ortilishining barcha oqibatlari uchun javobgarlikni, shu jumladan, tashish
vositalarining shikastlanishini va tashishning xavfsizligini bo‘yniga olishini
aytmoqda. Yuk jo‘natuvchi esa bu shartlar bilan kelishmadi. Uning fikricha, yuk
tashish qoidasiga ko‘ra, yukni avtomashinaga ortish avtokorxona shofyorining
ko‘ra, yuk tashuvchi belgilangan muddatda yuk jo‘natuvchiga yaroqli, soz
transport vositalarini berishi lozim. Ushbu modda uchinchi qismiga muvofiq, yuk
ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki jo‘natuvchi (oluvchi) tomonidan tashish
shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda
ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
vositasiga ortish, shuningdek, uni mahkamlash, to‘sish, bog‘lash, tushirish,
tuynuklarini) yopish va ochish, shlanglarni tushirish va chiqarib olish,
shlanglarning vintlarini burash yoki orqaga burash, agar tashish shartnomasida
o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi)
tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu qoidaga tayanib aytadigan bo‘lsak, yukni ortish ishlarini yuk
jo‘natuvchi amalga oshirgani tufayli yuk noto‘g‘ri ortilgani yuzasidan kelib
chiqadigan zarar uchun javobgar yuk jo‘natuvchining o‘zi deyishimiz mumkin.
Lekin yuk jo‘natuvchi yuk ortish ishlari yukni avtomashinaga ortish avtokorxona
shofyorining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi va shuning uchun ham bu
majburiyatni yuk jo‘natuvchiga yuklash noto‘g‘riligini aytmoqda. Yukning
noto‘g‘ri ortilishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgarlik
qonunchilik bilan aniq belgilab qo‘yilmagan. Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir
sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llanadigan, qonun hujjatlarida nazarda
tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki
yozilmaganligidan qat’i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi
1
. Demak, bu
munosabatlar qonunchilik bilan belgilab qo‘yilmagan ekan, ushbu vaziyatda ish
muomalasi odati tatbiq etiladi. Yuk noto‘g‘ri ortilishi natijasida kelib chiqadigan
oqibatlar uchun yuk jo‘natuvchi javobgar bo‘lishi ish muomalasi odatiga aylanib
ulgurgan. Ya'ni yukni eltishda yuk uchun tashuvchi qanday javobgar bo‘lsa, yukni
noto‘g‘ri ortish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun jo‘natuvchi ham
shunday javobgar bo‘ladi. Mantiqan olib qarasak ham, taraflar o‘z xatti-harakati
uchun javobgar bo‘ladi, yuk ortish yuk jo‘natuvchi tomonidan amalga
oshirilyaptimi, demak, u javobgar. Yuk jo‘natuvchi yukni avtomashinaga ortish
avtokorxona shofyorining kuzatuvi ostida amalga oshirilishini vaj qilib,
javobgarlikdan xalos bo‘lmoqchiligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, avvalambor, shofyor,
ya’ni haydovchi transport vositasini boshqarishga, yukni but holatda, o‘z vaqtida
yetkazib berish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi, yuk ortish uchun emas. Shofyor
yuk noto‘g‘ri ortilishi natijasida emas, faqat o‘z aybi bilan oqibat yuz bergan
taqdirdagina javobgar bo‘ladi. Shuning uchun ham yuk jo‘natuvchining ushbu
talabi noto‘g‘ri.
1
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I qism O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son, http//lex.uz, 6-modda