1
Рахмонкулов X. Мажбурият хукуки. (Умумий коидалар). -Т.: ТДЮИ. 2005. -245
322
www.ziyouz.com kutubxonasi
birining shartnoma shartlariga qo‘shilishi orqali tuziladi. Transport
ekspeditsiyasi shartnomasi mijoz ekspeditor tomonidan ko'rsatilgan
awaldan nazarda tutilgan, uning barcha harakatlarini o'z ichiga olgan
standart, formulyar shakldagi shartnomani imzolashi natijasida munosabat
o'rnatiladi.
Qo'shilish shartnomasi deyilganida shartlarini taraflardan biri
formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi
taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo'shilish yo'li bilan
qabul qilishi mumkin bo'lgan shartnoma tushuniladi.
Bunday shartnomaga qo'shilgan, ya’ni o'ziga kontragent tomonidan
taklif etilgan shartnomani imzolagan taraf, basharti, qo'shilish shartnomasi
uni odatda umumiy shartnomalar bo'yicha beriladigan huquqlardan
mahrum qilsa yoki boshqa tarafning javobgarligini istisno etsa yoxud
cheklab qo'ysa, boshqa shunga o'xshash holatni og'irlashtiruvchi shartlar
ifodalangan bo'lsa, shartnomani bekor qilish yoki o'zgartirishni talab
qilishga haqli. Biroq, agar qo'shilayotgan taraflar shartnoma qanday
shartlar asosida tuzilayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lsa, ushbu
qoida har biri tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan taraflar
o'rtasidagi shartnomalarga nisbatan qo'llanilmaydi (FKning 360-moddasi
3-qismi).
Odatda havo, temir yo'l transporti xizmatlari bir xilda belgilanib,
uning mazmunini mijoz boshqacha tuzishni taklif etish imkoniyatiga
ega emas. Shundan kelib chiqib, ekspeditorlar shartnoma matnini
shakllantiradilar va formulyar tarzda mijozga shartnomaning matnini
taklif etadilar. Lekin bu shartnomani bir tomonlama shartnoma ekanligini
belgilab bermaydi. Chunki mijoz shartnoma shartlariga qo'shilish yoki
qo'shilmaslikni o'zi belgilaydi. O'zining talablariga mos kelmagan shartlarni
o'zgartirishni talab qilishi aks holda shartnoma imzolamasligini bildirishi
mumkin.
Shartnom a o'zining m azm uniga k o'ra, bir q a tor boshqa
shartnomalarning, aytaylik, topshiriq, vositachilik, omonat, yuk tashish,
haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomalarining unsurlarini qamrab oladi.
Shu tufayli ekspeditor o'zi bilan shartnoma tuzgan mijoz uchun bir qator
qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatadi Masalan, yuk tashish shartnomasini tuzadi,
yukni ortish-tushirish bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadi, mijozning
topshirig'iga ko'ra, eksport va import uchun talab qilinadigan hujjatlarni
oladi, bojxona rasmiyatchiliklari yoki o'zga rasmiyatchiliklarni bajaradi,
yukning miqdorini va holatini tekshiradi, mijoz zimmasiga yuklatilgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
bojlar, yig‘imlar va boshqa xarajatlarni belgilangan muddatlargacha
saqlaydi, yukni belgilangan manzilda olish bilan bog'liq bo'lgan, uni
yetkazib berish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi. Shuni
ta’kidlash kerakki, mazkur xizmatlarni va operatsiyalarni transport
ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq ham bajarish mumkin.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi va unda
tashish jarayonini transportning har xil turlari, shu jumladan, aralash
turlari bilan ham davlat ichidagi, ham xalqaro yo'llarda tashkil etish
bilan bog'liq transport-ekspeditorlik xizmatlarining aniq ro'yxati,
tomonlarning nomi va manzili, jo'natish va olib borish joyi (joylari) nomi
va boshqa shartlar bo'ladi. Yukni o'z tasarrufiga qabul qilib olgandan
so'ng transport-ekspeditorlik korxonasi tashish uchun tegishli transport
hujjati (konosament), transport-ekspeditorlik xizmati ko'rsatish yuk xati
berishi shartdir.
F K n in g 7 2 7 -m o d d a s ig a asosan agar e k s p e d ito rn in g o 'z
majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur bo'lsa, mijoz
uni berishi shart. Mijoz ekspeditorga ishonchnoma berishi jarayonida
ishonchnom a berish qoidalariga rioya qilgan holda tegishlicha
rasmiylashtirib berishi talab qilinadi. Mijoz beradigan ishonchnoma
FKning 134-144-moddalari talablariga rioya qilgan holda berilishi
lozim.
Olib kelish va olib ketish maxsus ruxsatnomalar va kvotalar bo'yicha
amalga oshiriladigan, aksiz solig'i olinadigan yuklarni, shuningdek, xavfli
yuklar va chiqindilarni tashish uchun shartnoma tuzishga tegishli
ruxsatnomalar bo'lgandagina yo'l qo'yiladi.
Ekspeditor mijoz, tashuvchi va transport jarayonida qatnashuvchi
boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport-ekspeditorlik
xizmatini amalga oshiradi. Yukni bir yoki bir necha transport turi bilan
yetkazib berish va mijozning topshirig'i (buyurtmanomasi)ga ko'ra
transport jarayonini tashkil etish bilan bog'liq xizmatlar ro'yxati
shartnomada kelishib olinadi. Mijoz buning uchun kelishib olingan haqni
to'lash majburiyatini oladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar tijorat maqsadlari uchun olib
kelinayotganda shartnomaga olib kelinayotgan tovarlarni bojxona
rasmiylashtiruvi bo'yicha transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan
xizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartlarning kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Bunday hollarda bojxona rasmiylashtiruvi bevosita jismoniy shaxslar -
tovarlaming egalari tomonidan amalga oshiriladi1.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ekspeditorlik topshirig'i tuzilgan shartnoma doirasida transport
ekspeditsiyasi tomonidan berilishi mumkin.
Transport-ekspeditorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan boshqarish,
sertifikatsiyalash, soliq solish va narx belgilash, transport-ekspeditorlik
faoliyatini rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini ro'yobga
chiqarishning huquqiy bazasini yaratish, milliy qonun hujjatlariga va
O'zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan yoki tuzilgan xalqaro
shartnomalar talablariga rioya qilinishini nazorat etish yo'li bilan amalga
oshiriladi.
Transport ekspeditorlik munosabati faqatgina FK bilan tartibga
solinmaydi. Boshqa qonun hujjatlari ham uni bevosita yoki bilvosita
tartibga soladi. Masalan, 1999-yil 15-apreldagi “Temir yo'l transporti
t.o‘g ‘risida”gi qonunning 1-moddasiga asosan, temir yo'l ustavi - qonun
hujjatlariga muvofiq temir yo'lning, temir yo'l transporti xizmatlaridan
foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning (shu jumladan ular
nomidan ish ko'ruvchi ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarning) huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan normativ hujjat ekanligi
belgilangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-
yil 9-sentabrdagi 348-sonli “ O'zbekiston Respublikasida transport-
ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida”gi
qaror^ hamda unga asosan “Transport-ekspeditorlik korxonalari to'g'risida
Nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari ko'rsatish” Tartibi qabul
qilingan.
2. Shartnomaning elcmentlari
Shartnomada fuqarolar-, yuridik shaxslar subyektlar- sifatida ishtirok
etib, uning taraflari mos ravishda mijoz va ekspeditor deb ataladi.
Mijoz ekspeditsiya xizmatlariga buyurtma beradigan, ekspeditor
Do'stlaringiz bilan baham: |