Idrokning faolligiga, avvalo unga bog’liq bo’lgan hissiy kechinmalar sabab
bo’ladi. Bu his-tuyg’ular, avvalo shu paytdagi idrok tarkibiga kiradigan
sezgilarning emottsional (hissiy) tomonidan iborat bo’ladi. Idrok qilinayotgan
narsa va hodisalar to’g’risida o’tmishda tug’ilgan taassurot
fikrlar bilan
bog’liq hissiyot ham shu jumladandir. Ko’pincha odamning idrokiga shu
paytda kechirayotgan bironta hissiyotining shodligi, xushchaqchaqligi,
g’amginligi, tajangligi va boshqa shu kabi tuyg’ulari ta’sir qilib, idrok
qilinayotgan narsa yoki hodisaga ma’lum bir tus beradi. Shu sababli, kishining
ta’bi xiralik vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday g’amgin, ma’yusdek
ko’rinadigan bo’lsa, ta’bi chog’ vaqtida gullar «kulib» to’rganday, hamma yoq
«quvnoq» dek ko’rinadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |