tu ri sifatida uning boshqa turlaridan o'zining predm eti bilan ajralib turadi.
S hu m unosabat bilan m azk u r shartn o m a o'zining p redm etig a k o 'ra
m ustaqil fuqarolik-huquqiy shartnom a sifatida o'z o'm iga ega. M azkur
shartno m a predm eti hisoblangan energiya ham fuqarolik huquqining
boshqa obyektlaridan o'ziga xos belgilar bilan ajralib turadi. Energiya
bilan t a ’m inlash odatdagi tovarlarni yetkazib berishd an farq qilib, u
oddiy tovar singari sotuvchidan sotib oluvchiga o'tm asdan balki energiya
bilan t a ’m inlovchi tash k ilo tg a tegishli b o 'lg an
m ax sus v o sita la r -
tutashtirilgan tarm oqlar orqali iste’molchiga yetkazib beriladi. Energiya
ta ’m inoti shartnom asiga ko'ra, energiya bilan ta ’minlovchida va sotib
oluvchi (iste’molchida) m u ay yan sim lar, q u v u rla r (elektr va issiqlik
tarm oqlari) ning m avjud b oiish i va ular um um iy tarm oqqa ulangan
b oiishi shart. Energiya bilan ta ’minlash tutashtirilgan tarm oq m avjud
bo'lgandagina amalga oshirilishi mumkin.
Energiya odatdagi moddiy n e’m at sifatida tushunilishi m um kin emas.
Energiya o'zida moddiylik xususiyatini namoyon etib, o'zida m uayyan
moddiylik holati (tok kuchlanishi, suvning harorati) ni ifoda etadi. Ushbu
xususiyatlar insonlar foydali natijalarga erishishini, turli xildagi texnik
operatsiyalarni amalga oshirishini ta ’minlash, ishlash va dam olish uchun
z a r u r iy s h a ro itla rn i y a r a tis h g a x iz m a t q ila d i. E n e rg iy a n i fizik
xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa tovarlar kabi om borlarda va m axsus
idishlarda ko'p m iqdorda to 'plash va saqlab tu rish n in g imkoni yo'q.
Energiyaning foydali xususiyatlari undan foydalanish, uni iste’mol qilish
jarayonida namoyon boiadi. Foydalanish natijasi sifatida bajarilgan ish
yoki am alga oshirilgan texnologik operatsiyalarni ko'rsatib o'tish mumkin.
Biroq, bunda energiyaning o'zi biror-bir m ahsulot yoki boshqa shakliga
aylanm aydi, balki yo'q b o iib ketadi. Energiyaning m avjud boiganligi
va un dan foydalanilganligi ulchov asboblarining ko'rsatkichlarida aks
etadi holos.
T a ’kidlash lozimki, hali tarmoqda boigan va iste’molchi tomonidan
foydalanilm agan energiya tarm oq egasi va energiyani ishlab chiqish
manbasining egasiga tegishlidir. Energiya bilan ta ’minlovchi tashkilotning
m ulkdor sifatidagi vakolatlarining asosiysini energiyani tasarruf etish huquqi
tashkil etadi. Bu huquq energiyani sotib oluvchi (abonent) larga sotish
(uzatish) yoxud boshqa bitim lar (masalan, qarz) tuzish orqali am alga
oshiriladi. Shu bilan birga energiya bilan ta ’minlovchi tashkilot energiyaning
m uayyan miqdoridan o'zining ehtiyojlarini qondirishda foydalanadi. O'zi
qabul qilib olayotgan energiyaga egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf
etish bo'yicha abonentning vakolatlari energiyani amaldagi qoidalar va
shartnom a shartlariga rioya qilgan holda, o'ziga tegishli uskunalar ishlashini
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta ’m inlagan holda o'zining xohishiga ko‘ra, turli texnologik ehtiyojlar:
isitish, issiq suv bilan ta ’minlash va shu kabilarga yo'naltirish imkoniyatiga
egaligida namoyon bo'ladi.
T a’kidlash lozimki, jam iyat taraqqiyotining o‘tgan asrlarga nisbatan
X IX-X X asrlar davom idagi jadal rivojlanishi shunday darajaga yetib
keldiki, bu d a v rd a energiya t a ’m inoti iqtisodiyotni rivojlantirishning
zaruriy vositasiga aylandi, chunki bu davrga kelib, mashina va asbob-
uskunalar, uy-joylar, qurilish va ishlab chiqarish obyektlarining barchasi
energiyaga m uhtoj bo‘lib qoldi. Shunday sharoitlarda iste’molchilarga
energiya berib turishni huquqiy jih atd an tartibga soluvchi energiya
ta ’minoti shartnom asi yuzaga keldi1.
Energiya t a ’minoti bilan bog'liq m unosabatlar Fuqarolik Kodeksi,
O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 apreldagi “Energiyadan oqilona
foydalanish to'g 'risida” gi Qonuni2, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
M ahkamasining 2005 yil 27 yanvardagi 32-sonli Qarori bilan tasdiqlangan
“Elektr energiyasidan foydalanish” va “Issiqlik energiyasidan foydalanish”
Qoidalari3 bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: