1 Энергиядан турмушда ф ойдаланадиган фукаро абонент булганда энергия
таъминоти шартномаси реал шартномалар тоифасига киради. Зеро, ФКнинг 469-
моддасида “энергиядан турмушда фойдаланадиган фукаро абонент булган такдирда,
абонент тармокка белгиланган тартибда амалда биринчи марта уланган пайтдан
бошлаб у билан шартнома тузилган хисоблианши» назарда тутилган. Бу холат эса
реал шартномаларга хос хусусият хисобланэди
www.ziyouz.com kutubxonasi
m ajburiy shartlar oldindan belgilab qo'yilishi bilan, shartnom a ishtirokchisi
hisoblangan abonent shartnomaning zaif tomoni sifatida uning qo'shimcha
o'zgartirish huquqiga ega bo'lmasligi bilan ajralib turadi. Zero, energiya
ta ’m inoti shartnom asida qan d ay sh a rtla r ifodalanishi lozimligi qonun
h u jjatlarid a q a t’iy belgilab quyiladi. Masalan, “E lektr energiyasidan
foydalanish” Qoidalariga muvofiq, abonent va energiya ta ’minoti tashkiloti
o'rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
- shartnom a mavzusi;
- iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilishning va elektr
energiyasi sifati ko'rsatkichlarini kelishishning majburiyligi;
- tarm oqlar va energiya uskunalarining balans bo'yicha mansublik
chegaralari;
- elektr energiyasi uchun haq to'lash bo'yicha iste’molchilarning
tarif guruhlari;
- iste’molchining tasarrufidagi tarm oqlar va energiya uskunalaridan,
hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va ularning
sozligini ham da energiya ta ’minotining ishonchliligini ta ’minlash;
- subabonentlarni abonentning tarm og'iga ulash (iste’molchining
nomi, q u w a ti, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa m a’lumotlar);
- alohida shartlar;
- ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
- nizolarni hal etish tartibi;
- tomonlarning rekvizitlari.
E n e rg iy a bilan t a ’m inlovchi ta sh k ilo tn in g asosiy m a jb u riy a ti
tutashtirilgan tarm oq orqali energiyani berib turish hisoblanadi. Shu bilan
birga, energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot energiyani energiya ta ’minoti
shartnom asida nazarda tutilgan m iqdorda va taraflar kelishgan energiya
berish tartibiga amal qilgan holda berib turishi lozim. Energiyaning miqdori
o'lchov asboblari ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi. Energiya “kilovatt”da
hisoblansa, energiya ta ’minlovchi bergan va abonent qabul qilgan gazning
miqdori esa “kubom etr”da aniqlanadi.
Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarm oq orqali
abonentga energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va
taraflar kelishgan energiyani, ya’ni 220 v - 360 v yoki 110 v dan uzluksiz
hamda belgilangan (kelishilgan) vaqtda yetkazib berilishini ta ’minlashi lozim.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya
miqdori o'lchov asboblari ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Q o nu n h u jja tla rid a e n e rg iy a bilan t a ’m in lo v ch i ta sh k ilo tn in g
m ajburiyatlari aniq belgilab quyilgan. Masalan “Issiqlik energiyasidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
f o y d a la n is h ” Q o id a la rig a m u v o fiq , issiq lik t a ’m in o ti ta s h k ilo ti
quyidagilarga m ajbur:
- shartnom aga m uvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasi uzluksiz
berilishini t a ’m inlash, issiqlik m anbayi kollektorlaridan berilayotgan
issiqlik m anbalari param etrlarin in g (bug1 va issiq suv) shartnom aga
muvofiqligini ta ’minlash, ularning:
- bug' bo'yicha (bosim va harorat) - (Q) 5 foizga;
- issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo'yicha - (Q) 3 foizga.
Suv bosimi bo'yicha:
- issiqlik beruvchi quvurda - (Q) 5 foizga;
- orqaga qaytadigan quvurda - (Q) 20 kPa chetga chiqishiga yo'l
qo'ymaslik;
- issiqlik to'liq yetkazib berilmaganligi to'g'risida iste’molchilarning
yozma arizalarini iste’molchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun
m uddatda ko'rib chiqish;
- issiqlik ta ’minoti tashkilotining aybi bilan texnologik m aqsadlardagi
to'liq yetkazib berilm agan energiya qiymatini qoplash. To'liq yetkazib
berilm agan energiya hajm i iste ’m olchining vakili ishtirokida issiqlik
t a ’m in o ti ta s h k ilo ti to m o n id a n a n iq la n a d i va d a lo la tn o m a bilan
rasmiylashtiriladi.
Elektr energiyasini yetkazib beruvchi energiya ta ’minoti tashkiloti
esa quyidagilarga majbur:
- elek tr energiyasini elek tr tarm oqlarining bo'linish chegarasiga
shartnom ada ko'rsatilgan m iqdorda yetkazib berish;
- elektr energiyasi sifat ko'rsatkichlarini elektr tarm oqlarining balans
bo'yicha mansublik chegarasida shartnom a va standartlar bilan belgilangan
darajada saqlab turish;
- e n e rg iy a t a ’m inoti ta sh k ilo tin in g e le k tr ta rm o q la rin i rejali
ta ’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta ’minlashdagi m um kin bo'lgan
uzilishlar to'g'risida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;
- elektr energiyasi berishning rejadan tashqari to'xtat.ilishi sabablarini
xab ar qilish;
- h isob-kitob e le k tr hisoblagichlarini am aldagi d a v la t norm ativ
hujjatlari talablariga muvofiq alm ashtirish m uddatlarini x ab ar qilish;
- joriy etiladigan cheklashlar haqida cheklashning joriy etilish hajmi
va vaqtini ko'rsatgan holda o'z vaqtida xabar qilish;
- elektr energiyasining energiya ta ’minoti tashkiloti va iste’molchi
o'rtasida tuzilgan shartnom aga muvofiq iste’molchiga uzluksiz yetkazib
berilishini ta ’minlash;
www.ziyouz.com kutubxonasi
- iste’molchilarning elektr energiyasining to'liq berilmaganligi yoki
elek tr t a ’m inotidagi boshqa qoida buzilishlari to'g'risid agi arizalarini
iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikm ay ko'rib
chiqish va ushbu qoidalarga m uvofiq mufassal javob yuborish.
Energiya ta ’minoti shartnom asida abonentning o'zi qabul qiladigan
e n e rg iy a n in g sh a rtn o m a d a b e lg ila n g a n m iq d o rin i e n e rg iy a bilan
t a ’m inlovchi tash kilo tnin g e n e rg iy a n i sh a rtn o m a d a b elgilanm agan
m iqdorda berishni ta ’minlash bilan bog'liq xarajatlarini qoplash sharti
bilan o'zgartirish huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Energiyadan turm ushda foydalanadigan fuqaro energiya ta ’minoti
shartnom asiga muvofiq abonent bo'lgan taqdirda u energiyadan o'zi
uchun zarur bo'lgan miqdorda foydalanishga haqli.
Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot beradigan energiyaning sifati
standartlashtirish bo'yicha qonun hujjatlarida yoki energiya ta ’minoti
shartnom asida belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga m uvofiq, ab o n entga quyidagi
m ajburiyatlar yuklatiladi:
1. Energiya bilan ta'minlovchi tashkilot bergan energiya haqini o'z
vaqtda to'lash;
2. Shartnom ada nazarda tutilgan energiya iste’mol qilish tartibiga
rioya etish;
3. Tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini
ta ’minlash;
4. O 'zi fo y d a la n a d ig a n e n e rg iy a is te ’mol q ilu v c h i asbob va
uskunalarning sozligini ta ’minlash.
A b o n e n t is h la tila y o tg a n e n e r g e ti k a ta r m o q la r i , a s b o b va
uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini ta ’minlashi, energiya
ishlatishning belgilangan tartibiga am al qilishi, shuningdek avariyalar,
yong'inlar, energiyani o'lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan
foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to'g'risida energiya
bilan t a ’minlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim.
Energiya ta ’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turm ushda
foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, energetika tarm oqlari, shuningdek
energiya iste’molini hisobga olish asboblarining zarur texnik holati va
xavfsizligini ta ’minlash m ajburiyati energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot
zimmasiga yuklatiladi.
Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagilarga m ajbur:
- elektr energiyasi va iste’mol qilinadigan q u w a t uchun shartnomadagi
miqdorning kamida 30 foizi miqdorida oldindan haq to'lash va iste’mol
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitobni hisob-kitob oyi
tugaganidan so'ng 30 kun mobaynida amalga oshirish;
- energiya ta ’minoti tashkiloti talabiga ko'ra quyidagilarni hisobga
olish va xabar qilish:
- h a r sutkalik, h ar oylik sarflar va iste’mol qilinadigan q u w atn in g
haqiqiy miqdori;
- energiya tizimining eng k a tta va eng kichik yuklamali davrlarida
reaktiv energiya va q u w a tn in g h a r sutkalik sarfi;
- energiya tizimining eng k a tta yuklamasi vaqtida h a r 30 daqiqadagi
aktiv energiya (q u w at) sarfi.
E lek tr energiyasi iste’molchilari energiya ta ’m inoti tashkilotidan
quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
- e le k tr energiyasini e le k tr tarm oqlarining bo'linish chegarasiga
shartnom ada ko'rsatilgan m iqdorda yetkazib berish;
- elek tr tarmoqlarining balans bo'yicha mansublik chegarasida elektr
e n e rg iy a sin in g sifat k o 'rs a tk ic h la rin i s h a rtn o m a va s ta n d a rtla rd a
belgilangan qiym atda saqlash;
- en e rg iy a ta ’m inoti tashkilotining elek tr tarm o q larin in g rejali
ta ’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta ’minlashdagi m um kin boigan
uzilishlar to'g'risida ogohlantirish;
- elektr energiyasi ta ’minoti tashkiloti bilan kelishgan holda elektr
energiyasi iste’molining oylik shartnom aviy miqdorini choraklik miqdor
doirasida joriy yil mobaynida 2 m arta (1 va 2-oylarda ular tugagungacha
10 kundan kechikmay) qayta taqsimlash.
Energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning texnik holatiga va
ularni ishlatishga qo'yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya etilishini
nazorat qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
A gar qonun hujjatlarida yoki energiya bilan ta ’minlash shartnomasida
boshqacha tar tib nazarda tutilgan boim asa, energiya haqi abonent amalda
qabul qilgan energiya miqdori uchun to'lanadi.
A bonent energiya bilan t a ’minlovchi tashkilotdan tutashtirilg an
tarm oq orqali qabul qilib olgan energiyani boshqa shaxs (qo'shimcha
abonent) ga faq at energiya bilan t a ’minlovchi tashkilot roziligi bilan
berishga haqli.
A g ar qonun h ujjatlarid a yoki energiya ta ’m inoti shartnom asida
b o s h q a c h a ta r tib n a z a rd a tu tilg a n b o im a s a , a b o n e n t to m o nid an
energiyani qo'shim cha abonentga berish shartnomasiga nisbatan energiya
ta ’minoti shartnom asi qoidalari qoilanadi.
A gar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boimasa,
www.ziyouz.com kutubxonasi
energiyani qo'shimcha abonentga berish chog'ida abonent energiya bilan
ta ’minlovchi tashkilot oldida javobgar bo'lib qolaveradi.
Energiya ta ’minoti shartnom asi bo'yicha m ajburiyatlar bajarilmagan
yoki lozim darajada bajarilm agan hollarda energiya bilan ta ’minlovchi
tashkilot yoki abonent shu tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi
shart.
A gar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi
sababli energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot tomonidan qonun hujjatlari
asosida iste’molni tartibga solish natijasida yuz bergan bo'lsa, energiya
bilan t a ’minlovchi tashkilot a y b d o r bo'lgan taq d ird ag in a shartno m a
m ajburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarm agani uchun
javob beradi.
Energiya berishdagi uzilishlarga, energiya berishni to'xtatish yoki
cheklashga taraflar kelishuviga muvofiq yo'l qo'yiladi. Abonentga qarashli
en erg etik a qurilm alarining qoniqarsiz ahvoli av a riy a xavfini keltirib
chiqarishi m umkinligi yoki fu q aro lar hayoti va xavfsizligiga tah d id
tug'dirayotgani davlat energetika nazorati organi tom onidan tasdiqlangan
hollar bundan mustasno. Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot abonentni
energiya berishdagi uzilishlar, energiya berishni to'xtatish yoki cheklash
to'g'risida ogohlantirishi lozim.
Abonent bilan kelishmasdan va uni ogohlantirm asdan, biroq unga
darhol xabar bergan holda energiya berishni v aqtincha uzib qo'yish,
to'xtatish yoki cheklashga energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot tizimida
avariyaning oldini olish yoki uni tugatish uchun kechiktirib bo'lmaydigan
choralarni ko'rish zarur bo'lgan hollarda yo'l qo'yiladi.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga muvofiq energiyadan turm ushda
fo y d alan ad ig an fu q aro a b o n e n t b o 'lgan ta q d ird a u en erg iy a bilan
ta ’minlovchi tashkilotga m a’lum qilish va foydalanilgan energiya haqini
to'liq to'lash sharti bilan shartnom ani bir tomonlama bekor- qilish huquqiga
ega.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga muvofiq energiyadan turm ushda
foydalanadigan fuqaro abonent bo'lgan taqdirda abonent o'zi foydalangan
energiya haqini to'lamagani tufayli energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot
shartnom ani bajar ishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega, bunda
u shartnom ani bajarishdan bosh tortishdan kam ida bir oy oldin abonentni
bu haqda ogohlantirishi lozim.
Energiya ta ’minoti shartnom asiga muvofiq yuridik shaxs abonent
bo'lgan hollarda energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot abonent shartnom ani
jiddiy buzgan taqdirda shartnom ani b ajarishdan b ir tom onlam a bosh
www.ziyouz.com kutubxonasi
tortishga haqli, qonun h ujjatlarid a belgilab qo'yilgan hollar bundan
mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |