kelib chiqqan holda oddiy shirkat shartnomasiga kirishuvchi taraflardan
shirkat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
kechiktirib jo'natilgan taqdirda, basharti, taklif (oferta) kiritgan shaxs
ushbu muddat ichida taklifni (ofertani) qabul qilish to'g'risida boshqa
tarafdan javob (aksept) olgan bo'lsa, shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi
(FKning 371-moddasi). Lekin oddiy shirkat shartnomasi bundan farqli
ravishda faoliyat birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutib ayrim
istisnolami keltirib chiqarishi mumkin.
Oddiy shirkat shartnomasini tuzish to'g'risida barcha taraflar roziligi
shartnomaning tuzilganligini bildiradi. FKning 962-moddasiga asosan
shartnoma faqat yozma shaklda tuziladi. Belgilangan shaklga rioya
etmaslik shartnomani haqiqiy emasligiga olib keladi.
Fuqarolik kodeksining 965-m oddasiga ko'ra, od d iy shirkat
shartnomasi ishtirokchilarning umumiy ishlarini yuritish shartnomasida
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy ishlarni yuritishda har bir sherik, agar oddiy shirkat
shartnomasida ishlarni yuritish shartnomaning ayrim ishtirokchilari
tomonidan amalga oshirilishi belgilanmagan bo'lsa, barcha sheriklar
nomidan ish ko'rishga haqli.
Ishlar birgalikda yuritilganda har bir bitimni tuzish uchun barcha
sheriklarning roziligi talab qilinadi.
U chinchi shaxslar bilan m unosabatlarda sherikning barcha
ishtirokchilar nomidan bitim tuzish vakolati unga qolgan sheriklar
tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi yoki oddiy shirkat
shartnomasidan kelib chiqadi.
Uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklar bitim tuzgan
sherikning umumiy ishlarni yuritish bo'yicha huquqlari cheklanganligini
dalil qilib ko'rsata olmaydilar, ular bunday cheklashlar borligini bitim
tuzilayotgan paytda uchinchi shaxs bilganligini yoki oldindan bilishi lozim
bo'lganligini isbotlovchi hollar bundan mustasno.
Barcha sheriklarga nisbatan ishlarni yuritish huquqi cheklab qo'yilgan
bo'lib, ular nomidan bitimlar tuzgan yoxud barcha sheriklarning
manfaatlarini ko'zlab o'z nomidan bitimlar tuzgan sherik, agar bu bitim
barcha sheriklarning manfaatlari uchun zarur bo'lgan edi deb hisoblashga
yetarli asoslar bo'lsa, u o'z mablag'laridan qilgan xarajatlari qoplanishini
talab qilish huquqiga ega. Agar bunday bitimlar tufayli boshqa sheriklarga
zarar yetkazilgan bo'lsa, ular bu zararning qoplanishini talab qilishga
haqlidirlar.
Umumiy ishlarga taalluqli qarorlar, agar oddiy shirkat shartnomasida
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sheriklar tomonidan umumiy
kelishuvga ko'ra qabul qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umumiy ishlarni yuritishga vakolatli shartnoma ishtirokchilari, agar
oddiy shirkat shartnomasida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa,
alohida haq olish huquqiga egadirlar.
Oddiy shirkat yuridik shaxs bo'lmaganligi tufayli uning umumiy
ishini olib boradigan “ organi” bo'lmaydi. Shu sababli, oddiy shirkat
faoliyatida ishtirokchilarning umumiy ishlarni yuritish sheriklar tomonidan
o'zaro kelishib tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Oddiy shirkatda
umumiy ishlarni olib borish ularning umumiy roziliklari bo'yicha amalga
oshiriladi. Shirkat shartnomasidagi faoliyatga rahbarlik qilishda shartnoma
ishtirokchilarining barchasi, qo'shgan badallari miqdoridan qat’iy nazar,
teng huquqqa ega bo'ladilar. Shirkat faoliyatiga rahbarlik qilish huquqi
shartnoma ishtirokchilarining biriga umumiy ishni yurgizish uchun
ishonchnoma berib topshirilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 966-moddasiga binoan, har bir sherik u
sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga vakolat olgan-olmaganidan
qat’iy nazar, ishlarni yuritishga doir barcha hujjatlar bilan tanishishga
haqli. Bu huquqni rad etish yoki uni cheklash, shu jumladan, sheriklarning
kelishuvi bilan rad etish yoki cheklash o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga b og 'liq xarajatlar va
zararlarni qoplash tartibi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Bunday
kelishuv bo'lmaganda, har bir sherik o'zining umumiy ishga qo'shgan
hissasi qiym atiga m utanosib ravishda xarajatlar va zararlarni
zimmasiga oladi.
Sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni berishdan yoki
zararlarni to'lashdan ozod etish to'g'risida ishtirokchilar o'rtasida kelishuv
bo'lsa, bu kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: