2.7. Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari auditi
Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning jismoniy xossa va sifatlari yo`qolib
boradi. Ularni tiklash uchun subyekt ta'mirlash ishlarini o`tkazishi mumkin.
Asosiy vositalar ta'mirining ikki turi mavjud: kapital va joriy ta'mir.
Asosiy vositalarni ta'mirlash pudrat yoki xojalik usulida bajarilishi mumkin. Pudrat
usulida bajarilganda subyekt ta'mirlash-qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.
Xojalik usulida esa ta'mir o`z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta'mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi.
Pudrat va xojalik usulida bajarilgan ta'mirlash ishlari auditining xususiyatlarini ko`rib
chiqamiz.
Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarni tekshirish mobaynida auditor
ta'mirlash rasmiylashtirilishining to`g`rililigiga alohida e'tibor qaratishi lozim. Bunda dastavval,
mazkur masala bo`yicha subyektda qanday hisob siyosati qabul qilinganligi aniqlanishi zarur. Bu
narsa tekshiruvni davom ettirish ketma-ketligini belgilaydi. Subyektlarda asosiy vositalarni
ta'mirlashga doir xarajatlar quyidagicha hisobdan o`chirilishi mumkin:
- xarajatlarning qilinish me'yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga;
- asosiy vositalarni ta'mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan;
- xarajatlarni oldin 3190 – «Boshqa kelgusi davr xarajatlari» schyotiga olib borib,
keyinchalik bir me'yorda tannarxga qo`shib borish.
Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezerv
tashkil etiladigan bo`lsa, unda auditor rezerv uchun ajratmalar summasining iqtisodiy
asoslanganligini, asosiy vositalarning turlari bo`yicha (binolar, inshootlar, qurilmalar va hokazo)
ajratmalar miqdori ko`zda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona normasi belgilanganligi, har
oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya qilinishini aniqlaydi. Ta'mirlash uchun qilingan haqiqiy
xarajatlar yaratilgan rezerv hisobiga hisobdan o`chiriladi. Shuning uchun auditor yil oxirida
(ta'mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan rezerv to`g`rilanganligi (storno
qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi lozim.
Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida aks
ettirilishini tekshirish mobaynida auditor, ishlab chiqarishga doir asosiy vositalarni ta'mirlash
xarajatlari tannarxga olib borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o`z
manbalari hisobiga hisobdan o`chirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shunindek, auditor
ta'mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki xojalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham
tekshiradi.
Agar hisobot davrida lizingga olingan asosiy vositalar ta'mirlangan bo`lsa, ta'mirlash
turini (joriy yoki kapital), lizing shartnomasida kapital ta'mirlash ko`zda tutilganligi va xarajatlar
kimning hisobidan qoplanishini tekshirish zarur.
Subyektlar hisobot davrida asosiy vositalar obyektlarini zamonaviylashtirish va qayta
jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi mumkin. Auditor bu holda quyidagilarni tekshiradi:
qilingan xarajatlar 0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta'mirlash
ishlari yakunlanganidan so`ng asosiy vositalar dastlabki qiymati oshganligi, subyekt qo`shilgan
kapitalining ko`payishi hisobda ko`rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalarni ta'mirlash bilan
bog`liq barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, qo`rsatilgan xizmat) lar
74
tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek subyektning
foydadan budjetga to`lovlar bo`yicha budjet bilan o`zaro munosabatlariga ham ta'sir etadi.
Auditor, eng avvalo, bu masala bo`yicha ham subyektda qanday hisob siyosati qabul
qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim subyektlar kelgusi yil uchun hisob siyosatini qabul qilishda
ta'mirlash xarajatlarini har oyda haqiqiy xarajatlar hajmida hisobdan o`chiradigan tartibni
qo`llaydilar. Boshqa subyektlar ta'mirlash fondi yaratadilar (ta'mirlashning barcha turlari uchun
rezervga mablag` ajratadilar), haqiqatda bajarilgan ta'mirlash ishlari uchun qilingan xarajatlarni
esa tashkil etilgan fond hisobiga hisobdan o`chiradilar.
Birinchi holatda ta'mirlashga doir barcha xarajatlar ta'mirlash qaysi hisobot davrida
amalga oshirilgan bo`lsa, bevosita shu davrdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo`shilishi lozim.
Ikkinchi holatda subyekt balansida turgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz
hisobida ta'mirlash fondiga ajratmalar me'yori hisoblab chiqariladi.
Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o`rta biznes subyektlari,
ikkinchisini esa asosiy vositalari mulk (aktiv) larning salmoqli qismini tashkil etadigan yirik
subyektlar qo`llaydilar.
Auditor ta'mirlash xarajatlarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo`shishning to`g`riligini
subyektda qabul qilingan hisob siyosatidan kelib chiqib, uning o`zgarish hollarida esa sababini
va ushbu vaziyatning moliyaviy natijaga ta'sirini tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash va ta'mirlash bo`yicha subyektda
qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash uchun 8910 -
«Kelgusidagi xarajatlar va to`lovlar uchun rezervlar» schyotining ma'lumotlari
bilan tanishish zarur. Agar 8910 schyotda alohida ta'mirlash fondi degan analitik
schyot ajratilgan bo`lsa, ushbu fondga qilingan ajratmalarning hajmi qanchalik
asoslanganligi (iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi) ga ishonch hosil
qilish zarur. Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo`yicha tabaqalangan yoki
ajratmalarning yagona normasi o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Auditor nuqtai
nazaridan yagona normativni qo`llash tannarxning asossiz ko`tarilishi va soliqqa
tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik hisobotida
ko`rsatib o`tishi lozim.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |