Dasturlash tizimi - bu foydalanuvchi dasturni tuzish va ishga tayyorlashni
ta'minlaydigan kompleks vositasidir. U dasturlash tili, translyator, standart
dasturlar kutubxonasi, ishga tayyorlash vositalaridan tashkil topadi.
Dasturlash tizimlari til muammolarini hal qiluvchi dasturlarni birlashtiradi va
dasturiy ta'minotni ishlab chiqarishga mo’ljallangan.
Dastur matnini bir tildan ikkinchi tilga o‘tkazish translyator orqali amalga
oshiriladi.
Standart va ko‘p ishlatiladigan hisoblash algoritmlari odatda ma'lum bir
qoidaga asoslanib tuziladi va standart dasturlar kutubxonasiga birlashtiriladi. Ular
EHMning xotirasida saqlanadi va kerak bo‘lgan vaqtda foydalaniladi.
Ishga tayyorlash vositalarining vazifasi xatolar haqidagi ma'lumotni qisqa
vaqt ichida berish. Bu xatolar translyasiya qilish vaqtida, yoki dastur ishlayotgan
vaqtda paydo bo‘lishi mumkin (masalan, nol soniga bo‘lish, ildiz ostida manfiy
son va h.k.).
Bundan tashqari dastur ishlashini kuzatadigan vositalar mavjuddir
(sikllanishni kuzatish, oraliq natijalarni chiqarish va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |