4. Dumaloq sterjen tipidagi detallar haqida umumiy ma'lumot:
Sterjensimon detallarning konstruktiv o‘xshashliklarini hisobga olib, ularga ishlov
berish texnologik jarayonini quyidagi ketma – ketlikda tuzish mumkin:
-quyib, issiq shtamplab, prutok yoki trubadan qirqib zagotovkani tayyorlash;
-zagotovkani bo‘yin yuzalari yoki markaziy teshiklar bo‘yicha o‘rnatish;
- zagotovkani aylantirib tokar ishlov berish;
- uzun vallarga ishlov berishda lyunet bilan ushlab dastlabki obtochka qilish va
silliqlash;
- fason yuzalarga ishlov berish;
- ikkinchi darajali yuzalarga ishlov berish;
- termik ishlovdan keyingi silliqlash.;
- muvozanatlash (balansirovka);
- oxirgi ishlov berish.
Tabiiyki, ko‘rib chiqilgan ketma – ketlik har bir valga ishlov berish texnologik
jarayonini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Lekin kelib chiquvchi farqlar xususiy
bo‘lib umumuy sxemani buzmaydi. Masalan, tirsakli val va kulachokli vallarga
ishlov berishda shatun bo‘yini, kulachok, ekssentriklarga ishlov berish jarayonida
aylanish o‘qini ma'lum oraliqga siljitish kerak bo‘ladi. Ichi bo‘sh vallarga ishlov
berishda, texnologik jarayon ichki yuzaga ishlov berish operatsiyalari bilan
to‘ldiriladi va hakozo.
Pog‘anali (zinali) vallarga ishlov berishning o‘ziga xosligi, shundan
iboratki, bu vallar ishlash jarayonida yuqori kuchlanish ta'sirida bo‘ladi. Shu
sababdan bu detallar konstruksion va legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Bu
detallar ichki kuchlanishlarga past ta'sirchan bo‘lib, mexanik ishlov berishga moyil
bo‘lishi kerak. Bu detallarning ishqalanishga chidamliligini oshirish uchun ularga
odatda termik ishlov berilishi kerak. Tayyorlash uchun po’lat 35, 40, 45, 40x va
boshqalar qo‘llaniladi.
24
Konstruktiv tizimiga qarab ular bir nechta turlarga bo‘linadi: tishli va
g‘ildirakli, tishsiz val, konus tishli val, shesternalar.
Pog‘anali (zinali) vallar zagotovkasini prutoklardan qirqib olinadi. Bu turdagi
zagotovkalar kam seriyali yoki donalab ishlab chiqarish korxonalarida keng
qo‘llaniladi.
Ko‘p seriyali, ommaviy ishlab chiqarishda va shuningdek murakkab tuzilishiga
ega bo‘lgan detallar zagotovkasini olish - yasash, issiq shtamplash, elektrosiqish va
boshqa usullarda amalga oshiriladi. Bu usullar murakkab vallarning shaklini tayyor
maxsulot shakliga yaqinlashtirish hisobiga detal yuzasidan olinadigan pripusk
(quyimni) minimal qilishga imkoniyat yaratadi.
Ko‘p seriyali va ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida zagotovkalar
metallardan foydalanish koeffitsienti 0,7 va undan yuqori bo‘lgan ko‘rsatkich bilan
olinadi.
Valning tuzilishi va ishlab chiqarish ko‘lamiga qarab mexanik ishlov berish
texnologik jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |