61
ATAMANING
O’ZBEK
TILIDA
NOMLANISHI
ATAMANING
INGLIZ
TILIDA
NOMLANISHI
ATAMANING
RUS TILIDA
NOMLANISHI
ATAMANING MA’NOSI
Auditor
Auditor
Аудитор
Auditor - auditor malaka sertifikatiga
ega bo’lgan jismoniy shaxsdir
Auditorlik
tekshiruvi
Auditing
Аудиторская
проверка
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot
va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi
va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi
qonun hujjatlariga mosligini aniqlash
maqsadida
xo’jalik
yurituvchi
sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda
u bilan bog’liq moliyaviy axborotini
auditorlik
tashkilotlari
tomonidan
tekshirishdir.
Majburiy
auditorlik
tekshiruvi
Mandatory audit
Обязательный
аудит
Xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlarda
amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan
qat’iy muddat va tartib asosida maxsus
malaka sertifikati va litsenziyaga ega
bo’lgan auditorlik tashkiloti tomonidan
o’tkaziladigan tekshiruv tushuniladi
Auditorlik
faoliyati
Audit activity
Аудиторская
деятельность
Auditorlik faoliyati bu - auditorlik
tashkilotlarining auditorlik xizmatlari
ko’rsatish
bo’yicha
tadbirkorlik
faoliyatidir
Kompleks audit
Comprehensive
audit
Комплексный
аудит
Kompleks audit – xo’jalik yurituvchi
sub’ekt moliyaviy xo’jalik faoliyatini
to’liq qamrab olgan auditorlik tekshiruvi
Tashqi audit
External audit
Внешний аудит
Tashqi audit bu - mustaqil auditorlik
tashkilotlari
tomonidan
amaldagi
qonunchilikka
muvofiq
xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlar
faoliyatini
belgilangan muddat va tartib asosida
tekshirish jarayonidir
Auditorlarning
respublika
jamoat
birlashmalari
Republican
public
organization
audit
Республикански
й общественный
организации
аудита
Auditorlarning
respublika
jamoat
birlashmalari auditorlarning ixtiyoriy
asoslarda
birlashtiradigan
nodavlat
notijorat tashkilotidir
Ichki audit
xizmati
Internal
Audit
Service
Служба
внутренного
аудита
Ichki audit xizmati - korxona kuzatuv
kengashining
qarori
bilan
tashkil
etiladigan korxonaning ichki auditni
amalga
oshiradigan
tarkibiy
bo’linmasidir
Auditorlik
tashkiloti
auditing
organization
аудиторской
организации
Auditorlik
tashkiloti
auditorlik
faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga
ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
62
2-MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
1.
Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish mijoz-subyekt faoliyati umumiy
auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy vositalar harakati
bilan bog`liq ko`rsatkichlarning ishonchliligi to`g`risida fikr shakllantirish va subyektda asosiy
vositalar bilan bog`liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil
etishning O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini
aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo`lib, undagi
o`rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish
mumkin:
- asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o`rnatishni ta'minlash
(obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to`g`riligi);
- asosiy vositalarning to`g`ri turkumlanishi;
- asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil
etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining mosligi);
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda
hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks
ettirish;
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;
- asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etgirish;
- amortizatsiya hisoblash usullarini qo`llashning qonuniyligi va to`g`riligi;
- jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llashning qonuniyligi;
- amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to`g`riligi;
- amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to`g`riligi;
- asosiy vositalarni ta'mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda
aks ettirish;
- ta'mirlash usullari;
- ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to`g`riligi;
- asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni hisobga
olish;
- asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt buxgalteriyasidagi holatini
baholash;
- belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o`ziga qarashli, joriy tartibda ijaraga
olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash joylarida moddiy javobgar
shaxslarga biriktirilganligini baholash;
- subyektning o`ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalar
bo`yicha yillik eskirish hisoblanishining to`g`riligini tekshirish. Chunki, bu ma'lumotlar
realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710
schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog`liq bo`lib, oqibatda subyektning moliyaviy natijalari
(balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to`lanadigan foyda (daromad) solig`ining miqdoriga
ta'sir etadi;
- asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va
jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya
qilinishini tekshirish;
- asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta'mirlash xarajatlarini
hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob
yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish;
63
- subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig`i va quvvati bo`yicha
subyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil qilish (agap auditor
bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo`lsa);
- asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.
Auditor ushbu asosiy masalalarni o`rganib, ularga auditorlik hisobotining tashkiliy
qismida baho berishi va yo`l qo`yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga
chiqish hollarini bartaraf qilish bo`yicha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin, birinchi navbatda quyidagilarni
aniqlashi zarur:
- subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o`tgan hisobot davridagiga
nisbatan o`zgarishi bilan tanishish;
- asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish;
- asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan
tanishish. Bunda auditor O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasining tegishli me'yoriy hujjatlariga muvofiq
subyekt balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo`yicha aks
ettirilishini nazarda tutishi lozim.
Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo`yicha doimiy komissiya tashkil
etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq
(farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to`la moddiy javobgarlik
to`g`risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash, shuningdek, asosiy vositalar hisobini yuritish
qoidalari bayon qilingan amaldagi me'yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona
shakldagi (unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan subyekt
buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash lozim.
Shu tarzda olingan ma'lumotlar auditorga mazkur subyektda asosiy vositalar hisobining
tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish imkonini va tekshiruvda maxsus e'tibor
berish lozim bo`lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 –
«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 – «Uzoq muddatli ijara
shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 –
«O`rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0800- «Kapital qo`yilmalarni
hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar», 4800 –
«Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan
qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar», 7900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan uzoq muddatli
qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob
registrlari va buxgalteriya balansi ma'lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular bo`yicha
barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to`g`ri
kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy
vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo`yilmalarni, tuzilgan lizing
shartnomalari bo`yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So`ngra
subyektning asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan
tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e'tibor berish lozim:
- asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo`llash qabul qilinganligi;
- asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul
qilinganligi, asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezervga mablag` ajratish mexanizmidan
foydalanib, ya'ni ta'mirlash fondi (8910 – «Kelgusi xarajatlar va to`lovlar rezervlari» schyoti
bo`yicha ta'mirlash fondi schyotini qo`llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo`yicha subyekt
hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: