Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Ф.  Сайфуллаев.  Узбекистон  ССРнинг  фукаролик



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi



Ф.  Сайфуллаев.  Узбекистон  ССРнинг  фукаролик 

ХУКУКИ. 


-Т.:  Укигувчи.  1988.  - 

121  б.


www.ziyouz.com kutubxonasi


/

Jo‘natuvchiga  transport  yukxati yoki  boshqa  tashish  hujjatini  tuzish 

va  berish  bir  vaqtning  o'zida  shartnoma  tuzilganligining  tasdig'i  bo'lib 

xizmat  qiladi  (O'zbekiston  Respublikasi  FK,  711-modda  2-bandi).

Demak,  yuk  tashish  shartnomasi  yozma  shaklda  tuziladi.

Ikkinchidan, 

yuk  tashish  shartnomasi  ham  odatda,  ikki  tomonlama 

shartnomalar  turkumiga  kiradi.  Shartnoma  taraflarning  har  biri  uchun 

muayyan  huquq  va  burchlar  tug'diradi;

uchinchidan, 

yuk tashish shartnomasi haq baravariga tuziladi, chunki 

jo'natuvchi  yoki  oluvchi  yuk  tashuvchiga  yukni  belgilangan  manzilga 

yetkazib  berganligi  uchun  haq  to'laydilar.

Tashish  shartnomasining  har  ikki  turida  ham  tashish  shartlari, 

shuningdek,  taraflarning  ularni  tashish  bo'yicha javobgarligi,  agar  FKda, 

transport  ustavlarida  va  kodekslarda,  boshqa  qonunlarda  va  ularga 

muvofiq  chiqarilgan  qoidalarda  boshqacha  tartib  belgilanmagan  bo'lsa, 

taraflarning  kelishuvi  bilan  belgilanadi.

Biz  yuqorida  ko'rib  o'tgan  shartnoma  turlari  shartnomaning 

taraflariga  qarab  farqlanadi,  ya’ni  masalan,  yo'lovchi  va  yuk  tashish 

shartnomasida  uning  taraflari  sifatida  bir  tomondan  yo'lovchi  (jismoniy 

shaxs) va ikkinchi tomondan transport tashkiloti tashuvchi sifatida ishtirok 

etsa,  yuk tashish shartnomasida  bir tomonda  yuk jo'natuvchi va  ikkinchi 

tomonda  yuk  tashuvchi  ishtirok  etadi.  Bulardan tashqari, tashish  qanday 

yo'llar  bilan  amalga  oshirilishiga  qarab  ham  quyidagi  uch  turga:  ichki 

qatnov  bo'yicha  yuk  va  yo'lovchilar  tashishga;  xalqaro  qatnov  bo'yicha 

yo'lovchi  va  yuk  tashishga;  to'g'ri  -   aralash  qatnov  bo'yicha  yo'lovchi 

va  yuk  tashishga  bo'linadi.

Ichki  qatnov  bilan  yo'lovchi  va  yuk  tashish  deganda,  bir  transport 

korxonasi  harakat  qiladigan  chegarada,  aniqrog'i,  mamlakat  doirasida 

tashish  tushuniladi.  Aytaylik,  Toshkent  temir  yo'l  chegarasidagi  bir 

bekatdan  shu  yo'l  chegarasidagi  boshqa  bir  bekatga  yuk  va  yo'lovchilar 

tashish.  Shahar  hududida  harakat  qiladigan  transportlarda  yo'lovchi  va 

yuk  tashish  ham  shu  turga  kiradi.

Xalqaro  qatnov  bo'yich a  yo'lovch i  va  yuk  tashish  deganda, 

O'zbekiston Respubliqasi va boshqa davlatlar o'rtasida amalga oshiriladigan 

tashish  tushuniladi.  Aytaylik,  Toshkentdan  Moskvagacha  temir  yo'l 

korxonalarining  ishtirokida  tegishli  transport  hujjati  bilan  yo'lovchi  va 

yuklar tashish.

To'g'ri-aralash  qatnov bo'yicha yo'lovchi va  yuklar tashish  deganda, 

bir necha transport va korxonalarning ishtirokida yagona transport hujjati 

bilan  yo'lovchi,  bagaj  va  yuk  tashish  tushuniladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Mazkur  turdagi  shartnomalaming  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 

uning  predm etidir,  y a ’ ni  shartnom aning  pred m eti  tovar  yok i 

jo'natilayotgan  moddiy  boyliklar  bo'lmay,  balki  transport  korxonasining 

ikkinchi  taraf  (mijoz)  ga  ko'rsatadigan  transport  xizmatidir.

Yo'lovchi va yuklar tashish shartnomasi quyidagi qonunlar va xalqaro 

konvensiyalar  bilan  ham  tartibga  solinadi:

1.  1964-yil  6-apreldagi  “SSR  Ittifoqida  temir  yo'llari  ustavi” 1.  Bu 

Ustav hozirgi kunda ham sobiq SSR Itgifoqi hududida MDH davlatlarining 

kelishuviga  asosan  saqlanib,  vaqtincha  amal  qilib  turibdi.  Ayni  paytda  u 

temir  yo'llardan  foydalanish  bo’yicha  davlatlararo  bitim  maqomiga  ega. 

Shuningdek,  bu haqda  O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining  1992- 

yil 4-yanvar “Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini tuzish to'g'risidagi bitimni 

va  protokolni  ratifikatsiya  qilish  haqida”gi  qarori2  ham  mavjud.  Hozirgi 

paytda  temir  yo'l  bilan  bog'liq  munobsabatlarni  tartibga  solishda 

O'zbekiston  Respublikasi  Hukumati  tomonidan  tasdiqlangan  Temir  yo'l 

ustavi  ham  muhim  huquqiy  manba  hisoblanadi.

2.  1993-yil  7-maydagi  O'zbekiston  Respublikasi  Havo  kodeksi.

3. “Xo'jalik yurshuvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy 

bazasi  to'g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasining  1998-yil  29-avgust 

qonuni.


4. “Shahar yo'lovchi transportidan bepul foydalanishni tartibga solish 

to'g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasining  1997-yil  30-avgust  qonuni.

5.  “Tabiiy  monopoliyalar  to'g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasining

1997-yil  24-  aprel  qonuni.

6.  “Avtomobil  transporti  to‘g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasining

1998-yil  29-avgust  qonuni.

7.  “Temir  yo'l  transporti  to‘g'risida”gi  O'zbekiston  Respublikasining

1999-yil  15-  aprel  qonuni.

8.  “ Shahar  yo'lovch ilar  transporti  to 'g 'risid a ” gi  O'zbekiston 

Respublikasining  1997-yil  25-aprel  qonuni.

9.  “ Iste’molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish  to'g'risida” gi 

O'zbekiston  Respublikasining  1996-yil  26-aprel  qonuni.

10. Konteynerlar to'g'risidagi  1972-yil Xalqaro Bojxona konvensiyasi.

11.  Yuklarni  xalqaro  yo'llarda  tashishga  mo'ljllangan  yo'lda  tashish 

vositalarini  soliqqa  tortish  to'g'risidagi  konvensiya,  1956-yil.

12.  Xalqaro  havo  transportida  tashishlarga  doir  ayrim  qoidalarni  bir 

xillashtirishga  oid  konvensiya,  Varshava,  1929-yil.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish