Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

uy_j°y> 

avtomashina  va boshqa  mol-mulklar emas,  balki shu mol-mulkka 

nisbatan  bo'lgan  mulk  huquqi  meros  tariqasida  o'tadi.

Vafot  etganning  shaxsi  bilan  bog'liq  bo'lgan  huquq  va  majburiyatlar 

meros  sifatida  boshqalarga  o'tmaydi.  Masalan,  ijtimoiy  ta’minot  va  mehnat 

qonunlari  asosida  shaxsning  oladigan nafaqa,  pensiya  va  boshqa to'lovlariga 

bo'lgan  huquqlari,  fuqarolik  huquqi  normalari  bilan  tartibga  solinadigan 

munosabatlarda vujudga keladigan shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari

www.ziyouz.com kutubxonasi



Har bir shaxs o'z mulkining vafot etganidan so'ngi taqdirini oldindan

hayotligida  belgilab  qo'yishi  mumkin.

Demak,  meros  deganda,  vafot  etgan  shaxsning  mol-mulki,  mulkka 

bo'lgan  huquqi,  boshqalardan  talab  qilish  huquqi,  boshqalar  oldidagi 

majburiyatlari  va  qarzlarini  tushunish  kerak.

Shunday  qilib,  meros  -   bu  fuqarolarning  hayotligida  boshqa 

shaxslarga  o'tishi  mumkin  bo'lgan  uning  huquq  va  majburiyatlari 

yig'indisidan  iborat.

Meros huquqi, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan chambarchas 

bog'langan  va  fuqarolik  huquq  tarmog'ining  huquq  tarmoqchalaridan 

hisoblanadi.  Mulk  munosabatlari  kabi  meros  va  vorislik  munosabatlari 

ham  fuqarolik  huquqi  normalari  bilan  tartibga  solinadi1.

Meros  huquqi  -   bu  fuqaroning  vafoti  munosabati  bilan  uning 

mulkiy,  mulk  bilan  bog'liq  bo'lgan  shaxsiy-nom ulkiy  huquq  va 

majburiyatlarining  bevosita  qabul  qilib  olishni  amalga  oshirish  uchun 

zarur  bo'lgan  huquqiy  normalar  yig'indisidan  iboratdir2.

Meros  huquqi  fuqarolarning  mulkiy  huquqlari  va  manfaatlarini 

qo'riqlash  bilan  bog'langan  bo'lib,  ularning  o'z  mulkiga  nisbatan  tasarruf 

etish  huquqini  hech  qanday  to'siqsiz,  nafaqat  hayotligida,  shuningdek, 

vafot  etgandan  so'ng  ham  amalga  oshirilishini  ta’minlaydi.

Xususiy  mulk  egasi  o'zi  vafotidan  keyin  mulkning  kimga  o'tishi 

masalasini  meros  huquqi  asosida  hayotligida  aniqlab qo'yadi.  Shu  bilan  u 

xususiy mulk huquqining mavqeini mustahkamlaydi, mulkning ko'payishi 

va  rivojlanishini  ta’minlash  yo'li  bilan  merosxo'rlarning  ham  yaxshi 

yashash  va  hayot  kechirish  sharoitlarini  yaxshilashga  ko'maklashadi.

Meros  huquqi  mutlaq  huquq  bo'lib u qonun  bilan kafolatlangan.  Bu 

huquqdan  barcha  fuqarolar,  ularning  millati,  ijtimoiy  ahvoli,  mulkiy 

boyligi,  jinsi  va  diniy  e’tiqodi,  xizmat  vazifasidan  qat’iy  nazar,  barobar 

foydalanadilar.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  36-moddasida  «Har 

bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi 

va  meros  huquqi  qonun  bilan  kafolatlanadi»,  -  deb  ko'rsatilgan.

Shunday  qilib,  meros  huquqi  merosga  oid  barcha  munosabatlarni 

tartibga  solishga  qaratilgan  huquqiy  normalar  yig'indisidan  iborat.

Meros  huquqining  asosiy  o'ziga  xos  belgilari  quyidagilardan  iborat:

1)  meros  huquqi  fuqarolarning  xususiy  mulki  va  mulkiy  huquq

1  Давлат  ва  хукук  назарияси  дарслиги.  Тошкент.  2000  й.  323-бет.

2  О.  С.  Иоффе.  Советское  гражданское  право.  3-  книга.  Москва.  1965.  стр-283.

www.ziyouz.com kutubxonasi



hamda  majburiyatlarini  himoya  qilish,  uni  mustahkamlash  vositasi 

hisoblanadi;

2) meros qoldiruvchi o'zining xususiy mulk huquqini vafotidan keyin 

ham  saqlanishi,  ko'payishi,  rivoj  topishi  bilan  oilaviy  va  qarindoshlik 

rishtalarini  mustahkamlashdagi  omillarini  hisobga  olgan  holda,  merosni 

kimga  o'tishiga  befarq  qaray  olmaydi.

3)  qonunda  belgilab  qo'yilgan  merosxo'rlar  bo'lib,  asosan  meros 

qoldiruvchining qarindoshlik munosabati bilan bog'langan shaxslar, uning 

oila  a’zolari  va  qaramog'idagi  mehnatga  qobiliyatsiz,  yordamga  muhtoj 

shaxslar  hisoblanadilar;

4)  meros  mulkidan  olinadigan  hissa  erkaklar  uchun  ham,  ayollar 

uchun  ham,  qayd  qilingan nikohdan tug'ilgan bolalar  uchun  ham,  qonun 

bilan  belgilangan  tartibda  otaligi  aniqlangan  bolalar  uchun  ham, 

farzandlikka  olinganlar  uchun  ham,  barobardir;

5)  vasiyat  b o 'y ich a   m erosxo'rlar  doirasini  belgilash  m eros 

qoldiruvchining  mutlaq  huquqi  bo'lib,  u  nafaqat  jismoniy  shaxslardan, 

shuningdek,  yuridik  shaxslardan  ham  iborat  bo'lishi  mumkin;

6)  qonun  bo'yicha  ham,  vasiyat  bo'yicha  ham  vorislik  amalga 

oshirilmagan hollarda meros mulk taqdiri sudning qarori bilan hal qilinadi.

Shunday  qilib,  meros  huquqi  fuqarolik  huquqining  ajralmas  va 

yakunlovchi  qismi  hisoblanib,  fuqarolarning  xususiy  mulk  huquqi  bilan 

chambarchas  bog'langan.

Fuqarolik  qonunchiligida  meros  huquqi,  vorislik  asoslari,  meros 

ta rk ib i,  m erosn in g   o ch ilis h i,  m e ro s x o 'rla r  tizim i  va  n oloyiq  

merosxo'rlarni merosdan chetlatish asoslari, vasiyat bo'yicha vorislarning 

umumiy  qoidaliri,  merosdan  majburiy  hissa  olish  huquqni,  merosni 

m uhofaza  qilish,  uni  boshqarish,  merosni  egallashning  umumiy 

qoidalari,  merosga  bo'lgan  huquqni  tasdiqlash,  merosni  taqsimlash, 

m erosdan  voz  kechish  huquqlari,  hozir  bo'lm agan   vorislarning 

huquqlari,  meros-mulkka  nisbatan  imtiyozli  huquqqa  ega  bo'lgan 

shaxslar,  meros  mulkdan  qilinadigan  xarajatlar,  egasiz  qolgan  meros 

mulkining  taqdirini  belgilash  va  boshqa  merosga  oid  huquqiy  normalar 

yig'indisidan  iboratdir.

Vorislik  huquqi  tushunchasi.  Voris  deganda,  qonunda  belgilab 

qo'yilgan  meros  qoldiruvchining  qarindoshlik  munosabatlari  bilan 

bog'langan  avlod  va  ajdodlari,  uning  qaramog'ida  bo'lgan  mehnatga 

qobiliyatsiz  boqimlari  (qonun  bo'yicha  vorislar),  shuningdek,  qonunda 

belgilangan  tartibda  va  shartlarga  rioya  qilib,  meros  qoldiruvchi 

tomonidan  tayinlangan,  uning  huquq  va  majburiyatlari  olingach,

www.ziyouz.com kutubxonasi




ham  mavjud  bo'lib,  u  FKning  112-moddasi,  2-qismida  belgilab  qo‘yilgan. 

Bunga  asosan  agar  davlat  ro'yxatidan  o‘tkazish  talab  qilinadigan  bitim 

kerakli  shaklda  tuzilgan  bo'lib,  ammo  taraflardan  bin  uni  ro'yxatdan 

o'tkazishdan  bosh  tortsa,  sud  boshqa  tarafning  talabi  bilan  bitimni 

ro'yxatdan  o'tkazish  haqida  qaror  chiqarishga  haqli.  Bunday  holda  bitim 

(shartnoma)  sud  qaroriga  muvofiq  ro'yxatdan  o'tkaziladi.  Shartnomani 

davlat ro'yxatidan o'tkazishdan bosh tortayotgan taraf shartnomani tuzish 

kechiktirilganligi  tufayli  ikkinchi  tarafga  yetkazilgan  zararni  to'lashga 

majbur.

Shartnomalaming o'z-o'zidan haqiqiy sanalmasligi oqibat FKning 113- 

114-moddalarida  belgilab  qo'yilgan.  Bunga  asosan  shartnoma  haqiqiy 

bo'lmaganida taraflarning har biri shartnoma asosida  olgan narsani boshqa 

tarafga  qaytarib  berishi,  olingan  narsani  aslicha,  natura  holida  (shu 

jumladan,  olingan  narsa  mol-mulkdan  foydalanish,  bajarilgan  xizmat  yoki 

ko'rsatilgan  xizmat  bilan  ifodalanganda)  qaytarib  berish  mumkin 

bo'lmaganida esa, agarda shartnoma haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari 

qonunda  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  uning  qiymatini  to'lashi  shart.

Haqiqiy  bo'lmagan  shartnoma  uning  haqiqiy  emasligi  bilan  bog'liq 

bo'lgan  oqibatlardan  tashqari,  boshqa  yuridik  oqibatlarga  olib  kelmaydi  va 

tuzilgan paytdan  boshlab  haqiqiy  emasdir.  Binobarin,  bunday  shartnomalar 

bo'yicha  ijroni  talab  qilish,  shartnoma  shartlarini  buzganlik  uchun  tegishli 

javobgarlikni  qo'llash  haqida  sudga  murojaat  qilish  mumkin  emas.

O'z-o'zidan  haqiqiy  bo'lmagan  bitim,  shartnoma  haqiqiy  emasligi 

oqibatlarini qo'llanish to'g'risidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qo'yishi 

mumkirL  Sud  bunday  oqibatlami  o'z  tashabbusi  bilan  qo'llashga  haqli


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish