Yuk tashish shartnomasiga muvofiq, yuk tashuvchi yukni manzilga eltish
majburiyatini olsa, yuk jo‘natuvchi belgilangan narxda xizmat uchun haq to‘lash
majburiyatini oladi. O‘z navbatida, mahsulot, tovarni but, shikastlanmagan,
yo‘qolmagan holatda manzilga eltib berish majburiyati ham tashuvchi zimmasiga
yuklanadi. Yuk tashuvchi ushbu majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmagan: yuk yoki bagaj yo‘qolgan yoxud shikastlangan taqdirda, agar u yuk
yoki bagaj yo‘qolgan yoxud shikastlanishida aybdor emasligini isbotlab
berolmagan holatdagina FK 721-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 213-
sonli qarori bilan tasdiqlangan yuk tashish qoidalari 90-bandiga muvofiq javobgar
bo‘ladi.
Agar yo‘qolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagaj bahosi e’lon qilinmagan
taqdirda, uning bahosi umumiy narx-navodan yoki shunga o‘xshash yuk yoki
bagajning qiyosiy bahosidan kelib-chiqib belgilanadi.
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan
quyidagi miqdorda to‘lanadi:
a) yuk yoki bagaj yo‘qolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yo‘qolgan yoki
kam chiqqan yuk yoxud
bagajning qiymati miqdorida;
b) yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati
qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk
yoki bagajni tiklash mumkin bo‘lmaganida esa, uning qiymati miqdorida
5
.
670-I sonli "Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi qonun 34-moddasiga muvofiq, neustoyka (jarima,
penya) to‘laganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf
ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o‘zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
5
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I qism O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son, http//lex.uz; 721-modda ikkinchi qism
Yetkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim
darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi munosabati
bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar, shuningdek agar ikkinchi
taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin bo‘lgan, lekin
ololmay qolgan daromadlar kiradi.
Muddatini o‘tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o‘zgacha
tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani,
penyani) to‘lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik
oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida
bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuk tashuvchi yuk yoki bagaj kam chiqqan
taqdirda, uning kam chiqqan miqdoriga mutanosib ravishda, yo‘qolgan taqdirda
uning qiymatiga teng miqdorda, shikastlangan taqdirda esa uning qiymati qancha
pasaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki
bagajni tiklash mumkin bo‘lmaganida esa, uning qiymati miqdorida tovon to‘laydi.
Bundan tashqari, jo‘natuvchi yuk tashuvchidan neustoyka (penya, jarima), olinishi
mumkin bo‘lgan daromad miqdoridagi mablag‘ni ham talab qilishi mumkin.