3-§. Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga bo‘lgan huquq
Tovar (xizmat) belgisi bu bir jismoniy yoki yuridik shaxsning
tovarlari va xizmatlarining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning
bir turdagi tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun foydalaniladigan
belgilardir.
Tovar belgisi sifatida so'zlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar
yoki ularning jamlama ifodasi ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Tovar
belgisi istalgan bir rangda yoki turli ranglarda bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasida tovar (xizmat) belgilarini ro'yxatdan
o'tkazish, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan
bog'liq munosabatlar FK, «Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari,
tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida» 2001- yil 30- avgustdagi
Qonun (bundan keyin matnda qonun deb yuritiladi) va tegishli qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qonunga asosan quyidagi hollarda tovar belgilarini ro'yxatdan
o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi, agarda ular:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri
tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo
tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to'liq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg'alari va namuna yo'sinidagi tamg'alar,
muhrlar;
4) davlat xizmatlarining O'zbekiston Respublikasida qo'llaniladigan
ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega bo'lmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda
bo'lgan belgilar;
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati,
qanday maqsadga. mo'ljallanganligi va qiymatini, shuningdek, ularning
ishlab chiqariladigan yoki o'tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun
foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg'on yoki iste’molchini
chalg'itishi mumkin bo'lgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko'rsatuvchi, lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur
beruvchi belgilar;
11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklaming asliyatini
aks ettiruvchi jo‘g ‘rofiy nomlar bo'lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi
belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan
belgilar, shuningdek, basharti ular tarjima qilinib yoki "ko‘rinishdagi",
"turdagi", "usuldagi" va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo'shilgan
holda qoilanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo'lgan
belgilar;
13) quyidagi belgilar:
ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan
o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan, shuningdek,
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro'yxatdan
o'tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan
ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan tovar belgilari bilan adashtirib
yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslaming belgilangan
tartibda umum e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish
darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar;
ushbu qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan
joy nomi bo'lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil
yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar, bu belgilar har qanday
tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan
shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza
qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan sertifikatlash belgilari
bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash
bo'lgan belgilar;
14) quyidagi belgilar:
o'zga shaxslarga tegishli va O'zbekiston Respublikasi hududida taniqli
bo'lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga
bo'lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir
talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan bo'lsa, takrorlovchi
belgilar;
sanoat namunalarini, agar ularga bo'lgan huquq O'zbekiston
Respublikasida o'zga shaxslarga tegishli bo'lsa, takrorlovchi belgilar;
O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan ilmiy asarlar, adabiyot
va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini,
www.ziyouz.com kutubxonasi
san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlami mualliflik huquqiga ega bo'lgan
shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo'rlari) roziligini olmagan
tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan
yasalgan so'zlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini,
basharti bular O'zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi
bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi
roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Sanab o‘tilganlarning 1-4-bandlarida ko'rsatilgan belgilar, agar bunga
tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga
muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, yuqoridagilarning
5-8-bandlarida ko'rsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun
mavqega ega bo'lmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar
sifatida kiritilishi mumkin.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan 5-8-bandlarida ko'rsatilgan belgilarni
ro'yxatdan o'tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish
natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo'lgan taqdirdagina, yo'l qo'yilishi
mumkin.
Sanab o'tilganlarning 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda
ko'rsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan
o'xshash bo'lgan belgilarni ro'yxatdan o'tkazishga tovar belgisi egasining
bu belgini ro'yxatga olish uchun roziligi bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yilishi
mumkin (Qonunning 10-moddasi).
Tovar belgisini huquqiy muhofaza qilishning asosiy sharti uning
tegishli vakolatli davlat idorasida ro'yxatdan o'tkazdirilganligi hisoblanadi.
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazdirish
uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan yoki
Patent idorasida ro'yxatga olingan patent vakili orqali (xorijiy subyektlar
uchun) berilishi mumkin.
Umumiy qoida bo'yicha tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisining
ustuvorligi tegishli tarzda rasmiylashtirilgan talabnoma Patent idorasiga
kelib tushgan kunga qarab belgilanadi. Talabnoma va talabnomada
ifodalangan belgi belgilangan tartibda ekspertizadan o'tkaziladi va uning
natijalariga qarab, tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish yoki rad etish
haqida qaror qabul qilinadi. Rad etish haqidagi qaror ustidan Patent
idorasining Apellyatsiya kengashiga shikoyat qilish mumkin. Apellyatsiya
kengashi qarori bo'yicha norozi tomon olti oy ichida sudga shikoyat
qilishga haqli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisini ro'yxatga olish haqidagi
qarorga asosan, Patent idorasi tovar belgisini O'zbekiston Respublikasining
tovar belgilari reestrida ro'yxatdan o'tkazadi. Davlat reestriga va tovar
belgisining ro'yxatdan o'tganligi haqidagi guvohnomaga tovar belgisi,
xizmat ko'rsatish belgisi tasviri, uning egasi haqidagi ma’lumotlar,
ustuvorlik sanasi, ro'yxatdan o'tgan vaqti, ushbu belgini qo'yish
mo'ljallangan tovarlar, xizmatlar ro'yxati kiritiladi, bu haqda ma’lumotlar
Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.
Tovar belgisi Davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilganidan va
belgilangan boj to'langanligi haqida hujjat olinganidan keyin uch oy
ichida Patent idorasi tovar belgisi egasiga guvohnoma beradi.
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi ro'yxatdan o'tkazilganligi
haqidagi guvohnoma belgining tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi
sifatida ro'yxatdan o'tkazilganligi, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish
belgisining ustuvorligini, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi egasining
guvohnomada ko'rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan mutlaq
huquqini tasdiqlaydi.
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi ro'yxatdan o'tganligi haqidagi
guvohnoma ustuvorlik belgilangan sanadan e’tiboran o'n yil davomida
amal qiladi. Bu muddat tegishli boj to'lab borilgan taqdirda har gal o'n
yilga uzaytirib boriladi.
Tovar belgisi egasi bu belgidan foydalanishda va uni tasarruf qilishda
mutlaq huquqqa ega. Mutlaq huquq mazmuni Qonunning 26-moddasida
belgilab qo'yilgan. Bunga asosan tovar belgisining egasi ushbu belgidan
foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan, unga o'zga shaxslar
foydalanishiga ruxsat berish yoki taqiqlab qo'yishda mutlaq huquqqa
egadir. O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisidan
uning egasi ruxsatisiz hech kim foydalana olmaydi.
Tovar (xizmat) belgisini qonunda belgilangan tartibda har qanaqasiga
va har qanday tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish undan foydalanish
deb hisoblanadi.
Tovar belgisining egasi tomonidan yoki qonunda belgilangan
tartibda litsenziya shartnomasi asosida shunday huquq berilgan shaxs
tomonidan tovar belgisi qaysi tovarlarga qo'yish uchun ro'yxatdan
o'tkazilgan bo'lsa, shu tovarlarda va ularning o'rovi ustida ishlatilishi
tovar belgisidan foydalanish hisoblarida, rasmiy ish qog'ozlarida, osib
qo'yiladigan lavhalarda, ko'rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni
namoyish qilishda ishlatish ham undan foydalanish deb topilishi
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qonunning 27-moddasiga asosan tovar belgisining egasi undan
foydalanishi shart.
Tovar belgisi ro‘yxatdan o'tganligi to‘g ‘risidagi guvohnomaning amal
qilishi tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin ishlatilmagan yoki
guvohnomaning amal qilish muddatida besh yil davomida uzrli sababsiz
umuman foydalanilmaganda, istalgan manfaatdor shaxsning arizasiga
muvofiq sud chiqargan qaror asosida muddatidan oldin to‘liq yoki qisman
bekor qilinishi mumkin. Ushbu masalani hal etishda tovar belgisi egasi
taqdim etgan va tovar belgisidan o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga
ko'ra foydalanilmaganligini (masalan, korxona rekonstruksiya qilinganligi,
qayta jihozlanganligi sababli yoki bozorda tovarga talab bo'lmaganligi
sababli uni ishlab chiqarish vaqtinchalik to'xtatilganligi va hokazo)
isbotlovchi dalillar e ’tiborga olinishi mumkin. Uzrli sababsiz tovar
belgisidan foydalanmaslik deganda ushbu tovar belgisi ishlatilishi
mo'ljallangan tovarlarni ishlab chiqarish va muomalaga kiritishda tovar
belgisidan foydalanmaslik tushuniladi.
Belgilangan qoidaga asosan tovar belgisidan nafaqat tovar belgisi
egasining o'zi foydalanishi, balki bu belgidan foydalanish uchun boshqa
shaxslarga litsenziya (ruxsatnoma) berilishi ham tovar belgisidan
foydalanish hisoblanadi. Binobarin, tovar belgisidan belgi egasi besh yil
davomida o'zi foydalanmagan holda, boshqa shaxslarga undan foydalanish
uchun litsenziya berilishi FK 1104-moddasi, 1-qismini qo'llamaslik uchun
asos bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |