Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Tovar  chiqarilgan  joy  nomiga  bo‘lgan  huquq



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

6-§.  Tovar  chiqarilgan  joy  nomiga  bo‘lgan  huquq

FKning  1108-moddasida,  hamda  Qonunda  tovar  kelib  chiqqan 

(tayyorlangan)  joyning  nomi  tushunchasi,  uni  huquqiy  muhofaza  qilish 

asosi,  tartibi  belgilab  berilgan.

Har  bir  mamlakat,  mintaqa,  ma’lum  bir  hudud  o‘z  iqlimi,  havosi, 

tuproq  tarkibi,  o'simlik  va  hayvonot  dunyosi  va  boshqa  tabiiy  sharoitlari 

bilan  o‘ziga  xosdir.  Ba’zan  bu  o'ziga  xoslik  o‘sha  hudud  doirasida  ishlab 

chiqariladigan  tovarlar,  bajariladigan  ishlar,  ko‘rsatiladigan  xizmatning 

o‘ziga xos alohida sifatga, belgilarga ega bo'lishini belgilaydi. Boshqa joydagi 

aynan  o'shanday  ishlab  chiqarilgan  tovarlar,  bajariladigan  ishlar  yoki 

ko'rsatiladigan  xizmatlar  o'shanday  sifatga,  belgilarga  ega  bo'lmaydi. 

Binobarin,  ma’lum  geografik  hududning  tabiiy  sharoitlari  yoki  boshqa 

omillar (asosan, o'sha joyda yashovchilarning kasbi-kor malakasi, mahorati) 

bilan  uzviy  bog'liq  ravishda  tayyorlangan  tovarlar  boshqa  joyda 

tayyorlangan aynan shunday  tovarlarga  nisbatan  xaridorgir,  yuqori  sifatli, 

alohida  xususiyatlarga  ega,  raqobatbardoshli  hisoblanadi.  Bozorda  ushbu 

tovar  tayyorlangan joy  nomining  o'zi  tovar  ma’lum  sifat  xususiyatiga  ega 

ekanligi  haqida  o'ziga  xos  sertifikat  hisoblanadi.  Masalan,  «Borjomi», 

«Essentuki»,  «Toshkent»  suvlari,  Uchqora  mayizi,  Urgut  tamakisi, 

Yangiqo'rg'on  anjiri,  Quva  anori  va  hokazo.  Ba’zan  tovar  tayyorlangan 

joyning  tabiiy  shart-sharoitlari  bilan  emas,  balki  o'sha  joyda  yashovchi 

aholining  ma’lum  bir  kasb-hunari,  mahsulot  tayyorlashda  bo'lgan  alohida 

mahorati,  malakasi  ushbu  tovar  sifatini  belgilashda  alohida  muhim  omil 

bo'lishi  mumkin.  Masalan,  Chust  pichog'i,  Samarqand  noni,  Xiva  gilami 

va  hokazo.

Tovar  chiqarilgan  (tayyorlangan)  joy  nomi  sifatida  mamlakat  nomi 

ishlatilishi  (Braziliya  qahvasi,  Eron  gilami,  Gruziya  choyi),  aholi  punkti 

yoki  mintaqaviy  hudud  nomi  (Toshkent  suvi,  Chust  pichog'i),  umuman, 

qandaydir geografik obyekt nomi (masalan, Tyan’-Shan’ suvi) qo'llanilishi 

mumkin.  Bunday  maqsadlarda  o'sha  geografik  obyekt  tarixiy  nomi 

ishlatilishi  mumkin  (Shampan’  sharobi,  Kagor  sharobi va  hokazo).  Bunda 

eng  asosiy  sabab  o'sha  joyda  ishlab  chiqarilgan  tovarning  yuqori  sifati, 

alohida  belgilarga  ega  ekanligi  va  xuddi  shu  holat  tovarlar  bozorida, 

xaridorlar  orasida  ma’lum  ahamiyatga  ega  ekanligidir.  Ba’zan  bu  tovar 

ishlab  chiqarish  bilan  emas,  xizmat  ko'rsatish  bilan  bog'liq  bo'lishi,  bu 

holat  ko'pincha  joylarda  tibbiy  davolash,  xizmat  ko'rsatish  sifati  bilan 

bog'liq  bo'lib,  bunda  o'sha  joydagi  balchiq,  mineral  suv,  g'orlar,  havo 

tarkibi,  havo  zichligi,  atmosfera  bosimi  va  hokazo  holatlar  muhim,

www.ziyouz.com kutubxonasi



belgilovchi  omil  bo'lishi  mumkin.

Qonunning  5-moddasiga  muvofiq,  mamlakat,  aholi  punkti,  joy  yoki 

boshqa  jo ‘g ‘rofiy  obyektning  (bundan  buyon  matnda  jo‘g ‘rofiy  obyekt 

deb  yuritiladi)  tovarni  belgilash  uchun  ishlatiladigan,  uning  alohida 

xususiyatlari  tamomila  yoki  asosan  mazkur jo‘g ‘rofiy obyektga  xos tabiiy 

sharoitlar  bilan  yoki  boshqa  omillar  yoxud  tabiiy  sharoitlar  va  ushbu 

omillarning  birikmasi  bilan  belgilanadigan  nomi  tovar  kelib  chiqqan  joy 

nomi  deb  e’tirof  etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tovar kelib chiqqan joy nomiga 

bo'lgan  huquq  huquqiy  jihatdan  muhofaza  qilinishi  uchun  quyidagi 

shartlar  mavjud  bo'lishi  lozim:

1) 


m a’ lum  joy,  hudud  o'zining  tabiiy-iqlim   va  relef  shart- 

sharoitlariga ko'ra, unda yashovchi aholining kasb-kor mahorati, malakasi 

tufayli  o'ziga  xosliklarga  ega  bo'lishi;

2)  bu  o'ziga  xoslik  ushbu  joyda,  hududda  tayyorlanadigan,  ishlab 

chiqariladigan  tovarlar,  ko'rsatiladigan  xizmatlarning  alohida  sifati, 

xususiyati,  belgilarini  ta’minlovchi  omil  bo'lishi;

3)  yuqoridagi  holat  tovarlar  bozorida  ma’lum  va  mashhur  bo'lishi 

talab  etiladi.

Yuqordagi  shartlar  mavjud  bo'lgan  holdagina  tovar  chiqarilgan  joy 

nomi  uni  ro'yxatga  olish  asosida  huquqiy  muhofaza  qilinadi.

Ba’zi  hollarda  tovar  nomi  geografik  obyekt  nomi  bilan  bog'liq  yoki 

bir  xilda  bo'lsa-da,  biroq  tovar  boshqa  joylarda  ham  aynan  o'shanday 

tayyorlanishi  mumkin  (masalan,  axaltekin  otlari),  boshqa  hollarda  esa 

bunday  nom  ma’lum  tovarning  yoki  tovarlar  guruhining  nomi  sifatida 

umumiste’molga  kirib  ketgan  bo'lishi  mumkin  (golland  pishlog'i,  kyol’n 

suvi-odekolon  va  hokazo).  Bunday  hollarda  atama  tovar  chiqarilgan  joy 

nom i  sifatida  tan  olinm aydi  va  binobarin,  h u qu qiy  m uhofaza 

maqsadlarida  ro'yxatga  olinmaydi.  Biroq  bu  holat  bunday  ma’lum  va 

mashhur nomdan insofsizlik bilan foydalanib, xaridorlarni, iste’molchilarni 

aldash,  past  sifatli  tovarlarni  o'tkazish  vositasi  sifatida  foydalanilganda 

huquqi  buzilgan  shaxsning  o'z  huquqlarini  himoya  qilish,  yetkazilgan 

m oddiy  va  ma’naviy  zararning  qoplanishini  talab  qilish  huquqidan 

m ahrum   etmaydi.  Huquqi  buzilgan  shaxs  FKning  11-moddasida 

ko'rsatilgan  usullardan  foydalanib,  o'z  huquqini  himoya  qilishga  haqli.

Quyidagi  belgilar  tovar  kelib  chiqqan  joy  nomi  sifatida  ro'yxatdan 

o'tkazilmaydi:

tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg'itib qo'yadigan 



jo'g'rofiy  nom  bo'lgan  belgilar;

www.ziyouz.com kutubxonasi




-  tovar kelib  chiqqan  haqiqiy joyni  rasman  ko‘rsatuvc.hi,  lekin  tovar 

boshqa  hududda  chiqarilayotganligi  haqida  yanglish  tasawur  beruvchi 

belgilar;

-  tovar  tayyorlangan  joy  nomi  bilan  bog'liq  bo‘lmagan  jo ‘g ‘rofiy 

nomni anglatuvchi va O'zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar 

belgisi  sifatida  umum  foydalanishda  bo'lgan  belgilar.

Tovar chiqarilgan joy nomi O'zbekiston Respublikasi Patent idorasida 

ro'yxatdan o'tkazdiriladi. Bunda FK  1108-moddasi,  2-qismida belgilangan 

talablarga ishlab chiqariladigan tovaming javob berishi va ayni o'shanday 

tovar  ishlab  chiqaruvchining  o'sha  hudud  doirasida  faoliyat  yuritishi 

muhim  omil  hisoblanadi  (masalan,  Surxondaryoda  faoliyat  yuritayotgan 

hunarmand  o'z  mahsulotini  Chust  pichog'i  deb  bozorda  sotishi  maqsadga 

muvofiq  emas).

Patent idorasi tomonidan ro'yxatga olish amalga oshirilganidan keyin 

tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqi  haqida  guvohnoma 

beriladi.

Tovar  kelib  chiqqan  joy  nomidan  foydalanish  huquqi  guvohnomasi 

ma’lum muddatga beriladi,  bu muddat  tugagach,  u  uzaytirilishi mumkin. 

Ro'yxatga  olishda  tovarlarning  u  tayyorlangan  joy  nomi  bilan  bog'liq 

ravishda  sifatga  ega  ekanligini  tekshirish  uchun  ekspertiza  tayinlanishi 

mumkin.  Guvohnoma  amal  qilish  muddati  davomida  vakolatli  davlat 

organlari,  iste’molchilarning  uyushmalari  tovarlarning  maxsus  sifati, 

xususiyati,  belgilari  bo'yicha  talablarga  muvofiqligi  ustidan  doimiy 

nazoratni  olib  boradilar.

Guvohnomaning  amal  qilishi  quyidagi  hollarda  muddatidan  oldin 

bekor  bo'ladi:

a)  ma’lum  hudud,  joy  o'sha  joyda  ishlab  chiqariluvchi  tovarning 

maxsus  sifati,  belgisi,  xususiyatini  belgilovchi  tabiiy  iqlim,  rel’ef  va 

boshqa  omillardan  mahrum  bo'lganda  (mineral  suv  chiqmay  qolganda, 

balchiq tugaganda, ma’lum kasb-hunar bilan aholi shug'ullanmay qolganda 

yoki  malaka,  mahorat  yo'qotilganda);

b)  ishlab chiqariladigan tovaming  maxsus sifat,  belgi,  xususiyatlarga 

ega  bo'lishi  haqidagi  talablarga  rioya  qilinmagan  taqdirda;

v) joy nomi tovar yoki tovarlar guruhi nomi sifatida umumiste’molga 

kirib  qolganda.

Tovar  chiqarilgan  joy  nomini  ro'yxatga  olish,  bu  nomdan  foydalanish 

huquqi haqida guvohnoma berish, ro'yxatga olishni haqiqiy emas deb topish

ro'yxatga  olish  va  guvolmomaning  amal  qilishini  to'xtatish,  ularning  bekor 

bo'lishi  tartibi  va  shartlari  maxsus  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqiga  ega  bo‘lgan 

shaxs  bu  nomni  tovarda,  idishi  va  o'rovida,  reklamalarda,  bosma 

ma’lumotlarda,  hisob  varaqalarda  ishlatish,  shuningdek,  ushbu  tovarning 

fuqarolik  muomalasiga  kiritilishi  munosabati  bilan  (sotish,  ijaraga  berish, 

namoyish etish va hokazolar) joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga 

haqlidir.  Tovar  chiqarilgan  joy   nomi  tovar  belgisi  bilan  birgalikda, 

shuningdek,  o‘zi  mustaqil,  alohida  ravishda  ishlatilishi  mumkin.

Sanoat  mulki  obyektlarining  boshqa  turlardan  farqli  ravishda 

tovarlaming  kelib  chiqish  joyi  nomidan  foydalanish  huquqi  u  yoki  bu 

shaxsga monopoliya (tanholik) asosida tegishli bo'lmaydi. Bu huquq tegishli 

mamlakat, joy,  hudud doirasida o‘sha turdagi tovami tayyorlash bo'yicha 

xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan barcha shaxslarga tegishli bo'lishi 

mumkin (FKning  1108-moddasi  1-3-qismida  belgilangan talablarga rioya 

qilingan  holda).  Binobarin,  masalan,  Chust  hududida  faoliyat  yurituvchi 

barcha  pichoqsoz-hunarm andlar  «Chust  pichog'i»  degan  nomdan 

foydalanish  huquqi  haqida  guvohnoma  so'rab,  Patent  idorasiga  murojaat 

etishga  haqlidirlar.  Bunda  bir  necha  hunarmand  birgalikda  ham,  bir- 

birlaridan  mustaqil,  alohida  tarzda  ham  ro'yxatga  olinishlari  mumkin. 

Ularning har bin tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga 

ega.


Yuqorida ko'rsatilganday,  tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish 

mutlaq  monopol  huquq  emas,  bu  huquq  bir  vaqgning  o'zida  FKning 

1108-moddasida  belgilangan  talablarga  rioya  qilinganda  cheksiz, 

nomuayyan  doiradagi  shaxslarga  tegishli  bo'lishi  mumkin.  Xuddi  shu 

sababli  tovar  chiqarilgan  joy  nomidan  foydalanish  huquqining  boshqa 

shaxsga  berilishiga,  uning  boshqa  shaxsga  o'tkazilishiga,  uning  litsenziya 

asosida  foydalanish  uchun  berilishiga  yo'l  qo'yilmaydi,  bu  haqdagi  bitim 

va  shartnomalar  o'z-o'zidan  haqiqiy  hisoblanmaydi.

O'zbekiston  Respublikasida  uning  hududidagi  (davlat  chegaralari 

ichida  joylashgan)  tovarlar  chiqarilgan  joylarning  nomlari  (viloyatlar, 

tumanlar,  shaharlar,  qishloqlar,  tog'lar,  daryolar  va  boshqa  geografik 

obyektlar)  huquqiy  jihatdan  muhofaza  qilinadi  (ya’ni  bu  nomdan 

foydalanuvchilarning  huquqlari  uchinchi  shaxslarning  tajovuzlaridan 

qo'riqlanadi).

Boshqa  davlatdagi  tovar  ishlab  chiqarilgan  joy  nomi  O'zbekiston 

Respublikasida  huquqiy  muhofza  qilinishi  uchun  quyidagi  ikki  shart  bir 

vaqtning  o'zida  mavjud  bo'lishi  shart:

www.ziyouz.com kutubxonasi




a)  agarda  bu  nom  tovar  chiqarilgan  mamlakatda  ro‘yxatdan 

o'tkazilgan  bo‘lsa;

b) so'ngra O'zbekiston Respublikasi Patent idorasida ham belgilangan 

tartibda  ro'yxatdan  o'tkazilgan  bo'lsa.

Binobarin,  boshqa  davlatda  tovar  ishlab  chiqarilgan  joy  nomi  shu 

davlatning o'zida huquqiy muhofaza qilinmasa, u O'zbekiston Respublikasi 

hududida  ham  huquqiy  muhofaza  qilinmaydi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish