38
Ushbu 5 bosqichli ierarxiya - kompyuter xotirasini tashkil etadi.
Ierarxiyaning eng pastini turli – hil tashqi qurilma xotiralari tashkil etadi. Har bir
bosqichning chap tomonida uning hajmi va undan foydalanishga ruxsat tezligi
yozilgan. Tepadan pastga xotira hajmi ortib boradi, lekin kirish vaqti ham oshib
boradi. Bundan tashqari shu tarzda ma'lumotlarning saqlash xarajatlari kamayadi.
Eng tezkor, lekin eng kam xotira turi protsessorning ichki registori hisoblanadi.
Markaziy protsessor registori va kesh xotira asosiy
xotiradan sezirarli ravishda
kamroq, ammo tezligi bo‘yicha sezilarli darajada tez. Ko‘pgina zamonaviy
kompyuterlarda kesh xotiraning bir nechta darajalari mavjud. Ierarxiyada L harflari
va kesh xotira darajasi bilan ko‘rsatilgan. Ichki xotiralarning eng kichigi bu
operativ xotira hisoblanadii. Har bir ierarxiya darajasida ma'lumot
bloklarga
bo‘linadi.
Operatsiyalar deshifratorlari – mantiqiy blok bo’lib, komandalar registridan
kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o’zida mavjud ko’plab chiqish
yo’llaridan birini tanlaydi.
Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma (XDSQ) – ShK
bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo’ladigan
boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o’z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi.
Deshifrator tomonidan operatsiya kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulsi
boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini mikrodasturlarni XDSQ
ichidan
solishtirib chiqaradi.
Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) –
komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo’yicha xotira
(registr) uyasining to’liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma.
Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va yo’riqlar – mikroprotsessordagi ichki
shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyat hollarda BQ quyidagi asosiy amallarning
bajarilishi uchun mo’ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi:
MPX komandasining manzilidagi hisoblagich-registr
ichidan dasturning
navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotiraga tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ)
uyasining manzilini tanlab olish;
XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning kodini tanlab olish hamda
solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga qabul qilib olish;
operatsiya kodlari va tanlangan komanda
alomatlarining shifrini ochish;
XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari
ichidan boshqaruvchi signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha
bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning
ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi
mikrodasturlarni
solishtirib chiqarish;
komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda ishtirok etayotgan
operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini solishtirib chiqarish
hamda operandlarning to’liq manzillarini shakllantirish;
operandlarni (shakllangan manzillar bo’yicha)
tanlash va ushbu
operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish;
amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash;
dasturning navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish.