Amaliy audit


Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish 

Asosiy  vositalarning  mavjudligi  va  saqlanishini  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazishdan 

maqsad moliyaviy hisobot moddalarining haqqoniyligini ta'minlashdan iborat. 

Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:  

-  qiymati  subyektda  belgilab  qo`yilgan  chegaradan  past  bo`lgan  obyektlar  yoki 

qiymatidan  qat'iy  nazar  xizmat  muddati  12  oydan  kam  bo`lgan  obyektlar  asosiy  vositalar 

qatoriga o`tib qolmaganligi; 

-  subyektda  asosiy  vositalar  inventar  va  xojalik  jihozlari  qatoriga  va  aksincha 

o`tkazilmaganligi,  bunda  shuni  nazarda  tutish  zarurki,  obyekt  qiymatining  chegarasi  obyektni 

sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xojalik 

jihozlari  qatoriga  asossiz  o`tkazish  auditorlik  tekshiruvi  mobaynida  aniqlanadigan  xatolardan 

biridir. Ko`p hollarda bunday o`tkazishning sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini 

kamaytirishga intilishi hisoblanadi. 




67 

 

Auditorlik  tekshiruvi  mobaynida  subyektning  asosiy  vositalar  obyektlariga  mulkiy  talab 



darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. 

Auditorga  asosiy  vositalar  obyektlarini  yaratish,  sotib  olish;  berish  shartnomalari,  zarur 

hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni ro`yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. 

Asosiy  vositalarning  to`g`ri  baholanganligini  aniqlash  asosiy  vositalar  mavjudligi  va 

harakatini  tekshirish  mobaynidagi  muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Chunki,  mulk  solig`i 

bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek subyekt faoliyatining moliyaviy natijalarini aks 

ettirish  va hisobot  tuzish shunga bog`liq.Asosiy  vositalarni baholashning to`g`riligini tekshirish 

yoppasiga (obyektlar soni unchalik katta bo`lmaganda) yoki tanlab o`tkaziladi. 

Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi qoidalarga muvofiq 

amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish usuliga bog`liq. 

-  auditor  O`zbekiston  Respublikasi  fuqarolik  kodeksiga  muvofiq  asosiy  vositalar  oldi-

sotdi  shartnomalarining  mavjudligi  va  rasmiylashtirilishini,  ayrim  xarajatlarni  asosiy  vositalar 

qiymatiga qo`shishning qonuniyligini; 

- tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to`g`ri aniqlanganligini; 

-  qo`shimcha  qurilgan,  jihozlangan,  zamonaviylashtirilgan  yoki  qisman  tugatilganidan 

so`ng obyekt qiymati to`g`ri aniqlanganligini tekshiradi. 

Bunda  auditor  21-son  «Xojalik  yurituvchi  subyektlarning  moliyaviy-xojalik  faoliyati 

buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  va  uni  qo`llash  bo`yicha  yo`riqnoma»  nomli  BHMS  ga 

muvofiq  kiritilgan  o`zgartishlarga  alohida  e'tibor  qaratishi  zarur.  Xususan,  asosiy  vositalarni 

sotib  olish  va  qurish  bilan  bog`liq,  ammo  belgilangan  tartibga  ko`ra  asosiy  vositalarning 

dastlabki 

qiymatiga 

qo`shilmaydigan 

xarajatlar 

obyektlarning 

dastlabki 

qiymatiga 

qo`shilmasdan, 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga e'tibor 

berishi kerak. 

Auditor,  baholarni  kelishish  bayonnomasi  va  ta'sis  hujjatlarida  asosiy  vositalar 

baholanishining  aks  ettirilishi;  boshqa  xarajatlarni  asosiy  vositalar  dastlabki  qiymatiga 

qo`shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo`llashning ishonchliligini tekshiradi.  

Shuningdek,  bozor  bahosini  aniqlash  uchun  aynan  shularga  o`xshash  mahsulot  baholari 

to`g`risida  tayyorlovchi  tashkilotlarning  yozma  ravishda  bergan  ma'lumotlaridan;  ommaviy 

axborot  vositalari  va  maxsus  adabiyotlarda  e'lon  qilingan  baholar  to`g`risidagi  ma'lumotlardan; 

ayrim  asosiy  vositalar  obyektlarining  qiymati  to`g`risida  ekspert  xulosalaridan  foydalanish 

mumkin.  Bunday  asosiy  vositalarni  tashib  keltirish  bo`yicha  subyekt  tomonidan  qilingan 

xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo`shiladi. 

Chet  el  valutalari  hisobiga  sotib  olingan  asosiy  vositalarni  baholash  chet  el  valutasini 

O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Banki  tomonidan  belgilangan,  asosiy  vositalar  obyektini 

sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo`yicha so`mga hisoblab o`tkazish yo`li bilan 

amalga oshiriladi. 

Auditor  shartnoma  shartlariga  muvofiq  mulkka  egalik  huquqining  o`tish  vaqti  to`g`ri 

aniqlanganligi;  asosiy  vositalarni  sotib  olish  bilan  bog`liq  bojxona  to`lovlari  va  boshqa 

chiqimlarning  sotib  olingan  asosiy  vositalar  qiymatiga  qo`shilganligini  tekshirishi  lozim. 

Shuningdek,  asosiy  vositalarni  baholashning  to`g`riligini  tekshirish  mobaynida  asosiy  vositalar 

dastlabki  qiymatining  o`zgarganligiga,  qanday  sabablar  (qo`shimcha  qurish,  jihozlash,  qayta 

jihozlash,  qisman  tugatish)  o`zgarishga  olib  kelganligiga,  kapital  qo`yilmalarga  doir  xarajatlar 

0800 – «Kapital qo`yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks ettirilganligiga e'tibor 

qaratishi lozim. 

So`ngi  yillarda  asosiy  vositalarni  qayta  baholashni  tekshirish  muhim  ahamiyat  kasb 

etmoqda.  21-BHMS  ga  muvofiq  subyektlarda  asosiy  vositalar  obyektlarini  qayta  baholash 

summalari  8530  -  «Mulklarni  qayta  baholash  bo`yicha  tuzatishlar»  schyotida  aks  ettiriladi. 

Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 

Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:  

- barcha asosiy vositalar to`g`riligiga yoki ularning bir qismi qayta baholanganligi;  




68 

 

- qayta baholash qanday usullar yordamida o`tkazilganligi (indeksatsiya qilish yoki hujjat 



bilan tasdiqlangan bozor baholari bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri hisoblab o`tkazilishi va h.k.); 

- bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;  

- hisob-kitoblar to`g`riligini tanlab tekshirish;  

- qayta baholashdan so`ng eskirganlik darajasi o`zgarganligi;  

- qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi; 

- qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to`g`ri aks ettirilganligi; 

-  qayta  baholash  natijalarining  hisobot  tuzishda  hisobga  olinganligi  va  shunga 

o`xshashlar. 

 

2.4. Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to`g`ri  hisoblanishini tekshirish 



5-son  «Asosiy  vositalar»  nomli  BHMS  ga  muvofiq,  amortizatsiya  eskirishning 

baholangan  xizmat  muddati  davomida  aktivning  amortizatsiya  qilinadigan  qiymatini  muntazam 

taqsimlash va qayta o`tkazish tarzida qiymat ifodasidir. Asosiy vositaning amortizatsiya qiymati 

taxmin  qilinayotgan  tugatilish  qiymatini  chiqarib  tashlagan  holda,  aktivning  dastlabki  qiymati 

yoki  moliyaviy  hisobotlarda  ko`rsatilgan  qiymat  o`rnini  bosadigan  boshqa  qiymatning 

summasidir. 

Auditor  asosiy  vositalarga  eskirishni  hisoblashning  to`g`riligini  tekshirishda  o`rnatilgan 

har  oylik  eskirishni  hisoblash  qoidalariga  buxgalteriya  tomonidan  rioya  qilinayotganligini 

aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirishni hisoblashda to`ldiriladigan 

6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo`lib xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish muddati o`tib, 

amortizatsiyani hisoblash to`xtatilgan asosiy vosita obyektlarining ro`yxati taqdim etilishi lozim. 

Agar subyektda tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo`llanilsa, ushbu holat uning 

hisob yuritish siyosatida ko`rsatilgan bo`lishi lozim. 

Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 

-  subyekt  hisob  siyosatida  ko`rsatilgan-asosiy  vositalarga  amortizatsiya  hisoblash 

qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; 

-  amortizatsiya  ajratmalarini  asosiy  vositalarning  u  yoki  bu  guruhiga  olib  borishning 

to`g`riligini tekshirish; 

- har oylik amortizatsiya ajratma summalari bo`yicha hisob-kitoblarni tekshirish; 

- amortizatsiya ajratmalarining hisobda o`z vaqtida va to`g`ri aks ettirilishini tekshirish. 

Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning 

to`g`riligini  aniqlash  5-son-«Asosiy  vositalar»,  21-son-«Xojalik  yurituvchi  subyektlarning 

moliyaviy-xojalik  faoliyati  buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasi  va  uni  qo`llash  bo`yicha 

yo`riqnoma» nomli BHMS lar va mijoz-subyekt hisob siyosati to`g`risidagi buyrug`ining tegishli 

qismiga muvofiq amalga oshiriladi. Buning uchun subyekt hisob siyosati bo`yicha buyrug`ining  

qoidalari; 

asosiy 

vositalar 

amortizatsiya 

hisob-kitobi 

bo`yicha 

ishlanma 

jadvallar 

ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. 

Auditor  amortizatsiya  hisoblashning  maxsus  shartlari  qo`llaniladigan  asosiy  vositalar 

obyektlarining ro`yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi: 

- xizmat qilish muddati o`tib ketgan asosiy vositalar; 

- amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar; 

- konservatsiyadagi asosiy vositalar;  

- amortizatsiya hisoblash to`xtatilgan asosiy vositalar; 

- jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo`llanilayotgan asosiy vositalar; 

- noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;  

- moliyaviy lizing shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalar. 

Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini  tekshirish mobaynida  auditor amortizatsiya 

hisoblash  usullari  (chiziqli  usul,  kamayib  boruvchi  qoldiq  usuli,  foydali  ishlatish  muddati 

davomidagi  yillari  yig`indisi  bo`yicha  qiymatini  hisobdan  chiqarish  usuli,  qiymatni  mahsulot 

(ish) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan o`chirish usuli) ga e'tibor berishi zarur.  



69 

 

Asosiy  vosita  obyektlarining  bir  xil  guruhlari  bo`yicha  amortizatsiya  hisoblashning 



tanlangan u  yoki bu usulini qo`llash uchun foydali xizmat qilish muddati davomida boshqasiga 

o`zgartirilmasdan  amalga  oshirilishi  lozim.  Ammo,  soliqqa  tortish  maqsadida  amortizatsiya 

ajratmalari  hisoblash  O`zbekiston  Respublikasi  soliq  Kodeksi  23-moddasiga  muvofiq  asosiy 

vosita obyektlarining dastlabki qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin. 

Auditor  tanlab  tekshirish  usuli  bilan  asosiy  vositalarning  foydali  xizmat  qilish  muddati 

to`g`ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasi 

va  amortizatsiya  ajratmalari  normalarini  belgilash  shunga  bog`liq.  Amortizatsiya  ajratmalari 

normalari  noto`g`ri  belgilangan  holatlar  aniqlanganida,  auditor  buning  oqibatida  mahsulot  (ish, 

xizmat) lar tannarxi qanchalik oshgan (pasaygan) ligini aniqlaydi. 

Shunindek,  amortizatsiyani  hisoblash  muddatlarining  boshlanish  va  to`xtatilish 

muddatlari,  hisoblashning  muntazamligi,  amortizatsiyani  hisoblashda  pasaytiruvchi  va 

oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo`llashning to`g`riligini tekshirish zarur. Amortizatsiya ajratmalari 

hisob-kitoblarining to`g`riligi tanlab tekshiriladi. 

Amortizatsiya  ajratmalarini  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxiga  olib  borishning 

to`g`riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning muhim 

masalalaridan  biri  hisoblanadi.  Auditor  amortizatsiya  hisoblanadigan  obyektlar  asosiy 

vositalarning  qaysi  guruhiga  (ishlab  chiqarish  yoki  noishlab  chiqarish)  tegishliligini,  asosiy 

vositalar  mahsulot  ishlab  chiqarish  (ish  bajarish,  xizmat  ko`rsatish)  da  ishlatilayotganligi  yoki 

operativ  (qisqa  muddatli)  lizing  shartnomasi  asosida  berilganligini  aniqlashi  lozim.  Noishlab 

chiqarish  sohasidagi  asosiy  vositalar  bo`yicha  hisoblangan  amortizatsiya  ajratmalari  o`z 

mablag`lari manbalari hisobiga, operativ lizing asosida topshirilganlari bo`yicha esa foyda  yoki 

zararlarga olib boriladi. 

Asosiy  vositalarga  eskirishni  hisoblashni  hisobga  olishda  eng  ko`p  uchraydigan  qoida 

buzilish hollari quyidagilardan iborat:  

ayrim  subyektlarda  asosiy  vositalarga  eskirishni  hisoblash  har  choraklikda  amalga 

oshiriladi;  

soliqqa  tortiladigan  bazani  kamaytirish  maqsadida  ataylab  xizmat  muddati  o`tib  ketsa 

ham asosiy vositalarga eskirishni hisoblash davom ettiriladi; 

asosiy vositalarga asossiz ravishda eskirishning tezlashtirilgan usuli qo`llaniladi va h.k. 

Amortizatsiya ajratmalarini tekshirish mobaynida quyidagi tashkiliy amallar qo`llanilishi 

mumkin: 

- asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar (0110-0199) bo`yicha qoldiqlarni va joriy 

yilda  hisoblangan  amortizatsiyani  oldingi  davrlardagi  ma'lumotlar  bilan  taqqoslash  va  ularning 

o`zgarishini baholash; 

-  joriy  yilda  jamg`arilgan  amortizatsiya  qoldig`ini  oldingi  davrlardagi  qoldiqlar  bilan 

taqqoslash. 

Audit  jarayonida  asosiy  vositalar  bo`yicha  amortizatsiya  ajratmalari  hisobot  davrida 

buxgalteriya hisobi ma'lumotlarida to`g`ri aks ettirilganini tekshirish lozim. Asosiy vositalarning 

ayrim obyektlari bo`yicha ajratmalar buxgalteriya hisobida tegishli summalarni jamg`arish yo`li 

bilan yoki obyektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo`li  bilan aks ettiriladi. 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish