1 Рахмонкулов X. Мажбурият хукуки. (Умумий кридалар). -Т.: ТДЮИ. 2005. -18-20
б.
2 Гражданское право. 4.2. Учебник//Под.ред. Ю.К.Толстого, А.П.Сергеева. -М.:
Проспект. 2005. С. 478.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ekspeditsiya shartnomalari orqali rasmiylashtiriladi hamda u transport
xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq qo'shimcha shartnomalar turiga kiradi.
Bu bilan uning qo'llanilish doirasi va subyektlar (ekspeditor va mijoz)
funksiyalari belgilanadi. Bu shartnoma barcha yuk tashish bilan bog'liq
munosabatlarga ham qo'llanavermaydi. Transport ekspeditsiyasi bo'lishi
uchun albatta yuk tashishni tashkil etish xizmatini amalga oshirish talab
etiladi. Bu shartnomaning mazmuni shundan iboratki, jo'natuvchilar va
qabul qiluvchilarni ularga aloqador bo'lmagan yuk tashib o'tish jarayonini
tashkillashtirish va o'tkazish operatsiyalarini bajarishdan ozod etadi.
Ekspeditorga yuklatilgan asosiy funksiya esa aynan jo'natuvchi va qabul
qilib oluvchi ozod etilgan harakatlarni haq evaziga bajarishni tashkil
etish hisoblanadi.
Mazkur shartnoma ekspeditsiya (ya’ni, yuk tashish xizmatlari) bilan
shug'ullanuvchi korxonalar bilan munosabatlarni ifodalovchi vosita sifatida
ko'riladi. Shartnomadan maqsad ekspeditsiya xizmatlarini ko'rsatuvchi
korxona - ekspeditor fuqarolar yoki yuridik shaxslar bilan shartnoma
tuzganida o'ziga topshirilgan jo'natmani tayinlangan manzilga yuborish
yoxud ularni qabul qilib olib, xaridorga topshirishdir. Ekspeditor yuk
(jo'natma) ni transport korxonalariga topshirish uchun yoki o'zining transport
vositalari, ishchi kuchlari bilan tayinlangan manzilga, aytilgan shaxsga
yetkazish uchun mijozdan qabul qiladi yoxud uni mijozga topshirish uchun
transport tashkilotidan qabul qiladi. Mazkur shartnoma aralash shartnoma
bo'lib, u tufayli mijozlar ba’zi bir tashkiliy-xo'jalik ishlaridan, ya’ni yuklami
qabul qilib olLsh, yetkazib berish, jo'natish, tushirib olish kabilardan ozod
bo'ladilar. Ekspeditor mana shunday turdagi xizmatlarni ko'rsatishga
ixtisoslashgan. Shu sababli uning xizmatidan foydalanish mijoz uchun har
taraflama foydali, qulay bo'lib, uni qo'shimcha majburiyatlardan xalos
qiladi. Ekspeditorda bunday majburiyatlami sifatli amalga oshirish
imkoniyatlari mavjud. Mijozning ham vaqti, ham mablag'i tejaladi. Transport
ekspeditsiyasi shartnomalarining amalda keng qo'llanilishi uni yanada
kengroq huquqiy tartibga solinishiga ham olib keldi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yuk tashish shartnomasidan
farq qilgan holda tashishni tashkil etish xizmatlarini ko'rsatilishi bilan
bog'liq shartnoma hisoblanadi. Shartnoma asosida yuk tashish bilan bog'liq
xizmatlar bajariladi yoki bajarilishi tashkil etiladi. Transport ekspeditsiyasi
shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar ikkiga bo'linadi.
-
ekspeditorlik xizmatlari
- bu ekspeditor shartnomaga muvofiq
xizmat ko'rsatishni o'ziga olgan vositachilik va yordamchi-texnologiya
xizmatlari kompleksidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
- transport-ekspeditorlik xizmati
- yukni jo‘natish va qabul qilib
olish jarayonini tashkil etish, shuningdek, transport ekspeditsiyasi
shartnomasiga muvofiq yuk tashishga aloqasi bo'lgan boshqa ish turlarini
bajarish bilan bog'liq transport xizmati turi.
Bu ikki tushuncha xizmat tarkibiga transport vositasining kiritilganligi
yoki kiritilmasdan faqat umumiy xizmat ko'rsatishning o'zi bilan
kifoyalanish orqali farqlanadi.
Transport-ekspeditorlik xizmatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- yukni jo'natish joyidan belgilangan joygacha tashishni tashkil etish;
- mijozning shart-sharoitlariga ko'ra yuklarni tashishning maqbul
sxemasini tanlash;
- yuk jo'natuvchining ombori (terminali)dan yuklarni qabul qilib
olish, yuk qabul qiluvchining ombori (terminali)ga yetkazib berish, unga
va tashuvchiga topshirish;
- yuklarni o'rash-joylash (qadoqlash), markalash, bog'lash, navlarga
ajratish va saqlash;
- yukni sug'urtalash;
- yuk jo'natilganligi, turgan joyi va belgilangan joyga kelganligi
(yukning harakati dispozitsiyasi) haqida xabardor qilish;
- boshqa ekspeditorlar xizmatlarining turlari, tariflari va ish rejimlari
to'g'risidagi axborotni hamda boshqa tezkor axborot;
- transport-ekspeditorlik faoliyati bilan bog'liq masalalar bo'yicha
maslahatlar;
- bojxona tartibotlarini bajarish;
- yuk tashilganligi uchun tashuvchi bilan hisob-kitoblarni amalga
oshirish;
- yuk tashish bilan bog'liq boshqa xizmatlarni o'z ichiga olishi
mumkin.
Shartnomaning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida tashish
bilan bog'liq xizmatlarni a’lo darajada tashkil etgan holda yuk tashuvchini
ortiqcha harakatlardan “ozod” etish hisoblanadi. Bunda mijoz ham vaqtdan
yutadi, ham xizmatni yaxshi tashkil etilishi natijasida ortiqcha sarf xarajat,
yuk bus-butun yetkazib berilishi xavfi kamayadi. Buning asosiy sabablari
sifatida esa ekspeditorning ixtisoslashganligi, bozordagi raqobat a ’lo
darajada xizmatni tashkil etishni talab etishi va boshqalar bilan belgilanadi.
FKning 726-m oddasida transport ekspeditsiyasi shartnomasi
tushunchasi berilgan. Unga ko'ra, transport ekspeditsiyasi shartnomasi
bu — ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk jo'natuvchi yoki yuk oluvchi)
hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog'liq
www.ziyouz.com kutubxonasi
xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini olish bilan
bog'liq shartnomadir.
Maxsus belgilarga qarab shartnomalar quyidagi tarzda tasniflanadi:
haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar; ommaviy shartnoma va
qo'shilish shartnomasi; asosiy va dastlabki shartnomalar; uchinchi shaxs
foydasiga tuziladigan shartnomalar; bir tomonlama va o'zaro shartnomalar1.
Shartnomalarni bitimlarning bir turi hisoblangani sababli ularga
nisbatan bitimlami turlarga bo'lish to'g'risidagi qoidalar qo'llanishi mumkin.
Bu me’zon I.B.Zokirov asarlarida shartnoma turlariga asos qilib olingan.
Shuningdek, muallif ommaviy shartnoma, qo'shilish shartnomasi va
dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo'linishini alohida ta’kidlab o'tadi2.
Yuridik adabiyotlarda shartnomalarni turlarga ajratish uchun turli
xil mezonlami qo'llashga harakat qilingan. Masalan, M.V.Gordon - yagona
“natija” mezoni asosida barcha ma’lum bo'lgan shartnomalarni bir qatorga
qo'yishni taklif etgan3. O.S.Ioffe esa shartnomalarni turkumlashda
“jamlangan me’zon”ni taklif etadi4. E.A.Suxanov O.Sioffe fikrini to'ldirishga
harakat qilib, yana uchta shartnoma turini ko'rsatib o'tadi5. Lekin biz
LB.Zokirovning shartnomalarni tasniflash m e’zonini asos qilib oldik. Zero
bu me’zon shartnoma mohiyatini tushuntirishda “oson” yo'lni tanlaydi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi ham o'zining maxsus belgilariga
ko'ra quyidagi huquqiy belgilarga ega:
-
birinchidan, shartnomada ekspeditor va yuk tashuvchi boshqa-
boshqa shaxs bo'lgan hollarda konsensual, yuk tashuvchi va ekspeditor
bir shaxs bo'lgan hollarda esa real bo'lishi mumkin.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi konsensual (huquq va
majburiyatlami o'zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda
rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan shartnoma) bo'lishi mumkin.
Chunonchi, ekspeditor ekspeditsiya xizmatlarini bajarishni tashkil qilishida
taraflarning huquq va majburiyatlari shartnoma tegishli tartibda
rasmiylashtirilgandan so'ng vujudga keladi.
Ayrim hollarda agar ekspeditorning o'zi shartnoma bo'yicha yuk
tashuvchi bo'lgan hollarda shartnoma real bo'lishi mumkin. Transport
Do'stlaringiz bilan baham: |