Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Oddiy  shirkat  shartnomasi  bo'yicha  qo'shiladigan  hissa



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4.  Oddiy  shirkat  shartnomasi  bo'yicha  qo'shiladigan  hissa.

Foyda  va  zararlarni  taqsimlash

Sherik  umumiy  ishga  qo'shadigan  hamma  narsa,  jumladan  pul, 

boshqa  mol-mulk,  kasbiy  va  boshqa  bilimlar,  malaka  va  mahorat, 

shuningdek,  ishbilarmonlik  obro'-e’tibori  sherikning  qo'shgan  hissasi 

hisoblanadi  (FKning  963-moddasi).

Sheriklar,  agar  oddiy  shirkat  shartnom asidan  yoki  haqiqiy 

holatlardan  boshqacha  mazmun  kelib  chiqmasa,  qiymati  bo'yicha  teng 

hissa qo'shadilar deb taxmin qilinadi.  Sherikning qo'shgan hissasini pulda 

baholash  sheriklar  o'rtasidagi  kelishuv  bo'yicha  amalga  oshiriladi.

Mol-mulkni  baholash  avvalo  taraflarning  kelishuvi  bilan  amalga

www.ziyouz.com kutubxonasi



oshiriladi.  Ayrim  hollarda  maxsus  litsenziyaga  ega  boigan  baholovchi 

tomonidan ham hissa baholanishi mumkin Bunday baholash “O'zbekiston 

Respublikasining  baholash  faoliyati  to‘g‘risida”gi  qonuni  (19.08.1999  y.)ga 

asosan amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 5-moddasiga asosan baholash 

obyektlari  jumlasiga  quyidagilar  kiradi:

-  alohida  moddiy  obyektlar  (ashyolar);

-  shaxsning  mol-mulkini  tashkil  etuvchi  ashyolar  majmui,  shu 

jumladan  muayyan  turdagi  (ko'char  yoki  ko'chmas)  mol-mulk;

-  mol-mulkka  yoki  mol-mulk  tarkibidagi  ayrim  ashyolarga  boigan 

mulk  huquqi  va  boshqa  ashyoviy  huquqlar;

-  talab  qilish  huquqlari,  majburiyatlar  (qarzlar);

-  ishlar,  xizmatlar,  axborot;

-  intellektual  mulk  obyektlari  va  qonun  hujjatlarida  fuqarolik 

muomalasida  boiishi  mumkinligi belgilangan  boshqa  fuqarolik  huquqlari 

obyektlari.

Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati 

yoki bozomikidan farqlanuvchi qiymat qo'yiladi. Baholash obyekti qiymati 

turlarining qo'llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash 

standartlari  bilan  belgilanadi.  Baholash  obyektini  baholash  pul  shaklida 

amalga  oshiriladi.

Baholash  obyektining  bozor  qiymati  deganda  eng  ehtimol  tutilgan 

narxi  tushunilib,  unga  ko'ra  mazkur  baholash  obyekti  ochiq  bozorda 

raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boigan 

holda  o'z  manfaatiari yoiida oqilona  va  ixtiyoriy  ravishda  harakat  qiladi, 

bitim  narxining  baland-pastligida  esa  biron-bir  favqulodda  holatlar,  shu 

jumladan  taraflardan  birining  ushbu  bitimga  qo'shilish  majburiyati  aks 

etmaydi. Agar biron-bir baholash obyektini baholashdan majburiy o'tkazish 

talabi mavjud boigan normativ hujjatda yoki baholash obyektini baholash 

to'g'risidagi  shartnomada  (matnda  bundan  buyon  shartnoma  deb 

yuritiladi) qiymatning aniq turi ko'rsatilgan bo'lmasa, mazkur obyektning 

bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash 

obyekti  qiymatining  turini  aniqlovchi,  ushbu  Qonunda  yoki  baholash 

standartlarida  nazarda  tutilmagan  atamalardan  foydalanilgan  taqdirda 

ham  qoilanilishi  kerak.

Baholashni  o'tkazish  baholash  obyektining  qiymati  to'g'risida  nizo 

chiqqan  taqdirda  baholash  o'tkazilishi  majburiy  hisoblanadi.  (Baholash 

faoliyati  to'g'risidagi  qonunning  11-moddasi).

Bu  yerda  hissa  mol-mulk  boigan  taqdirda  uning  baholash  katta 

muammolarni  keltirib  chiqarmasligi  mumkin.  Lekin  kasbiy  va  boshqa

www.ziyouz.com kutubxonasi




bilimlar,  malaka  va  mahorat,  ishbilarmonlik  obro'-e’tiborini  baholash 

uning  aniq  miqdoriy  ko'rsatkichlari  bo'lmaganligi  sababli  aksariyat 

hollarda  mutaxassis  yordamiga  ehtiyoj  sezilishiga  olib  keladi.

Oddiy  shirkat  shartnomasiga  asosan  sheriklarning  umumiy  mol- 

mulki  masalasi  FKning  964-moddasida  aytilganidek,  sheriklar  o‘zlariga 

mulk  huquqi  asosida  tegishli  bo'lgan  shirkatga  qo'shgan  mol-mulki, 

shuningdek,  birgalikda  olib  borilgan  faoliyat  natijasida  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlari,  faoliyat  tufayli  olingan  hosil  hamda  daromadlar  qonun 

yoki  shartnomada  boshqacha  tartib  belgilab  qo'yilgan  bo'lmasa  yoxud 

majburiyat ning mohiyatidan boshqacha  hoi  kelib chiqmasa, sheriklarning 

umumiy  ulushli  mulki  hisoblanadi.

Sheriklarning umumiy ulushli mulkida bo'lgan mol-mulk, shuningdek, 

ularning  umumiy  talablari  va  umumiy  alohida  huquqlari  sheriklarning 

umumiy  mol-mulkini  tashkil  etadi.  Umumiy  mol-mulkdan  barcha 

sheriklarning  manfaati  ko'zlab  foydalaniladi.

Sheriklarning  um um iy  m ol-m ulkidan  foydalanish  ularning 

kelishuviga  ko'ra,  kelishuvga  erishilmagan  taqdirda,  sud  belgilaydigan 

tartibda  amalga  oshiriladi.

Sheriklarning  umumiy  mol-mulkini  asrash  bo'yicha  majburiyatlari 

va  bu  majburiyatlami  bajarish  bilan  bog'liq  xarajatlarni  qoplash  tartibi 

oddiy  shirkat  shartnomasida  nazarda  tutiladi.

Shunday  qilib,  sheriklarning  umumiy  mol-mulkiga  quyidagilar 

kiradi:

—  umumiy hissaviy mulk huquqi  asosida sheriklarga tegishli bo'lgan 

mol-mulk;

—   sheriklarning  biri  tomonidan  qo'yilgan  va  hamma  sheriklarning 

umumiy  manfaatlari  yo'lida  foydalaniladigan,  lekin  faqat  biriga  mulk 

huquqi  asosida  tegishli  bo'lgan  mol-mulk.

Qonun bo'yicha sheriklarning umumiy mulk bo'yicha o'zlari qo'shgan 

hissalariga nisbatan mustaqil tasarruf qilish huquqi belgilangan. Bu hissani 

sherik to'liq yoki qisman sotishi, sovg'a qilishi va meros qoldirishi mumkin.

Sher iklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya  hisobini yuritish ular 

tomonidan  oddiy  shirkat  shartnomasida  ishtirok  etayotgan  yuridik 

shaxslar dan  biriga  topshirilishi  mumkin.

Sheriklarning  umumiy  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish 

hamda tasarruf etish amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Sheriklarning  um um iy  m ol-m ulkidan  foydalanish  ularning 

kelishuviga  ko'ra,  kelishuvga  erishilmagan  taqdirda,  sud  belgilaydigan 

tartibda  amalga  oshiriladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Sheriklarning  umumiy  mol-mulkni  asrash  bo'yicha  majburiyatlari 

va  bu  mujburiyatlarni  bajarish  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  qoplash  tartibi 

oddiy  shirkatning  shartnomasida  nazarda  tutiladi.

Sheriklarning  birgalikdagi faoliyatiga bog'liq  xarajatlar va zararlarni 

qoplash  tartibi  ularning  kelishuvi  bilan  aniqlanadi.  Bunday  kelishuv 

bo'lmaganda  har  bir  sherik  o'zining  umumiy  ishga  qo'shgan  hissasi 

qiymatiga  mutanosib  ravishda  xarajatlar  va  zararlarni  zimmasiga  oladi.

Sheriklardan  birortasini  umumiy  xarajatlarni  yoki  zararni  qoplashda 

ishtirok etishdan to'liq ozod etadigan kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.

Sheriklar tomonidan ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan 

foyda,  agar  oddiy  shirkat  shartnomasida  yoki  sheriklarning  boshqa 

kelishuvida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  sheriklarning 

um um iy  ishga  qo'shgan  hissalari  qiymatiga  mutanosib  ravishda 

taqsimlanadi. Sheriklardan birortasini foydada ishtirok etishdan chetlatish 

to'g'risidagi  kelishuv  o'z-o'zidan  haqiqiy  emas.

Oddiy  shirkat  shartnomasi  ishtirokchisining  kreditori  FKning  227- 

moddasiga muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi ulushini ajratishni talab 

qilishga  haqli.

FKning  227-moddasiga  asosan  ulushli  yoki  birgalikdagi  mulk 

ishtirokchisining  kreditori  m ulkdorda  boshqa  m ol-m ulk  yetarli 

bo'lmaganida  undiruvni  qarzdorning  umumiy  mol-mulkdagi  ulushiga 

qaratish  uchun  bu  ulushni  ajratishni  talab qilishga  haqli.

Agar  bunday  hollarda  ulushni  asl  holida  ajratish  mumkin  bo'lmasa 

yoki ulushli yoxud  birgalikdagi mulkning qolgan ishtirokchilari bunga e’tiroz 

bildirsalar,  kreditor  qarzdor  o'z  ulushini  umumiy  mulkning  qolgan 

ishtirokchilariga ushbu ulushning qiymatiga mutanosib naixda sotib, sotishdan 

tushgan  mablag'lami  qarzni uzishga  qaratishini  talab  qilishga  haqli.

Umumiy  mulkning  qolgan  ishtirokchilari  qarzdorning  ulushini  sotib 

olishdan  voz  kechgan  taqdirda  kreditor  undiruvni  qarzdorning  umumiy 

mulk  huquqidagi  ulushiga  ushbu  ulushni  kim  oshdi  savdosi  orqali  sotish 

yo'li  bilan  qaratishni  sud  orqali  talab  qilishga  haqli.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish