Amaliy mashg’ulot №2
Mavzu: Xotirani adreslash
1.1. OXQ, DXQ modullari va adres selektori
Xotiradan mikroprotsessorga axborot uzatishda ASh, BSh, MSh tizimli
shinalari ishtirok etadi. Protsessorga nisbatan tashqi qurilmalarni aniq bo'lingan,
ya’ni BSh tizimli boshqaruv shinasining 4 ta signali bo'lib, OXQ, DXQ (RD, RW)
va (RD I/0, WR I/0) tashqi qurilmalarga mo'ljallangan. Mashina siklining birinchi
taktida MP ning adres registri tarkibining MA magistral adresga ma’lumotlar
magistraliga protsessorning holat so'zi yuboriladi. Ikkinchi taktda ma’lumot
magistrali xotiraga yozish uchun ma’lumot uzatadi. Uchinchi taktda xotiraga yoki
tashqi qurilmaga (TQ) yoziladigan signal shaklllanadi.