100 ta qo’shiq va romanslar (Koltsov, Kurochkin, Pushkin, Lermontov va
keyin san’atning barcha turlari tez rivojlana boshlaydi. Adabiyot sohasida
Surikov kabilar ijod qilishadi. Musiqa san’atida ham ijrochilik shakllanadi.
25
Pianist
A.G.Rubinshteyn,
violonchelist
Davidov,
skripkachi
Auer,
Venyavskiy, musiqashunoslar Serov, Kyui , Stasov va boshqalar o’z
maqolalari bilan chiqishadi. Dirijorlardan Napravnik, A.G. Rubinshteyn,
M.A. Balakirev va boshqalar ishlaydi. 1859 – yil Peterburg shahrida Anton
Grigoryevich Rubinshteyn Rus musiqa jamiyatini tashkil qiladi. Bu
jamoada musiqa sinflari bor edi. Shu sinflardan keyinchalik 1862 yilda
birinchi rus konservatoriyasi tashkil topadi. Uning asoschisi va birinchi
direktori A.G.Rubinshteyn bo’lgan. 1860-yilda Moskva shahrida Rus musiqa
jamiyati, 1866- yilda ikkinchi rus konservatoriyasi ochildi. Uning asoschisi
va rahbari Nikolay Grigoryevich Rubinshteyn bo’ladi. 186- yillar oxiri- 70-
yillar davomida Peterburg shahrida Miliy Alekseyevich Balakirev «Qudratli
to’da» kompozitorlar yig’ilmasini tashkil qiladi.
Yig’ilmaga beshta kompozitor a’zo bo’lgan:
1. Miliy Alekseyevich Balakirev.
2. Sezar Antonovich Kyui.
3. Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov.
4. Modest Petrovich Musorgskiy.
5. Aleksandr Porfiryevich Borodin.
Keyinchalik shu kompozitorlar o’z ijodiy yo’llarini topib 70- yillarda tarqalib
ketgan. Sezar Kyui ko’proq musiqa tanqidchisi sifatida tanilgan.
Rimskiy- Korsakov va Musorgskiy opera kompozitorlari bo’lgan. Rimskiy-
Korsakov ertaklarga qiziqib, aksariyat operalarini ertak janrida yaratgan. «
Oltin xo’roz», «Qor qiz», «O’lmas Kashey», «May kechasi», «Rojdestvo
arafasidagi tun». Musorgskiy yaratgan operalardan «Boris Godunov»,
«Xovanshina», «Sorochin yoymasi» kabi operalari dunyo bo’yicha mashhur.
A.P. Borodin ko’proq afsonaviy mavzularga qiziqib, o’z ijodida rus botirlari
obrazlarini yoritadi. «Knyaz Igor» operasi, ikkita kvartet, 16 ta romans,
«O’rta Osiyoda» nomli bir qismli simfonik manzarasi kabi taniqli asarlari
mavjud. 60 - yillarda Balakirev «Bepul musiqa maktabi»ni tashkil etadi.
Unda musiqaga qobiliyati bor bolalar o’qishlari mumkin edi. Shu maktabda
va rus musiqa jamiyatida simfonik orkestrlar mavjud bo’lgan.
Rubinshteyn va Balakirev o’zlari dirijorlik qilib, kontsertlarini tashkil qilib
chet el va rus kompozitorlari asarlari bilan tanishtiradi. Shu yillarda xalq
ijodiga ham qiziqishi oshib, kompozitorlar xalq kuylarini qayta ishlashar edi:
M.A. Balakirevning ikkita to’plami
1. «O’ttizta rus xalq qo’shiqlari».
2. «Qirqta rus xalq qo’shiqlari».
26
N.A.Rimskiy-Korsakovning «Yuzta rus xalq qo’shiqlari»,
P.I.Chaykovskiyning «Ellikta rus xalq qo’shiqlari» mavjud.
«Qudratli to’daning» asosiy tamoyillari
1.M.I.Glinka belgilab bergan yo’l bilan rivojlanib borish.
2.Rus xalq qo’shig’i imkoniyatlarini tejab, avaylab foydalanish.
Kompozitorlik ijodida qo’llash.
3.Sharq musiqasini, shu jumladan O’rta Osiyo, Kavkaz xalqlar musiqasini
o’rganib borish, arab musiqasi bilan qiziqish.
4.Simfoniya, opera, romans kabi janrlarini yanada boyitib, rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: