Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  A SO SSIZ  B O Y L IK   ORTTIRISH  O Q IB A T ID A   K ELIB



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

58-bob.  A SO SSIZ  B O Y L IK   ORTTIRISH  O Q IB A T ID A   K ELIB 

C H IQ A D IG A N   M A JB U R IY A T L A R

O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolik  qonunchiligining  kodifikatsiya 

qilinishi  natijasida,  uning  tizimining  tarkibiy  qismi  bo'lgan  majburiy 

huquq  institutlaridagi  o'zgarishlar  asossiz  boylik  orttirish  oqibatida  kelib 

chiqadigan  majburiyatlarda  vujudga  keldi.

Shu munosabat bilan, asossiz orttirilgan boylik majburiyatlari instituti 

rivojlanishi  tendensiyalarini;  uning  iqtisodiy  muomaladagi  ahamiyatini, 

shakllari  va  usullarini,  asossiz  orttirilgan  boylik,  yoki  asossiz  tejalgan 

mulk  majburiyatlarining  muqobil  huquq  institutlari  bilan mutanosibligini 

aniqlash  lozim.

Majburiyatlarning amaldagi ta’rifi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 

kodeksi,  1023  moddasining  1-bandida  o'z  ifodasini  topgan:  qonun 

h u jjatlarida  yoki  bitim da  belgilangan  asoslarsiz  boshqa  shaxs 

(jabrlanuvchi)ning  hisobidan  mol-mulkni  egallab  olgan  yoki  tejab  qolgan 

shaxs  (qoiga  kirituvchi)  asossiz  egallab  olingan  yoki  tejab  qolingan  mol- 

mulkni  (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart.

Ta’rifdan kelib chiqishiga ko'ra, asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan 

boylik  bo'yicha  majburiyatlarning  subyekti  boiib,  asossiz  orttirilgan 

yoki  tejab  qolingan  mol-mulkni  qoiga  kiritgan  qarzdor  va  bu  mulkni 

talab  qilish  huquqiga  ega  boigan  haqiqiy  mulkdor  (kreditor)  boiishi 

mumkin.  Bunda  qarzdor  va  kreditor  b o iib   fuqarolar,  jumladan, 

muomalaga  layoqatsiz  shaxslar  ham,  huquq  subyektliligi  xarakteridan 

qat’iy  nazar,  yuridik  shaxslar  ham  boiishi  mumkin.

Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik majburiyatlarining obyekti 

boiib,  asossiz  boylik  orttirgan  shaxsning  asossiz  orttirilgan  yoki  tejab 

qolingan  boylikni  kreditorga  qaytarishi  bo'yicha  qiladigan  harakatlari 

hisoblanadi.  Asossiz  orttirilgan  boylikni  talab  qiluvchi  kreditor  mavjud 

bo'lmagan  hollarda  mulk davlat  byudjetiga  yoki  qonunga muvofiq  tegishli 

muassasaga o'tkaziladi. Bunday majburiyatlarning mazmuni jabrlanuvchining 

asossiz  orttirilgan  boylikni  asl  holida  yoki  pul  summasida  asossiz  boylik 

orttirgan shaxsdan talab qilish huquqi va bu qarzdoming asossiz orttirilgan 

boylikni  jabrlanuvchiga  qaytarish  majburiyatidan  iboratdir.

Qonun  talabidan  ko'rinib  turibdiki,  asossiz  orttirilgan  boylikni 

qaytarish  majburiyati  vujudga  kelishi  uchun,  birinchidan,  bir  shaxs 

ikkinchi  shaxs  hisobiga  asossiz  boylik  orttirishi,  ikkinchidan,  bunday 

boylik orttirishga hech qanday qonuniy asos bo'lmasligi shart, uchinchidan, 

mulk,  asosan,  yanglishish,  xatolik  bilan  olinadi  yoki  tejaladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Ammo  ba’zi  hollarda  mulkning  yanglishmasdan,  atayin  qasddan 

asossiz  olinish  hollari  ro‘y  berishi  mumkin.  G'ayriqonuniy  yoki  davlat 

manfaatlariga  zid  qilingan  xatti  -  harakatlar  tufayli  o'zgalar  hisobiga 

asossiz  boylik  orttirgan  shaxs  asossiz  olingan  mulkni  qonunda  nazarda 

tutilgan  hollardan  boshqa  holatlarda  davlat  daromadiga  o'tkazishi  lozim, 

ya’ni haqiqiy bo'lmagan bitimlar tuzish yo'li bilan olingan asossiz boyliklar 

to'g'ridan-to'g'ri  davlat  daromadiga  o'tkaziladi.

Asossiz  orttirilgan  boylikdan  kelib  chiqqan  majburiyatlarning 

funksional  belgilanishi  nafaqat  jabrlanuvchining  mulkiy  doirasini  qo'lga 

kirituvchi  tomonidan  qayta  tiklash,  balki  jabrlanuvchiga  asossiz  egallab 

olingan yoki tejab  qolingan mol-mulkni qaytarib berishdan iborat  bo'ladi.

Asossiz orttirilgan  boylik  majburiyatlari  turli  yuridik  faktlar  asosida 

vujudga  kelishiga  qaramay,  ushbu  majburiyatlar  shartnomadan  tashqari 

tuzilgan  bitimlar  doirasiga  kirib,  subyektlaming  mulk  huquqi  va  boshqa 

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan mustaqil institut sifatida ko'rinishda 

bo'ladi.


Asossiz  orttirilgan  boylikdan  kelib  chiquvchi  majburiyatlarning 

tarkibi  quyidagi  elementlardan  tashkil  topadi:

a)  bir  shaxs  boshqa  shaxsning  hisobidan  mol-mulkka  ega  bo'ladi;

b)  mol-mulk  asossiz  qonunda,  boshqa  huquqiy  hujjatlarda  ko'zda 

tutilmagan  yo'llar  bilan  qo'lga  qiritiladi  yoki  tejab  qolinadi;

Bir  shaxsning  boshqa  shaxs  hisobidan  mol-mulkka  egalik  qilishi 

natijasida  mulk  hajmining  oshishiga  va  ikkinchi  tarafning  mulkini 

kamayishiga  olib  keladi.

Qo'lga  kiritilgan  mulk,  uning  m iqdorining  ko'payishi,  qo'lga 

kirituvchining  qo'shimcha  xarajatlarisiz  uning  qiymatini  oshishiga, 

masalan,  bir  shaxs  boshqa  shaxsning  iltimosiga  ko'ra,  ishonib  topshirgan 

qarzini boshqa shaxsga topshirsa; tashkilot uning nomiga olingan tovarlarga 

qaytadan  pul  toiasa  va  hokazo.

Mulkni  tejash  deganda,  shaxs  o'z  mablag'larini  sarf  qilishi  lozimligi, 

lekin sarf qilmaganligi yoki boshqa shaxsning xarajatlari qoplanmaganligi, 

yoki  boshqa  shaxsga  m ukofot  to'lanmasligi  tushuniladi.  Masalan, 

shirkatning  to'lov  shartnomasiga  ko'ra,  bank  adashib  boshqa  shirkat 

hisobidan  mablag'ni  chiqarib  tashlasa,  bitta  shirkatning  mablag'i  oshishi, 

boshqasinikining  kamayishiga  olib  keladi.  Agar  shaxs,  mulkdorning 

roziligisiz  unga  mukofot  to'lamasdan  mulkdan  foydalansa,  mukofot 

to'lanmasligi  evaziga  tejash  kelib  chiqadi.

Asossiz  boyishning  eng  ko'p  tarqalgan  turi  qo'lga  kirituvchining 

o'ziga  tegishli  bo'lmagan  mulkka  ega  bo'lishi  tushuniladi.  Bu  shaklning

www.ziyouz.com kutubxonasi




asosiy  turi  -   jabrlanuvchining  qo'lga  kirituvchiga  mulkiy  foydaning 

berilishidir.  Chunki  taqdim  etish  asosida  yotuvchi  bitim  yoki  boshqa 

huquqiy  asos  bo'lmagan,  yoki  e’tirof  etilmagan.

Rivojlangan tovar muomalasi sharoitida  mualliflik,  patent va boshqa 

huquqlarga  daxl  qilishlar  kuzatilmoqda.  Bunday  xatoliklarga  yo'l 

qo'yilganda  noqonuniy  foydalanuvchida  ixtirolardan  foydalanish,  foydali 

modellar,  sanoat  namunalari,  tovar  belgilari,  o'zganing  xizmat  va  tijorat 

siri, mualliflik va muqobil huquqlarga mukofot to'lamaslik uchun litsenziya 

to'lovlarni  amalga  oshirmaganligi  natijasida  asossiz  tejash  paydo  bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish