdi  shartnomasini  am alga  oshirishda  haq  to'lash  va 

sotilgan  tovarni  topshirish  bir  v aq tn in g   o'zida,  sotuvchi  va  xarid o r 

tomonidan  muqobil  ijro  etilmasa,  masalan,  tovar  haqini  oldindan  to'lash, 

nasiyaga tovar sotish, tovar haqini bo'lib to'lash (FKning 420-422-moddalari) 

hollarida  shartnom a  yozma  ravishda  tuzilishi  m aqsadga  m uvofiq  yoxud 

bunday  hollarda  tegishli  harakatlarning  sodir  etilganligi  (masalan,  pul 

oldindan  to'langanligi,  tovar  nasiyaga  sotilgani)  fakti  chek,  jeton,  tilxat 

orqali  guvohlantirilishi  lozim.  Bu  esa  kelgusida  taraflar  o'rtasida  nizolar 

kelib  chiqishining  oldini  oladi  yoxud  b u n d ay   nizolarning  adolatli  hal 

etilishiga  xizmat  qiladi.

K o 'ch m as  m ol-m ulk,  sh u   ju m la d a n ,  t u r a r   jo y la r  oldi-sotdisi, 

avtomobillar,  ov,  o'q  otar  qurollari  va  shu  kabi  predm etlar  oldi-sotdisi 

ustidan nazorat o'rnatish ijtimoiy aham iyatga ega. Shu sababli ham  bunday 

shartnom alar  yozma  tuzilishi,  notarial  guvohlantirilishi,  m axsus  davlat 

ro'yxatidan  o'tkazilishi  talab  etiladi.  B unday  hollarda  shartnom a  tegishli 

shaklda  rasmiylashtirilmasligi  uning  haqiqiy  sanalmasligi  yoki  qonunda 

belgilangan boshqa oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bunday talablar 

tashqi  savdo  bitimlariga  nisbatan  ham   qo'llaniladi.

Oldi-sotdi  shartnom asida  taraflar  sotuvchi  va  xaridor  hisoblanadi. 

Bunda taraflar sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashishi mumkin. 

Ayni  vaqtda  m uayyan  hollarda  shartnom ada  taraf  sifatida  davlat  ham  

ishtirok  etishi  mumkin.  Davlat  o'zining  ta ’sir  etish  huquq  layoqatiga  ega 

bo'lganligi  u c h u n   tad b irk o rlar  va  sotib  oluvchi  iste ’m olchilar  bilan 

tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida ishtirok eta olmaydi. Masalan, ehakana 

oldi-sotdi,  m ahsulot  yetkazib  berish,  kontraktatsiya,  energiya  t a ’minoti 

shartnomalarida  va  hokazo.  Oldi-sotdi  shartnom asida  davlat ishtirokining 

yaqqol  m isoli  d a v la t  e h tiy o jla ri  u c h u n   to v a r la r   y e tk a z ib   b e ris h  

shartnom asidir1.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish