Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Firma  nom iga  bo'lgan  huquqning  amal  qilishi  va



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2-§.  Firma  nom iga  bo'lgan  huquqning  amal  qilishi  va 

uni  boshqa  shaxsga  berish  tartibi

Yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqi O'zbekiston 

R espublikasi  h u d u d id a  amal  qilishi,  e ’ tirof  etilishi,  m uhofaza 

qilinishining  zarur  sharti  -   bu  nomning  O'zbekiston  Respublikasining 

vakolatli  davlat  idoralarida  ro'yxatdan  o'tkazdirilganligi  va  bu  haqda 

dalolatnoma  belgilanganligi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ushbu  talabga  rioya  qilmaslik  firma  nomiga  bo‘lgan  mutlaq  huquq 

tan  olinmasligiga  sabab  bo'ladi.

Chet  davlatda  ro'yxatga  olingan  yoki  umume’tirof  etgan  nomga 

(masalan,  Samsung,  Boing,  Soni,  Koka-Kola  va  hokazo)  nisbatan  mutlaq 

huquq  O'zbekiston  Respublikasi  hududida  quyidagi  hollarda  amal  qilishi 

mumkin:


a) agar bu O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan xalqaro konvensiyalar

bitimlar  va  boshqa  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  bo'lsa;

b) agar bu O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o'rtasidagi 

ikki  tomonlama,  ko'p  tomonlama  shartnomalar,  bitimlarda  nazarda 

tutilgan  bo'lsa.

Sanoat  mulkini  muhofaza  qilish  bo'yicha  Parij  konvensiyasining  8- 

rnoddasida  ko'rsatiladiki,  konvensiyaning  ishtirokchisi  bo'lish  har  bir 

davlat  boshqa  ishtirokchi  xorijiy  davlatda  joylagan  firma  nomini  uning 

o'zida  qayd  etilgan-etilmaganidan  qat’iy  nazar  (qayd  etish  haqidagi  talab 

majburiyligidan qat’iy nazar),  huquqiy  muhofaza  qilish,  mutlaq  huquqini 

ta’minlashi  lozim.

O'zbekiston Respublikasi Parij  konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Firma  nomiga  bo'lgan  mutlaq  huquq  u  qayd  etilganidan  boshlab 

bemuddat  amal  qiladi.

Nom  egasi  bo'lgan  shaxs  tugatilganidan  boshlab  yoki  uning  firma 

nomini  belgilangan  tartibda  o'zgartirish  orqaly  firma  nomi-a  bo'lgan 

mutlaq  huquq  bekor  bo'ladi.  Firma  nomi  o'zgartirilganda  bu  haqda 

oshkora-ommaviy  e’lon  qilinishi  shart.

Qonunning  8-moddasiga  muvofiq,  yuridik  shaxs  (litsenziar)  o'z  firma 

nomidan  foydalanish  uchun  boshqa  yuridik  shaxsga  (litsenziatga)  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  ular  o'rtasida  tuzilgan  litsenziya  shartnomasi  yoki 

kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasi  asosida  ruxsat  berishi 

mumkin(masalan,  FKning  862-moddasida  belgilangan  franshizing  shar- 

nomasini  tuzish  orqali),  litsenziya  firma  nomidan  foydalanish  hollari, 

doirasi,  buning  uchun  olinadigan  haq  miqdori,  to'lash  tartibi  va  shu  kabi 

shartlarni  o'z  ichiga  olishi  lozim.  Ayni  vaqtda  shartnomada  litsenziar 

litsenziatga  uning  zimmasiga  firma  nomidan  foydalanishda  iste’molchini 

chalg'itib  qo'yish,  aldashiga  olib  kelishni  istisno  etuvchi  choralar  ko'rish 

majburiyatini  yuklashi  va  uning  bajarilishi  ustidan  nazorat  qilishi  lozim. 

Bunday  choralar  ko'rilmagan  taqdirda  iste’molchining  e’tirozlari  litsenziat 

(boshqaning firma nomidan foydalanuvchi)ga emas, balki litsenziarga (firma 

nomining egasiga) qaratilishi mumkin. Litsenziya shartnomasida iste’molchini 

chalg'itishni  istisno  etadigan  chora-tadbirlar  nazarda  tutilishi  kerak.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Firma  nomiga  bo‘lgan  huquqning  boshqa  shaxsga  o'tishiga  faqat 

yuridik  shaxs  qo'shib  yuborish,  qo‘shib  olish,  bo‘lish  va  ajratib  chiqarish 

yo‘li  bilan  qayta  tashkil  etilgan  yoki  butun  korxona  mulkiy  majmua 

sifatida  sotilgan  hollardagina  yo‘1  qo'yiladi.

Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik 

shaxsga qo'shib olinganda firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga 

o ‘tishi  topshirish  hujjatiga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Yuridik  shaxs 

bo'linganda  yoki  u  yuridik  shaxs  tarkibidan  ajralib  chiqqanida  firma 

nomiga  bo'lgan  huquqning  boshqa  shaxsga  o‘tishi  taqsimlash  balansiga 

muvofiq  amalga  oshiriladi.

Yuridik  shaxsning  firma  nomiga  bo'lgan  huquqini  begonalashtirish 

vakolatli  davlat  organida  qayd  etish  va  tegishli  dalolatnoma  berish  orqali 

rasmiylashtiriladi.

Firma  nomini  huquqiy  jihatdan  muhofaza  qilish  yuridik  shaxs 

tugatilgan  yoki  uning  firma  nomi  o'zgartirilgan  taqdirda,  tugatiladi.

Firma nomidan noqonuniy foydalanish  firma  nomiga bo'lgan mutlaq 

huquqning  buzilishi  deb  e’tirof  etiladi.

Agar  tovar  belgisiga  (xizmat  ko'rsatish  belgisiga),  domen  nomiga 

bo'lgan  huquq  firma  nomiga  bo'lgan  huquqdan  ilgari  olingan  bo'lsa, 

tovar  belgisida  (xizmat  ko'rsatish  belgisida),  domen  nomida  ushbu 

firmaning  nomidan  foydalanish  firma  nomiga  bo'lgan  mutlaq  huquqning 

buzilishi  deb  e’tirof  etilmaydi.

Firm a  nom iga  b o 'lg a n   m utlaq  huquqni  undan  n oq on u n iy 

foydalanishdan  himoya  qilish:

yuridik  shaxsning  ishchanlik  obro'sini  himoya  qilish  maqsadida  sud 

qarori  to'g'risida  ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon  qilish;

noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar,  yorliqlar, 

idishlar  va  o'rovlardan  huquqbuzar  hisobidan  olib  tashlash;

noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar,  yorliqlar, 

idishlar  va  o'rovlardan  olib  tashlash  mumkin  bo'lmagan  taqdirda,  ularni 

huquqbuzar  hisobidan  yo'q  qilib  tashlash;

kontrafakt  tovarlar,  yorliqlar,  idishlar  va  o'rovlarni  firma  nomiga 

bo'lgan  huquqqa  egalik  qiluvchi  yuridik  shaxsga  berish  orqali  amalga 

oshiriladi.

Firm a  nom iga  b o 'lg a n   m utlaq  huquqni  undan  n oq on u n iy 

foydalanishdan  himoya  qilish  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqacha 

usullar  bilan  ham  amalga  oshirilishi  mumkin.

Chet  el  yuridik  shaxslari  ushbu  qonunda  nazarda  tutilgan  firma 

nomlariga  bo'lgan  huquqlardan  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro

www.ziyouz.com kutubxonasi




shartnomalariga  binoan  yoki  o‘zaro  kelishuv  prinsipi  asosida  O'zbekiston 

Respublikasining  yuridik  shaxslari  bilan  teng  ravishda  foydalanadilar.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish