Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  O SH K O R   E T IL M A G A N   A X B O R O T N I  N O Q O N U N IY



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet381/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

64-bob.  O SH K O R   E T IL M A G A N   A X B O R O T N I  N O Q O N U N IY  

F O Y D A L A N IS H D A N   M U H O FA ZA   QILISH

l - § .  Oshkor  etilmagan  axborotni  muhofaza 

qilish  shartlari

Oshkor etilmagan axborot deganda uchinchi shaxslar- uchun ma’lum 

bo'lmagan,  maxfiy,  sir  bo'lib  hisoblanuvchi  ma’lumotlar  tushiniladi.

Texnikaviy  axborot  deganda  mashina,  mexanizmlar,  qurilmalar, 

uskunalar,  texnologik  jarayonlarni  yaratish,  tayyorlash,  ulardan 

foydalanish,  qo'llashga  oid  bo'lgan  ma’lumotlar  hisobladadi.

Tashkiliy  axborot  deganda  yuridik  shaxsning  tashkiliy  stukturasi, 

xo'jalik  subyektlarining  o'zaro  munosabatlari  tashkiliy  mexanizmiga, 

mehnat  (ish)  jarayonlarini  tashkil  etish,  ularga  ta’sir  qilish,  boshqarishga 

oid  ma’lumotlar  tushuniladi.

Tijorat  axboroti  yoki  korxonaning  (xo'jalik  yurituvchi  sub’ktning) 

tijorat  siri  deganda  korxonaning  (subyektning)  ishlab  chiqarishi, 

texnologiya  axboroti,  boshqaruvi,  rejalashtirishi,  moliya  va  boshqa 

faoliyat  bilan  bog'liq  bo'lgan  hamda  e’lon  qilish  (  topshirish,  ochilib 

qolishi)  uning  manfaatlariga  zarar  yetkazishi  mumkin  bo'lgan,  davlat 

siri  bo'lib  hisoblanmaydigan  ma’lumotlar  tushuniladi.

Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi, hajmi, ularni himoya 

qilish  tartibi  korxona  rahbari  tomonidan  belgilanadi.

Nou-xau  deganda  fuqaro  yoki  yuridik  shaxsga  faktik  monopoliya 

asosida  tegishli  bo'lgan,  foydali  texnikaviy,  tashkiliy  yoki  boshqa 

ma’lumotlar  tushiniladi.

Oshkor  etilmagan  axborotlarga  qonuniy  egalik  qo'yidagi  asoslarda 

vujudga  keladi:

-  bunday  axborotlarni  o'zi  yaratgan,  ishlab  chiqqan  bo'lsa;

-  bunday  axborotlar  egalik  qiluvchining  topshirig'i,  buyurtmasi 

asosida  yaratilgan,  ishlab  chiqilgan  bo'lsa;

-  bunday  axborotlar  huhuqiy  vorislik  tartibda  o'tgan  bo'lsa;

- bunday axborotlar boshqa shaxslarni insofli asoslarda olingan bo'lsa 

(  sotib  olish,  litsenziya  olish,  tekin  foydalanishga  berish  va  hokazo).

Har  qanday  ma’lumot  oshkor  etilmagan axborot  sifatida  tan  olinishi 

uchun;

a) 


bu  axborot  uchinchi  shaxslarga  noma’lumligi sababli  haqiqiy yoki 

nisbiy tijorat qiymatiga ega  bo'lishi ( ya’ni axborot egasi ushbu axborotga 

egaligi  sababli  o'zi  yoki  ishlab  chiqargan  mahsuloti,  ko'rsatadigan  ishi, 

730


www.ziyouz.com kutubxonasi


^   bajaradigan ishi boshqa raqobatdagi subyektlar yoki ularning mahsulotlari

\xizmatlari,  ishlariga  nisbatan  afzalikka,  imtiyozga  ega  bo'lishi)  shart;

b) 

boshqa uchinchi shaxslarda qonun yo'li bilan bunday axborotlardan 



|

 

erkin  bahramand  bo'lish,  tanishib  chiqish,  bilib olish  mumkin  bo'lmasligi 



lozim;

v)  axborot egasi  uning  maxfiyligini, sirliligini saqlashga doir choralar 

ko'rgan  (bunday  axborotlardan  xabardor  shaxslar  doirasi  qat’iy 

cheklangan,  bu  shaxslar  sir  saqlash  majburiyati  haqida  ogohlantirilgan, 

ma’lumotlardan  foydalanishning  yopiq  tizimi  ishlab  chiqilgan  va  hokazo) 

bo'lishi  shart.

Yuqoridagi  uchala  shart  FKning  98-moddasida  mustahkamlanib 

qo'yilgan  bo'lib,  ushbu  shartlar  bir  vaqtning  o'zida  mavjud  bo'lgan  va 

ularga  rioya  qilingan  hollarda  oshkor  qilinmagan  axborot  egasi  undan 

boshqa  shaxslarning  g'ayriqonuniy  foydalanishidan  muhofazalanish, 

himoyalanish  huquqiga  ega.

Sir  tutiladigan  fan-texnika,  ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot,  savdoga 

oid  yoki  boshqa  shu  kabi  axborotni  egasining  roziligisiz  oshkor  qilish 

yoki  undan  foydalanish  maqsadida  har  qanday  usulda  to'plash  uchun 

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 191-moddasida jinoiy javobgarlik 

belgilangan.

Oshkor  etilmagan  axborot  egasi  bu  axborotga  nisbatan  mutlaq 

huquqqa  emas,  balki  faktik  monopoliya  mavqeiga  ega.  Shu  sababli  ham 

u  faqat  boshqalarining  g'ayriqonuniy  foydalanishidan  himoyalanish 

huquqiga  ega,  ayni vaqtda,  bunday axborotlarni o'zlari mustaqil  ravishda 

yaratgan,  ishlab  chiqqan,  insofli  asoslarda  olgan  shaxslarning  undan 

foydalanishini  taqiqlashga  haqli  emas.

Oshkor  qilinmagan  axborotni  noqonuniy  foydalanishdan  muhofaza 

qilish  huquqi  axborot  egasida  faktik  monopoliya  holati  vujudga  kelishi 

bilan  paydo  bo'ladi  va  bunda  bu  axborotga  nisbatan  biron -b ir 

rasmiyatchilikni  bajarish  (uni  ro'yxatdan  o'tkazdirish,  reestrga  kiritish, 

patent yoki  guvohnoma  olish,  ekspertiza  qilish,  sertifikat  olish  va  xokazo) 

talab  etilmaydi.  Biroq  ba’zi  hollarda  O'zbekiston  hududiga  nou-xauni 

litsenziya  asosida  olib  kirish  yoki  olib  chiqish  haqidagi  shartnomalami 

vakolatli  davlat  idoralarida  ro'yxatdan  o'tkazdirish  shartligi haqida  qoida 

mavjud. Biroq bunda davlat idorasi zimmasiga nou-xau maxfiyligini saqlash 

va  ta’minlash  majburiyati  yuklanadi.

FKning  1095-moddasida nazarda tutilgan qoidalar mazmuniga ko'ra, 

oshkor  etilmagan  axborotni  muhofaza  qilish  qoidasi  qonunga  muvofiq 

xizmat  yoki  tijorat  siri  bo'la  olmaydigan  ma’lumotlarga  nisbatan  tatbiq

www.ziyouz.com kutubxonasi




etilmaydi.  Ushbu  qoda  hujalik  yurituvchi  subyektlarning  xizmat  yoki 

tijorat  siri  niqobi  ostida  har  xil  suiiste’molliklar,  o'zboshimchaliklar  va 

boshqalar  manfaatlariga  zid  harakatlar  sodir  etishning  oldini  oladi,  unga 

huquqiy  to‘siqlar  qo'yadi.

Xizmat  yoki  tijorat siri  bo'lib  hisoblanmaydigan ma’lumotlarga  mol- 

mulkka  bo'lgan  huquqlar  (banklarda  omonatga  qo'yilgan  mablag'lar 

haqidagi  ma’lumotlardan  tashqari)  va  mol-mulk  hususida  tuzilib,  davlat 

ro'yxatidan o'tkaziladigan kelishuvlar,  bitimlar, shartnomalar to'g'risidagi 

ma’lumotlar,  davlat  statistika  hisoboti  tariqasida  taqdim  etiladigan 

ma’lumotlar,  umuman  nazorat_  kontrol’  funksiyasini  bajaruvchi  davlat 

idoralariga  davriy ravishda  taqdim  etilib  turadigan  (fuqarolar  va  yuridik 

shaxslar  tomonidan)  har  qanday  ma’lumotlar,  hisobotlar  kiradi.  Xuddi 

shu kabi,  ilgari oshkora-ommaviy e’lon qilingan ma’lumotlar, shuningdek, 

har  bir  shaxs  erkin  tanishish-bilishni  talab  qilish  huquqiga  yoki 

imkoniyatiga  ega  bo'lgan  ma’lumotlar  ham  xizmat  yoki  tijorat  sirlari 

bo'lib hisoblanmasligi lozim. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati haqidagi 

ayrim  ma’lumotlar  (masalan,  tevarak-atrofni  ifloslantirayotganligi  yoki 

jamiyatga  zarar  keltirishi  mumkin  bo'lgan  boshqa  salbiy  faoliyatlarni 

yashirishning  oldini  olish  maqsadida)  oshkor  qilinmaydigan  axborotlar 

huquqiy  rejimiga  ega  bo'la  olmasligi  qonun  hujjatlarida  alohida  pisanda 

qilib  qo'yilgan  (masalan,  «Korxonalar  haqida»gi  qonunning  34-moddasi)

Oshkor  qilinmagan  axborotni  muhofaza  etish  huquqi  muddat  bilan 

chegaralanmagan,  biroq  FKning  98-moddasida  nazarda  tutilgan  shartlar 

bir  vaqtning  o'zida  mavjud  bo'lgan  va  qat’iy  rioya  qilingan  paytga 

qadar amal qiladi. Bu shartlarning birortasi mavjud bo'lmasa yoki buzilsa, 

oshkor  etilmagan  axborotdan  boshqa  shaxslaming  foydalanishidan 

himoyalanish  huquqi  o'z-o'zidan  bekor  bo'ladi.

2-§. Oshkor etilmagan axborotdan g'ayriqonuniy 

foydalanganlik uchun javobgarlik

Oshkor  etilmagan  axborotni  qonuniy asosi  bo'lmay turib  olgan  yoki 

tarqatgan  yoxud  unday  foydalanayotgan  shaxs  axborotni  qonunan  ega 

bo'lib  turgan  shaxsga  axborotdan  noqonuniy  foydalanganlik  (olganlik, 

tarqatganlik)  natijasida  yetkazilgan  zarani  to'la  hajmda  to'lashi  shart. 

Zarar  oshkor  etilmagan  axborotni  axborot  uchun  mutlaq,  yoki  nisbiy 

tijorat qiymati  (samarasi) ning pasayishida, kamayishida yoki yo'qolishida 

(kasb-kor,  nufuzi,  mahsulot,  xizmatning  raqobatbardoshlik  darajasiga, 

narxiga  salbiy  ta’sir  qilishda)  namoyon  bo'ladi.  Oshkor  etilmagan

www.ziyouz.com kutubxonasi




axborotdan  noqonuniy  foydalangan  shaxs  buning  natijasida  daromad 

olganligi zararni undirmaslik uchun asos bo'lmaydi. Agar daromad (foyda) 

olingan  bo'lsa,  u  axborotning  qonunan  egasiga  undirib  berilishi  lozim. 

FKning  1096-moddasida  oshkor  etilmagan  axborotni  insofli  egallovchi 

tushunchasi  berilgan  va  uning  axborotdan  noqonuniy  foydalanganda 

axborot  egasi  oldid?.  javobgarlikning  vujudga  kelishi  vaqti  belgilangan. 

Axborotni  insofli  egallovchi  axborotdan  noqonuniy  foydalanayotganligini 

bilan  vaqtdan  boshlab,  agar  axborotdan  foydalanishni  davom  ettirsa, 

axborot  egasi  oldida  javbgar  bo'ladi  va  unga  yetkazilgan  zararni  to'lashi 

shart.  Shu  sababli  ham  axborotnining  qonuniy  egasi  insofli  egallovchini 

axborotdan  noqonuniy  foydalanayotganligi  haqida  ogohlatirishi  lozim.

Oshkor  etilmagan  axborotni  insofsiz  egallovchi  axborotni  olgan, 

tarqatgan  yoki  undan  foydalangan  vaqtdan  boshlab  javobgar  bo'ladi. 

Oshkor  etilmagan axborotni  insofsiz  egallashning  keng  tarqalgan  usullari

-   bu  sanoat  josusligi  va  axborot  egasi  bo'lgan  subyektning  ishchi- 

xizmatchisini  sotib  olish  -   g'irrom  raqobat  hisoblanadi  va  u  fuqarolik  - 

huquqiy  javobgarlikka  ham  sabab  bo'ladi.

Oshkor  etilmagan  axborotga  qonunan  ega  bo'lib  turgan  shaxs  bu 

axborotdan boshqa shaxslar noqonuniy foydalanayotganligini bilgan zahoti 

bunday  foydalanishni  to'xtatishni  talab  qilishga  haqli.

Ayni vaqtda axborotni  insofli egallovchidan foydalanishning qonuniy 

asosga  o'tkazilishini  so'rab,  axborot  egasiga  murojaat  qilishga,  u  bilan 

kelishuvga erisha olmagan taqdirda sudga murojaat qilishga haqli. Agarda 

insofli egallovchi bu axborotlardan foydalanish uchun sarf-xarajatlar qilgan 

(uskunalar, qurilmalar, inshootlart ayyoriagan, qurgan, sotib olgan) bo'lsa, 

sud  unga  bu  axborotdan  haq  to'lab  olinadigan  mutlaq  litsenziya  asosida 

bundan  buyon  ham  foydalanishga  ruxsat  berishga  haqli.

Haq  miqdori  taraflar  o'rtasida  kelishuv  asosida  yoki  sud  tomonidan 

belgilanadi.

Oshkor  etilmagan  axborot  mazmunini  tashkil  etuvchi  ma’lumotlarni 

o'zi  mustaqil  tarzda  olgan  shaxs  o'zi  yaratgan,  ishlab  chiqqan,  aniqlagan 

yoki  uning  topshirig'i,  buyurtmasi  asosida  boshqa  shaxslar  yaratgan, 

ishlab  chiqqan,  aniqlagan  bo'lsa  va  bunday  axborotni  qonunan  olgan 

shaxs  (axborotni  qonuniy  egasidan  haq  baravariga  sotib  olgan, 

foydalanishga litsenziya olgan, huquqiy vorislik tartibda olgan, va hokazo) 

bu  m a’ lumotlardan,  tegishli  oshkor  etilmagan  axborot  egasining 

huquqlaridan  qat’iy  nazar,  foydalanishga  haqli  va  bunday  foydalanish 

uchun uning oldida javobgar emas. Axborotning qonunan  egasi axborotni 

mustaqil  va  qonunan  olgan  boshqa  shaxslarga  undan  foydalanishlarini

www.ziyouz.com kutubxonasi




taqiqlab  qo'yishga,  haq  talab  qilishga,  shuningdek,  boshqacha  tarzda 

erkin  tasarruf  qilishlariga  to'sqinlik  qilishga  haqli  emas.  Agar  axborot 

xabardor bo'lgan barcha shaxslar uning maxfiyligi, sirligini saqlab qolishni 

xohlagan,  uni  ta’minlash  bo'yicha  o'zaro  kelishuvga  erishishlari  lozim 

bo'ladi  va  oshkor  etilmagan  axborotni  sherik  egalari  sifatida  tasarruf 

qilishlari shart.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish