shaxsni karmaga oid shakl o'zgarishlar zanjiriga singdirib yuboradigan hindcha
dunyoqarashga unchalik muvofiq kelmaydi.
Darhaqiqat, xatti - harakatlar (shu jumladan, nutq va tafakkur), xohish -istaklar
va ehtiroslar muammosi hind falsafasi uchun asosiy muammolar hisoblanadi.
Reinkarnatsiya haqidagi ta ’limotning t a ’kidlashicha, bizning navbatdagi hayotdagi
mavjud bo'lish shaklimiz bu hayotdagi orzularimiz va ehtiroslarimizni aks ettiradi.
Buni o ‘z yo'lida uchraydigan hamma narsani yeb, hazm qilib yuboradigan
kapalak qurti bilan qiyoslash o'rinli bo'lishi mumkin.
Kapalak qurtiniki kabi xoxish istaklarga ega bo'lgan kishi navbatdagi hayotida
unga aylanadi. Kapalak qurti G'arb mentalitetining tobora ko'proq va beto'xtov
iste’molga nisbatan to'yim bilmas ehtiros bilan ifodalanadigan xususiyatining obrazi
bo'ladi. Shu sababli kapalak qurtiga aylanmaslik uchun unga xos bo'lgan xatti-
harakatlar va hohish-istaklardan yiroq bo'lish kerak.
Hohish-istaklardan qanday qilib xaios boMish va karmani nazorat qilish
mumkin?
Hind
falsafasining
g'oyat
muhim
manbai
hisoblanadigan
Bxagavadgitaning
kichik parchasida olov tayanch ramziga aylanadi. Bizning
ishlarimiz bilim olovi bilan qamrab olinishi kerak. Bunga zohidlik va yoga orqali
erishish mumkin. Faqat shu tarzdagina karmadan xalos bo'lishga intiluvchi kishi
pirovard najotga ega bo'ladi. Biroq bunday tnaqsad bizning ko'pchiligimiz uchun
erishilmaydigan maqsaddir. Biz hayotlar va o'limlar siklidan qutulib keta olmaymiz.
Bizning
“mohiyatiniiz”
millionlab
turli
qiyofalarda
qayta
tug'ilishdek
tavakkalchilikka bog'lanib qolgan. Shunga qaramasdan, garchi hammamizning
birdaniga taqvodor bo'lib, qolishimiz mumkin bo'Imasada, lekin bu hayotda eng
yaxshi tarzda ish tutish uchun hamma asoslarga egamiz. Karma falsafasiga binoan.
yaxshilik qiladigan va yaxshilik istaydigan kishi navbatdagi hayotda
yaxshi mavjudot
bo'lib qayta tug'iladi yoki bir muncha yuqoriroq tabaqaga o'tadi. Shunday qilib,
karma haqidagi ta'limot, reinkarnatsiya g'oyasi va tabaqachilik tizimi hind
falsafasining ulkan qismi uchun yaxlit negizni yaratdi. Uning doirasida axloq va
ijtimoiy tizirn bir-birini o'zaro qo'llab-quvvatlab turadi.
Ularda ruh muammosi ko'proq etnik muammo sifatida shaxsni yetuklikka
erishish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va qabul qilingan umumiy g'oyalar. ya'ni
ruhning uchib vurishi. abadivligi ushbu manbalarda o 'z aksini topdi.
Shu asosda er.avv. Ill asrda jaddizm va buddizm diniy ta'limotining mazmuni
shakllandi, yo'nalishi ham ruhiy hodisalaming tana bilan bo'lgan munosabatiga doir
o 'z qarashlarini ifoda etdi. Jaddizmda tana ruh erkinligini sababchisi deb ta'riflangan
bo'lsa. Buddizmda umuman ruhni alohida sifatda inkor etdi.
Gretsiyada Sokratgacha bo'lgan falsafa shakllangan davr bilan taxminan bir
vaqtlarda buddizm, yangi din va falsafa shakllana boshladi. Ushbu kontekstda
“ Budda falsafasi” iborasi u yoki bu darajada Budda dinining hind asoschisi Siddxarta
Gautama (taxminan miloddan avvalgi 563-483-yilIar) daxldor bo'lgan diniy
e ’tiqodlar va falsafiy qarashlarni ko'rsatadi. Biz keyinchalik boshqa madaniyatlarda
rivoj topgan buddizmning boshqa shakllarini ko'rib chiqish imkoniyatiga ega
emasmiz (Buddizmning Flindistonda yetakchi pozitsiyalarni boy berganidan keyin
Tibetda va Sharqiy Osiyoda muhim rol o'ynaganligi bilan qiyoslang).
9
Boshqa ko'plab hind avliyolari kabi Siddxarta Gautama ham u y -ro 'z g ‘orini va
xotinini qoldirib, zohid va donishmand sifatida ziyoratga chiqib ketgan. K o ‘p yillik
zohidlik va o ‘z-o'zini azoblashdan keyin u inson havotining fundamental masalalari
yuzasidan hali ham ilgarigidek baribir to ‘la g ‘aflatda
(avidya) ekanligini sezgan.
Shuning uchun u o ‘z-o‘zini azoblash amaliyotidan voz kechish va a n ’anaviy
m ushohadaga qaytishga qaror qiladi. Biroz vaqtdan keyin Gautamaning ongi
tiniqlashib ketadi va u bunday savollarga ja vob beradigan bilimni egallaydi.
Keyinchalik u
Budda (O ydinlasligan) nomi bilan mashhur b o ‘ladi.
Miloddan ilgarigi V asrda Hindistonda Upanishadlar falsafiy hayotda muhim
o ‘rin egallagan bir paytda uning diniy hayotida veda a n ’analari ustunlik qilardi.
Yangi budda ta ’limoti qadimgi veda adabiyotlariga keskin qarshi chiqdi va
marosimlar hamda urf-odatlarning ham ma shakilarini inkor etdi. Ayni bir paytda u
Upanishadlar muayyan bir qismining tanqidiy idrok etishgan.
Mantiqqa ziddan ko ‘niksa-da, lekin Budda spekulyativ (soxta) va diniy
tafakkurlarga nisbatan g'oyat salbiy munosabatda edi. Hozirgi sharhchilar m a ’lum
darajadagi anaxronizm bilan uni “em piritsisf’ va "skeptik” sifatida tavsiflashadi.
Ehtimol, Buddaga tegishli bo'lgan matnlar uning keyinchalik ilohiylashtirishi uchun
asos bermaydi. Upanishadlaming ko'plab parchalari kabi yangi t a ’limot ham
insonning ozod etilishi yoki xalos b o iis h ig a qaratilgan. Ozodlik holatini Budda
nirvana deydi. Bu atama k o 'p jihatdan boshqa an'analardagi
nioksha atamasiga
muvofiq keladi. Buddaning o ‘zi erishgani kabi nirvanaga erishishni xohlaydigan kishi
o'zini bu dunyo bilan bog'lab turgan hamma narsadan, shu jumladan, falsafiy va
diniy t a ’Iimotlardan ham xalos qilishga o'rganishi kerak. Budda sol bilan
analogiyadan foydalanib, bunday talabning narigi q ir g 'o g 'ig a suzib o'tishga majbur.
U daraxt poyalarini yig'adi va ularni novdalar bilan b o g ’lab mustahkam sol yasaydi,
shu sol yordam ida daryoning narigi q ir g 'o g 'ig a eson-onion yetib oladi. U maqsadga
erishgach, o ‘ziga o'zi bu solning haqiqatdan ham yaxshi va foydali bo'lganligini
ta ’kidlavdi. U solni o'zi bilan birga olib ketishga qaror qiladi va miyasiga joylab,
y o 'lg a tushadi. Shunday qilib, u o 'ziga ortiq kerak b o'lm a gan solni qirg'o qda qoldirib
ketadi. Bunday analogiyaning m a ’nosi shundaki, yangi t a ’limot ham solga o'xshaydi.
Sol uni o'zi bilan birga olib ketishi uchun emas, balki u yordamida daryoni kesib
o'tish va
n irvan aga erishish uchun mo'ljallangan. Falsafaning maqsadi haqidagi
bunga o 'x shash tasavvurlar uning tarixida bir necha marta paydo bo'lgan. Ularga
binoan, falsafa shunchaki egallab q o ‘yilsa yomon bo'lm aydigan narsa emas, balki
vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: