Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Fuqarolarning  hayoti  va  sog'lig'iga  zarar  yetkazishdan



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2-§.  Fuqarolarning  hayoti  va  sog'lig'iga  zarar  yetkazishdan 

kelib  chiqadigan  majburiyatlar

Umumiy  qoidalar. 

Insonning  hayoti  va  sog'lig'i  bebaho  ne’mat 

hisoblanadi.  Hayot  va  sog'liq  biror-bir  moddiy  miqdorda  o'lchanishi  yoki 

u  bilan  tenglashtirilishi  mumkin  emas.  Shu  sababli  huquqning  asosiy 

vazifalaridan  biri  ham  inson  huquqlari,  shu  jumladan  insonning  hayoti 

va sog'lig'ini himoya qilish hisoblanadi. Qo'riqlash funksiyasini bajaradigan 

huquq  sohalari:  jinoyat  huquqi,  ma’muriy  huquq,  soliq  huquqi  bilan 

birgalikda  fuqarolik  huquqi  ham  insonning  hayoti  va  sog'lig'ini  himoya 

qilishga  qaratilgan  normalarni  belgilaydi.  Bu  normalar  qo'riqlash 

funksiyalarini  bajarishga  qaratilgan  huquq  sohalaridan  farqli  ravishda, 

inson  sog'lig'ini  tiklashga,  moddiy  yo'qotishlarni  qoplashga  yo'naltiriladi. 

Agar jinoyat huquqida fuqaroning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilganda 

zarar  yetkazuvchining  shaxsi  bilan  bog'liq  sanksiya  qo'llanilsa,  fuqarolik

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquqida  zarar  yetkazuvchining  moddiy  ahvoliga  ta’sir  ko'rsatish  orqali 

jabrlanuvchi  shaxsning  moddiy  yo'qotishlari  qoplanadi.

FK  fuqaroning  hayoti  va  sog'lig'iga  yetkazilgan  zararni  qoplashga 

nisbatan  alohida  qoidalami  belgilaydi.  Bu  qoidalar  alohida  delikt  sifatida 

huquqnit  buzilishidan  oldingi  holatni  tiklash  vazifasini  bajaradi.  Bunda 

fuqaroning  hayoti  va  sog'lig'iga  yetkazilgan  har qanday  zarar,  jumladan 

sog'lig'iga shikast yetkazish (qo'lning sinishi, tana a’zolarining shikastlanishi 

va shu kabilar) zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanishi lozim hisoblanadi. 

Masalan,  ikki  fuqaroning  o'zaro  janjallashib  qolishi  natijasida,  birining 

ikkinchisini  turtib  yuborishi  natijasida  uning  qo'li  singanda,  zarar 

yetkazuvchi  shaxs  jabrlangan  fuqaroning  davolanishi  uchun  ketgan 

xarajatlarni  to'liq  qoplashi  lozim.  Mazkur  zararni  qoplash  dilekt 

majburiyatlarining  umumiy  qoidalari  va  bosh  delikt  tamoyiliga  asosan 

qoplanadi.

Biroq  fuqaroning  hayoti  va  sog'lig'iga  yetkazilgan  zararning  o'rnini 

qoplash  FKning  1005-1017-  moddalari  bilan  tartibga  solinadi.

FKning  1005-moddasiga  m uvofiq  shartnoma  majburiyatlarini 

bajarishda,  shuningdek,  harbiy  xizmat  majburiyatlarini,  ichki  ishlar 

organlaridagi  xizmatni  va  boshqa  shunga  o'xshash  majburiyatlami 

bajarishda fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar, agar qonunda 

yoki  shartnomada  javobgarlikning  ancha  yuqori  miqdori  nazarda 

tutilmagan  bo'lsa,  ushbu  bob  qoidadalariga  muvofiq  qoplanadi.

Fuqaroning  sog'lig'iga  zarar  yoki  shikast  yetkazish,  shuningdek, 

hayotdan mahrum etish aybdor shaxsga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 

majburiyatlami  vujudga  keltirib,  majburiyatlarning  umumiy  qoidalaridan 

farqli o'laroq o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu majburiyatlar FKning alohida 

normalari,  y a ’ni  57-bob  bilan  tartibga  solinadi.  Ayniqsa,  ishchi  va 

xodimlarning  mehnat  faoliyati  jarayonida  hayoti  va  sog'lig'iga  zarar 

yetkazilishida zararni undirish hozirgi kunga qadar juda bahsli bo'lib kelgan. 

Chunki bunday munosabatlar nafaqat fuqarolik, balki mehnat va ma’muriy 

qonunchiligi  bilan  ham  tartibga  solinadi  Mazkur  munosabatlarni  tartibga 

solish  maqsadida  2005  yil  11  fevralda  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  “Xodimlarga  ularning  mehnat  vazifalarini  bajarish  bilan 

bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning 

boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to'lash” Qoidalari haqida 

qarori  qabul  qilindi.  Unga  binoan xodimlarga  ularning  mehnat  vazifalarini 

bajarish  bilan  bog'liq  holda  jarohatlanishi,  kasb  kasalliklariga  chalinishi 

yoki  salomatlikning  boshqa  xil  shikastlanishi  tufayli  yetkazilgan  zararni 

to'lash  bo'yicha  munosabatlar  tartibga  solinadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Mazkur  qoidalar  mulkchilik  va  xo'jalik  yuritish  shaklidan  qat’iy 

nazar, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yollanma mehnatdan 

foydalanayotgan  yuridik  shaxslarga,  yuridik  shaxs  boimasdan  faoliyat 

yuritayotgan dehqon xo'jaliklariga,  shuningdek, O'zbekiston  Respublikasi 

hududida  mehnat shartnomasi bo'yicha  ishlagan yoki  ishlayotgan hamda 

mehnat  jarohati  olgan  xodimlarga  joriy  etiladi.  Ish  beruvchi  va  xodim 

o'rtasida  vujudga  keluvchi  bunday  munosabatlarning  aksariyati  mehnat 

qonunchiligi  bilan  tartibga  solinib,  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarida 

uchraydigan  bu  holatlar  shartnomadan  tashqari  vujudga  keladi.

U shbu  m ajburiyatlar  shartnom adan  tashqari,  y a ’ ni  delikt 

majburiyatlar  deb  yuritiladi  va  ular  fuqarolik-huquqiy  javobgarlikning 

vujudga  kelish  qoidalari  asosida  yuzaga  keladi.  Fuqaroning  hayoti  va 

sogiig'i  uning  asosiy  boyligi  hisoblanib,  unga  nisbatan  har  qanday  zarar 

yetkazilishi  yoki  uni  hayotdan  mahrum  etishi  huquqqa  xilof  harakat 

hisoblanadi.  Faqatgina  ayrim  hollarda,  ya’ni  o'zini  himoya  qilish  va 

jinoyatchini  tutishda  (qasddan  sodir  etmaslik)  uning  hayoti  va  sogiig'iga 

zarar  yetkazilishi  hollari  uchraydi.

Fuqaroning hayoti va sogiig'iga zarar yetkazilishi  uning nomulkiy 

huquqlarini  buzish  hisoblanib,  uning  asosida  nafaqat  moddiy,  balki 

m a’naviy  zararni  qoplashni  ham  talab  etishga  haqlidir  (FKning  1021- 

moddasi).  Fuqaroga  mulkiy  zarar  yetkazilishi  ish  haqini  yo'qotish 

yoki  boshqa  daromad  manbalarini  yo'qotish,  sogiig'ini  tiklash  uchun 

qilgan  xarajatlari,  dafn  etish  xarajatlari  va  boshqalar  tushuniladi. 

Agar  hech  qanday  mulkiy  zarar  yetkazilmagan  b o is a -y u ,  biroq 

uning sogiig'iga zarar yetkazilganligi aniqlansa, jismoniy va ma’naviy 

zarar  yetkazilishi  oqibatida  kechirgan  his-hayajon  uchun  tovon 

undirishga  haqli  boiadi.

Yetkazilgan  zarar  uchun  javobgarlikning  shartlaridan  biri  bo'lib, 

huquqbuzarning aybli harakati hamda oshiqcha xavf manbayi tomonidan 

va  surishtiruv,  dastlabki  tergov,  prokuratura  organlari  va  sudning 

qonunga  xilof  harakatlari  hisoblanadi  (FKning  991,  999-moddalari). 

FKning  985-moddasiga  muvofiq  zarar  yetkazgan  shaxs,  agar  zarar  o'z 

aybi  bilan  yetkazilmaganligini  isbotlasa,  zararni  toiashdan  ozod  etiladi.

Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning  yana  bir  sharti  boimish  sababiy 

bog'lanish,  zarar  yetkazuvchining  harakatlari  (harakatsizligi)  bilan 

fuqaroning  hayoti  va  sogiig'iga  shikast  yetkazilishi  o'rtasida  bogiiqlik 

boiish i,  hamda  jabrlanuvchining  hayoti  va  s o g iig 'i  bilan  mulkiy 

yo'qotishlar (oylik maoshini yo'qotishi, qo'shimcha xarajatlar va boshqalar) 

o'rtasida  bogiiqlik  boiishi  kerak.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Mazkur delikt majburiyatlarni  ikki asosiy turga  bo‘lishimiz mumkin, 

ya’ni  fuqaroning  qanday  manfaatlariga  zarar  yetkazilishiga  qarab:  a) 

fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik; b) boquvchisini 

yo‘qotganlik  uchun  javobgarlik.  Qayd  etilgan  holatlar  o'zining  subyektiv 

sostavi,  qoplash  jihati  va  boshqa  xususiyatlari  bilan  bir-biridan  tubdan 

farq  qiladi.

Fuqaroning  sog‘lig‘iga  zarar  yetkazganlik  uchun  javobgarlik. 

Fuqaroning  sog'lig'iga  zarar  yoki  shikast  yetkazilishi  natijasidagi  mulkiy 

yo'qotish bo'lib mehnat qobiliyatini qisman yoxud to'la yo'qotishi oqibatida 

oylik  ish  haqini  (daromad)  ololmasligi,  sog'lig'ini  tiklash  uchun  qiladigan 

yoxud  qilgan  xarajati  tushuniladi.

Ololmay  qolgan  daromad  yoxud  oylik  ish  haqi  ko'rinishidagi  zarar 

ikki  omilga  ko'ra  aniqlanadi:  1)  zarar  yetgunga  qadar  oladigan daromadi 

yoki  o'rtacha  oylik  maoshi;  2)  jabrlangan  shaxsning  professional 

darajasining  kamayishi,  professional  mehnat  qobiliyatining  yo'qligida 

umumiy  mehnat  qobiliyatining  yo'qotilishi  inobatga  olinadi.  Yo'qotilgan 

ish  haqi  (daromadi)  ning  tarkibiga  mehnat  va  fuqarolik-huquqiy 

shartnomalar  asosida  oladigan,  hamda  daromad  sog'lig'iga  qaratiladigan 

to'lovlar  kiradi.  Tadbirkorlik  faoliyati  natijasida  olinadigan  daromadlar 

va  mualliflik  gonorari  ham  shu  tarkibga  kiradi.  Mehnat  ta’tilidan 

foydalanm aganlik  uchun  olinadigan  kompensatsiyalar  va  ishdan 

bo'shatilganlik  uchun  beriladigan  hisob-kitoblar  qayd  etilgan  tarkibga 

kirmaydi.  Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsiz  bo'lgan,  homiladorlik  va 

tug'ish  ta’tili  uchun  to'langan  nafaqalar  inobatga  olinadi.  Bunda  barcha 

ish haqi (daromadlar) soliq solishdan oldingi summalar hisobida aniqlanadi.

Jabrlanuvchining  o'rtacha  oylik ish  haqi (daromad)  sog'liqqa  shikast 

yetkazilishidan  oldingi  ishlangan  o'n  ikki  oy  ichidagi  ish  haqi  (daromad) 

ning  umumiy  summasini  o'n  ikkiga  bo'lish  yo'li  bilan  hisoblanadi.  Zarar 

yetkazilgan  paytgacha jabrlanuvchi  o'n ikki oydan kam ishlagan hollarda 

o'rtacha  ish  haqi  (daromad)  sog'liqqa  shikast  yetkazilishidan  oldingi 

amalda  ishlagan  oylardagi  ish  haqi  (daromad)  ning  umumiy  summasini 

ana  shu  oylar  soniga  bo'lish  yo'li  bilan  hisoblab  chiqiladi.  Jabrlanuvchi 

to'liq  ishlamagan  oylar  uning  xohishiga  ko'ra  bundan  oldingi  to'liq 

ishlangan  oylarga  almashtiriladi  yoki  ularni  almashtirish  imkoniyati 

bo'lmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi. Jabrlanuvchining mulkiy ahvoli 

o'zgarishi  aniq  bo'lgan,  ya’ni  ish  haqining  oshishi,  yangi  lavozimga 

tayinlanishi  sog'liqqa  zarar  yetgunga  qadar  sodir  bo'lsa,  olishi  mumkin 

bo'lgan  ish  haqi  (daromadi)  inobatga  olinadi.

Jabrlanuvchi bu vaqt mobaynida hech qayerda ishlamagan taqdirda,

www.ziyouz.com kutubxonasi




uning  xohishiga  ko‘ra  mehnat  shartnomasi  bekor  qilinishigacha  bo'lgan 

ish  haqi  (daromadi)  yoki  mazkur  joyda  uning  malakasidagi  xodimga 

to'lanadigan,  ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng  kam  ish haqining 

besh  karrasidan  kam  bo'lmagan  odatdagi  haq  to'lash  miqdori  hisobga 

olinadi  (FKning  1007-moddasi).

Ish  davri  to'liq  oydan  kam  vaqtni  tashkil  qilgan  taqdirda,  zararni 

to'lash  miqdori shartli  oylik ish  haqi  (daromad)  miqdoridan kelib chiqqan 

holda  hisoblab  chiqiladi.  U  quyidagi  tartibda  aniqlanadi:  butun  ishlangan 

vaqt  davomida  olingan  ish  haqi  (daromad)  kunlar  soniga  bo'linadi,  hosil 

bo'lgan  summa  bir  yil  uchun  o'rta  hisobda  hisoblab  chiqilgan  bir  oydagi 

ish  kunlari  soniga  ko'paytiriladi.

Haqiqiy  ish  haqi  miqdori  to'g'risidagi  hujjatlarni  olish  imkoniyati 

bo'lmagan  taqdirda  zararni  to'lash  miqdori  zararni  to'lash  to'g'risida 

murojaat  qilingan vaqtda  belgilangan eng  kam oylik ish  haqi  miqdoridan 

kelib  chiqqan  holda  hisoblab  chiqiladi.  Jabrlanuvchining  o'rtacha  oylik 

ish  haqi  miqdori  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdoridan  ko'p  bo'lmagan 

hollarda  ham  yetkazilgan  zararni  to'lash  miqdori  xuddi  shu  tartibda 

hisoblab  chiqiladi1.

Yo'qotilgan ish haqi (daromad) miqdorini aniqlashning  ikkinchi omili 

bo'lib,  jabrlangan  shaxsning  profetsional  mehnat  qobiliyatini  yo'qotish 

darajasi  hisoblanadi,  kasb  mahorati  bo'lmaganda  esa,  uning  umumiy 

mehnat  qobiliyatini  yo'qotish  darajasi  inobatga  olinadi.  Shuningdek

mehnat qobiliyatini aniqlashda vaqtinchalik va doimiy mehnat qobiliyatiga 

alohida  e ’ tibor  beriladi.  Vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo'qotish 

deganda, ma’lum vaqt mobaynida umuman mehnatga qobiliyatsiz bo'lishi 

tushuniladi  va  ish  haqi  (daromad)  dan  mahrum  bo'lishiga  aytiladi. 

Vaqtinchalik  mehnatga  qobiliyatsizlik  tibbiy  muassasa  tomonidan 

aniqlanib,  fuqaroga  vaqtinchalik  kasallik  varaqasini  berish  yo'li  bilan 

tasdiqlanadi.

Umuman  mehnat  qobiliyatini  yo'qotish  esa  davlatga  tegishli  tibbiy 

muassasalar  (hozirgi  VKK)  va  sud-tibbiy  ekspertizasi  tomonidan  to'liq 

yoxud  qisman  yo'qotilganligi  aniqlanadi.  Fuqaroning  doimiy  mehnat 

qobiliyatini  yo'qotishi  uni  I,  II  yoki  III  guruh  nogironi  deb  tan  olinishi 

bilan belgilanadi. To'liq mehnat qobiliyatini yo'qotgan fuqaroning o'rtacha

1  Узбекистон  Республикаси  Вазирлар  Махкамасининг  2005  йил  11  февралдаги 

“Ходимларга  уларнинг  мехнат  вазифаларини  бажариш  билан  борлик  холда 

жарохатланиши,  касб  касалликларига  чалиниши  ёки  саломатликнинг  бош^а  хил 

шикастланиши  туфайли  етказилган  зарарни  тулаш”  коидалари  туррисидаги  60-сонли 

карори.

www.ziyouz.com kutubxonasi




ish  haqi  (daromad)  ni  belgilash  yuqorida  belgilangan  tartib  bo‘yicha 

aniqlanadi.  Qisman  mehnat  qobiliyatini  yo'qotganda  uning  miqdori 

fuqaroda  saqlanib  qolgan mehnat  qobiliyatining  foizi  hisobida  aniqlanadi. 

Misol  uchun  ekspertizaning  xulosasiga  muvofiq  jabrlangan  shaxsda  60% 

profetsional  mehnat  qobiliyati  saqlanib  qolgan  boisa,  qolgan  40% 

qoplanishi  kerak  boiadi.

Yuqorida  keltirib  o‘tilgan  qoidalar  asosida  zarar  toiiq  qoplanishi 

kerak. Jabrlanuvchi shaxsning qo'pol ehtiyotsizligi tufayli sog‘lig‘iga shikast 

yetadigan  b o isa ,  zarar  to iiq   qoplanmaydi.  Miqdorning  o ‘zgarishi 

jabrlanuvchining  ayblilik  darajasiga  qarab  belgilanadi.  Jabrlanuvchining 

qo'pol  ehtiyotsizligi  zararni  undirishda  to'sqinlik  qilmaydi.

Fuqaro  mayib  boiganda  yoki  uning  sogiigiga  boshqacha  shikast 

yetkazilganda  jabrlanuvchi  oladigan  yoki  muayyan  ravishda  olishi 

mumkin  b o ig a n   y o ‘qotilgan  ish  haqi  (daromadlari),  shuningdek, 

salomatligiga  shikast  yetkazilishi  tufayli  qilgan  qo'shimcha  xarajatlari, 

shu  jumladan,  davolanish,  qo'shimcha  ovqatlanish,  dori-darmonlar  sotib 

olish,  protez  qo'ydirish,  birovning  parvarishida  bo'lish,  sanatoriy- 

kurortda  da’volanish,  maxsus  transport  vositalarini  sotib  olish,  boshqa 

kasbga  tayyorgarlikdan  o'tish  xarajatlari,  agar jabrlanuvchining  ana  shu 

yordam  va  parvarish  turlariga  muhtojligi  hamda  ularni  bepul  olish 

huquqiga  ega  emasligi  aniqlansa,  o'm i  qoplanishi  lozim

Yuqorida  qayd  etilgan  holatlar  jabrlanuvchi  bepul  davolanmasdan 

xarajatlar  qilgan  taqdirda,  uning  tomonidan  qilingan  qo'shimcha 

xarajatlami undirishni talab etishi mumkin. Albatta, bu holatni tasdiqlovchi 

tegishli  hujjatlar  taqdim  etilgandagina  amalga  oshirish  mumkin  boiadi.

Yo'qotilgan  ish  haqini  (daromadlarni)  aniqlashda  jabrlanuvchiga 

mayib boiishi yoki sogiig'iga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan 

nogironlik  pensiyasi,  xuddi  shuningdek,  sogiig'iga  zarar  yetkazilmasidan 

oldingi  va  undan  keyingi  boshqa  turdagi  pensiyalar,  nafaqalar  va  boshqa 

shunga o'xshash to'lovlar e’tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini 

kam aytirishga  ham  sabab  b o im a y d i  (zararni  hisoblash  hisobiga 

kiritilmaydi). Zarami hisoblash hisobiga shuningdek, jabrlanuvchi sogiig'iga 

shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi 

(FKning  1006-moddasi).

Fuqaroning  sogiig'iga  shikast  yetkazilishi  natijasida  jabrlanuvchi 

o'z  kasbi  bilan  shug'ullanish  imkoniyatidan  mahrum  bo'lib,  tadbirkorlik 

bilan  shug'ullanish  natijasida  ko'p  daromad  topadigan  boigan  taqdirda 

ham  zararni  undirish  miqdoriga  ta’sir  etmaydi.

Zararning  miqdori  avtomatik  ravishda  va  manfaatdor  shaxslaming

www.ziyouz.com kutubxonasi




talabi bilan o‘zgarishi mumkin. FKning 1013-moddasiga muvofiq, turmush 

qiymatining  oshib borishi  va  qonun hujjatlarida  belgilangan eng  kam ish 

haqi  miqdorining oshirilishi munosabati bilan to‘lovlar miqdori mutanosib 

ravishda  o'zgaradi.  Qolgan  vaziyatlarda  to'lovlar  miqdorining  kamayishi 

yoxud  ko‘payishi  FKning  1012-moddasida  qayd  etilgan  manfaatdor 

taraflarning  talabi  bilan  o‘zgarishi  mumkin.  Mehnat  qobliyatini  qisman 

yo‘qotgan  jabrlanuvchi  zararni  to'lash  majburiyati  yuklangan  shaxsdan 

istalgan  vaqtda,  agar  uning  mehnat  qobiliyati  sog'lig'iga  yetkazilgan 

shikast tufayli o'ziga zararni undirish belgilangan paytda sog'lig'i nisbatan 

yomonlashsa,  qoplash  miqdorini  tegishlicha  ko'paytirishni  talab  qilishga 

haqli.  Jabrlanuvchining  sog'lig'iga  yetkazilgan  zaraming  o'mini  qoplash 

majburiyati  zimmasiga  yuklangan  shaxs,  agar  jabrlanuvchining  mehnat 

qobiliyati  zararni  undirish  belgilangan  paytda  nisbatan  oshgan  bo'lsa, 

qoplash  miqdorini  tegishlicha  kamaytirishni  talab  qilishga  haqli.

Shuningdek,  zarar  yetkazgan  shaxsning  mulkiy  ahvoli,  uning 

nogironlikka  hamda  yoshga  doir  nafaqaga  chiqishi  munosabati  bilan 

kamaygan  bo'lsa  va  ehtiyotsizlik  natijasida  zarar  yetkazilgan  shartlarda 

to'lov  miqdorini  kamaytirishni  talab  etishi  mumkin.

Voyaga  etmagan shaxslarning sog'lig'iga  shikast yetkazilganda  zarar 

undirishning alohida xususiyatlari mavjud. Ma’lumki,  14 yoshgacha bo'lgan 

voyaga yetmagan fuqarolarning sog'lig'iga shikast yetkazilganda, ularning 

ishlamasligini  inobatga  olgan  holda  faqat  qo'shimcha  xarajatlarnigina 

undirish  mumkin.  Chunki  ularning  ishlamaganliklari  bois,  tabiiyki,  ular 

ish  haqi  (daromad)  ni  yo'qotmaydilar.  Agar  14  yoshdan  to  18  yoshgacha 

bo'lgan  voyaga  yetmagan  shaxslarning  sog'lig'iga  shikast  yetkazilganda 

qo'shimcha xarajatlardan tashqari, uning mehnat qobiliyatining yo'qotilishi 

yoxud  kamayishini hisobga olgan holda FKning  1008-moddasiga  muvofiq 

zararni undirish mumkin. Agar voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyatini 

boshlab,  muayyan  daromadga  yoxud  ish  haqi  olayotgan  taqdirda,  uning 

miqdoridan  kelib  chiqqan  holda  zararni  undirishi  hamda  ko'paytirishni 

talab  etishi  mumkin  (FKning  1008-moddasi,  3-4  bandlari).

Chunonchi,  voyaga yetmagan shaxslar stipendiya olayotgan bo'lsalar, 

ularning  stipendiyalari  ish  haqiga  tenglashtirilishi  ham  mumkin.

Keyingi  ikkinchi  xususiyati  bo'lmish  boquvchisini  yo'qotganlik  uchun 

javobgarlikda  fuqaroning  vafot  etishiga  bevosita  aloqador  shaxs  uning 

qaramog'idagi  shaxslarga  zararni  qoplab  berishi  shart.  Boquvchisini 

yo'qotganlik  uchun  zararni  qoplashni  talab  etuvchi  shaxslarga  quyidagilar 

kiradi:


-  marhumning  qaramog'ida  turgan  yoki  u  vafot  etgan  kungacha

www.ziyouz.com kutubxonasi




undan ta’minot  olish huquqiga  ega  bo'lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;

-  marhumning  vafotidan  keyin  tug'ilgan  farzandi;

-  mehnat  faoliyatidan  qat’iy  nazar,  marhumning  qaramog'ida 

bo'lgan uning  14 yoshga  to'lmagan yoki ko'rsatilgan yoshga  to'lgan bo'lsa 

ham  tibbiyot  muassasasining  xulosasiga  ko'ra  salomatligi  bo'yicha 

boshqalarning  parvarishiga  muhtoj  bo'lgan  bolalari,  nevaralari,  aka- 

ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo'lgan va ishlamaydigan 

ota-onasidan  biri,  eri  (xotini)  yoki  oilaning  boshqa  a’zosi;

-  marhumning qaramog'ida  bo'lgan va uning vafotidan keyin besh 

yil  ichida  mehnatga  qobiliyatsiz  bo'lib  qolgan  shaxslar.

Ushbu  kategoriyadagi  shaxslar  doirasiga  vafot  etgan  shaxsning 

qaramog'ida bo'lgan mehnatga layoqatli turmush o'rtog'i uning vafotidan 

keyin  5  yil  ichida  nafaqa  olish  yoshiga  yetganlar  kiradi.

FKning  1009-moddasiga  muvofiq  zarar  quyidagilarga  to'lanadi:

-  voyaga  yetmaganlarga  -   18  yoshga  to'lgunga  qadar;

18  yoshdan  oshgan o'quvchilarga  -   o'quvning kunduzgi  shaklida 



o'qishni  tugatgunga  qadar,  biroq  23  yoshdan  oshmaguncha;

-  55  yoshdan  oshgan  ayollarga  va  60  yoshdan  oshgan  erkaklarga

-   umrbod;

-  nogironlarga  -   nogironlik  muddatigacha;

-  marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari 

va  opa-singillarini  ular  14  yoshga  to'lgunga  qadar  parvarishlashda  band 

bo'lgan  ota-onasidan  biri,  eri  (xotini)  yoxud  oilaning  boshqa  a’zosi.

Boquvchisini  yo'qotganlik  munosabati  bilan  zarar  undirishning 

asoslarini  m anfaatdor  shaxslar  tomonidan  isbotlab  berilishi  lozim. 

Qarindoshlik  aloqalari  tegishli  hujjatlar  yordamida  aniqlanadi,  agar 

aniqlash  m urakkab  bo'ladigan  bo'lsa,  sud  tomonidan  aniqlanadi. 

Farzandlari  FHDYO  organlari  tom onidan  berilgan  tu g'ilgan lik 

guvohnomalarini taqdim etishi bilan isbotlanadi. Oila a’zolarining tarkibiy 

qismi  esa  o'zini-o'zi  boshqarish  organlarining  ma’lumotnomalari  asosida 

aniqlanadi.  18  yoshdan  23  yoshgacha  bo'lgan,  oliy  yoxud  o'rta  maxsus 

kasb-hunar o'quv muassasalarida tahsil oladigan o'quvchi yoxud talabalar 

tegishli  muassasaning  bergan  bildirishnomalari  bilan  aniqlanadi.

Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish miqdori 

qonunda  aniq  belgilab  qo'yilgan  bo'lib,  FKning  1007-moddasiga  muvofiq 

zarar  qoplanadi.  Shuningdek,  FKning  1010-moddasiga  asosan  ish  haqi 

(daromad)  ning  tarkibiga  hayotlik  vaqtida  olgan  nafaqa,  umrbodlik 

ta’minoti va boshqa  shunga o'xshash  ta’minotlar ham  hisobga  olinadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Vafot  etgan  boquvchining  qaramog'ida  bo'lgan  va  boquvchining 

vafoti  tufayli  zarar  to‘ lovini  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  mehnatga 

layoqatsiz  shaxslar  uchun  zarar  miqdori  vafot  etgan  shaxsning  o‘rtacha 

oylik  ish  haqi  miqdoridan  uning  o‘ziga  va  qaramogidagi  mehnatga 

layoqatli,  ammo zarar to‘lovini olish huquqiga  ega  bo'lmagan fuqarolarga 

to‘g ‘ri  keladigan  ulushni  chegirib  tashlagan  holda  belgilanadi.

Zarar  to'lovini  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  shaxslaming  har  biriga 

beriladigan zarar to'lovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining 

ko‘rsatib o'tilgan shaxslaming hammasiga  to'gri keladigan ulush ularning 

soniga  taqsimlanadi.

Vafot  etgan shaxsning qaramog'ida  bo'lmagan,  ammo  zarar to'lovini 

olish  huquqiga  ega  bo'lgan  mehnatga  layoqatsiz  shaxslar  uchun  zarar 

to'lovi  miqdori  sud  tartibida  belgilanadi.

Vafot  etgan  shaxsning  qaramog'ida  bo'lgan  va  bo'lmagan  shaxslar 

ayni  bir  vaqtda  zarar  to'lovini  olish  huquqiga  ega  bo'lishgan  taqdirda 

zarar  to'lovlari  miqdori  eng  avvalo  vafot  etgan  shaxsning  qaramog'ida 

bo'lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to'lovi 

summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so'ng ish haqining 

qolgan miqdoriga qarab vafot etgan shaxsning qaramogida bo'lgan shaxslar 

uchun  zarar  to'lovi  miqdori  mazkur  bandning  birinchi  va  ikkinchi 

xatboshida  nazarda  tutilgan  tartibga  muvofiq  belgilanadi.

Boquvchisini  yo'qotganlik  tufayli  zarar  to'lovini  olish  huquqiga  ega 

boigan shaxslar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya

shuningdek,  boshqa  pensiyalar,  ish  haqi,  sti pendiyalar  va  boshqa 

daromadlar zarar to'lovi  hisobiga kiritilmaydi.  Bunda  qaramogida  bo'lgan 

har bir shaxs hisobiga zarar to'lovi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan 

eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorining  ellik  foizidan  kam  bo'lishi  mumkin 

emas.


Zararni  undirish,  manfaatdor  shaxslarga  toianadigan  zararning 

miqdori  va  taqsimoti  FKning  14-moddasiga  asosan  taqsimlanadi.  Agar 

vafot  etgan  shaxsning  qaramog'ida  bir  necha  fuqarolar  boisalar,  vafot 

etgan shaxsning yo'qolgan ish haqi (daromadi) hisobga  olinib, manfaatdor 

shaxslar  o'rtasida  teng  taqsimlanadi.

Agar  vafot  etgan  shaxsning  qaramog'ida  bo'lmagan,  biroq  undan 

ta’minot  olish  huquqiga  ega  bo'lgan  fuqarolar  boigan  taqdirda,  ularga 

zararning  miqdori  quyidagicha  aniqlanadi:

-  ta ’ minot  sud  tartibida  undirilgan  bo'lsa,  sud  tom onidan 

belgilangan  summa  bilan;

-  fuqarolarning  moddiy  ahvoli  va  vafot  etgan  shaxsning  oiimidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




oldin  qanchalik  ta’minot  bera  olishi  mumkinligini  hisobga  olgan  holda, 

agar  ta’minot  sud  tartibida  belgilanmagan  bo‘lsa.

Vafot  etgan boquvchi o'zining o'limiga sabab bo'lganlik aybi  hisobga 

olinmaydi  (qasddan  sodir  etilgandan  tashqari).  Yuqorida  qayd  etilgan 

fuqarolarga  zararning  miqdorini  belgilashda  ular  tomonidan  oladigan 

nafaqalari,  stipendiyalari,  ish  haq  (daromad)  lari  hisobga  olinmaydi.

Har  biriga  belgilangan  miqdor  keyinchalik  qayta  hisoblanmaydi,  ya’ni 

ta’minot oluvchilardan birining vafoti boshqa ta’minot oluvchilarning foydasiga 

qayta hisoblanmaydi Shuningdek, boquvchining ta’minotida bo'lgan, hamda 

uning  vafotidan  so'ng  5  yil  ichida  mehnatga  qobiliyatsiz  bo'lib  qolgan 

fuqarolarga  tayinlangan  to'lovning  miqdori  ham  qayta  hisoblanmaydi

Qonun  bu  borada  ikki  holatni  belgilaydi,  chunonchi  boquvchining 

vafotidan  keyin  tug'ilgan  farzand  va  boquvchining  aka-singillari, 

nevaralari, farzandlarining parvarishi bilan band bo'lgan shaxslarga to'lovni 

belgilash  yoxud  olib  tashlash.  Ushbu qayd etilgan holatlarda boquvchining 

ish  haqi  (daromadi)  ning  bir  qismi  har  bir  kishiga  hisoblab  chiqiladi.

Qayta hisob-kitob qilish zararni undirish huquqiga ega bo'lgan shaxs 

boquvchining  vafoti  haqida  xabar  topmaganda,  yoxud  qonun  bilan  eng 

kam  oylik  ish  haqining  oshishi  munosabati  bilan  ham  qayta  hisoblanadi. 

Agar  boquvchining  vafoti  mehnat  yoki  shartnoma  majburiyatlarini 

bajarish  chog'ida  vafot  etsa,  ish  beruvchi  qo'shimcha  5  yil  mobaynida 

mehnatiga  to'lanadigan  muayyan  muddatda  tovon  to'laydi.

Boquvchining  vafoti  bilan  bog'liq  qo'shimcha  xarajatlarga  qonunda 

dafn marosimiga ketadigan xarajatlar nazarda tutiladi. Bunday xarajatlarni 

qoplash zarar yetkazgan shaxs tomonidan qoplanadi, shuningdek, qilingan 

xarajatlar  zarar  miqdorini  belgilashda  inobatga  olinmaydi.

Agar zarar yetkazgan shaxs yoxud yuridik shaxs o'z xohishiga binoan 

zararni qoplamasa, jabrlangan shaxs manfaatini  himoya qilish maqsadida 

sudga  murojaat  etishi  mumkin.  Fuqaroning  hayoti  yoki  sog'lig'iga  zarar 

yetkazganda  da’vo  muddati  qo'llanilmaydi,  biroq  3  yillik  da’vo  muddati 

o'tgandan  so'ng  murojaat  etilganida  zarar  da’vodan  oldingi  3  yildan 

ortiq  bo'lmagan  muddat  uchun  qanoatlantirilishi  mumkin.  Masalan, 

fuqaroning  hayotiga  1996-yil  zarar  yetkazilgan  bo'lsa-yu,  da’vo  2004- 

yil  qo'zg'atilgan  bo'lsa,  sud  faqatgina  2001-yildan  2004-yilgacha  bo'lgan 

muddat  uchun  zararni  qoplash  to'g'risida  qaror  chiqaradi.1

Qoida bo'yicha zarar har oyda to'lab boriladi, hamda pulning o'tkazish 

m ac’ uliyati  to'lovchining  zimmasida  bo'ladi.  Istisno  holatida  sud

1  Н.Ф.Имомов.  Фукаролик хукукида  муддатлар  ва  даъво  муддати,-  Т.:  2005.-119. 

596

www.ziyouz.com kutubxonasi




to'lovchining  belgilangan  muddat  mobaynida  uzrli  sabablarga  ko‘ra 

to‘lolmasligini  inobatga  olgan  holda  3  yildan  ortiq  bo'lmagan  muddatga 

bir  yo‘la  to‘lashni  belgilashi mumkin.  Misol  uchun  zarar  yetkazgan  shaxs 

uzoq  muddatga  xizmat  safariga  jo'nashi  bo'lishi  mumkin.

Agar  zarar  yetkazgan  shaxs  yuridik  shaxs  bo'lib  va  u  qayta  tuzilsa, 

to'lovlarni  to'lash  uning  huquqiy  vorisiga  o'tadi.  Xodimning  mehnat 

majburiyatlarini  bajarish  munosabati  bilan  uning  hayoti  va  sog'lig'iga 

yetkazilgan  zarar  uchun  javobgar  bo'lgan,  qishloq  xo'jaligi  tovar 

mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda 

mablag'  bo'lmagan  yoxud  yetarli  bo'lmagan  taqdirda,  undirilishi  lozim 

bo'lgan  summalar  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  davlat 

tomonidan  to'lanadi.  Qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  ham 

mazkur  summalar  davlat  tomonidan  to'lanadi.  Basharti,  yuridik  shaxs 

tugatilsa, tegishli to'lovlar jabrlanuvchiga to'lash uchun kapitallashtiriladi. 

Y u rid ik   shaxsning  m ol-m u lk i  y o 'q lig i 

sababli  to 'lo v la rn i 

kapitallash tirish n in g  im koni  bo'lm asa,  belgilan gan   sum m alar 

jabrlanuvchiga  davlat  tomonidan  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

tartibda  to'lanadi  (FKning  1015-moddasi).


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish