Abu Ali Ibn Sino (980-1037) - Sharqning buyuk ensiklopedist olimi bo‗lib,
Ovropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‗lgan. U Buxoro shahriga yaqin Afshona
qishlog‗ida Buxoro amirligida boj yig‗uvchi amaldor oilasida dunyog‗a_ keladi.
Zehni o‗tkir, xotirasi nodir, takrorlanmas zo‗r iste‘dodli Ibn Sino yoshlik chog‗idayoq
dunyoviy ilmlarni qunt bilan chuqur o‗rgana boshlaydi. U 16-17 yoshlarida mashxur
hakim bo‗lib taniladi. Xatto o‗sha zamon fozil tabiblari ham Ibn Sino oldiga kelib tib
ilmini undan o‗rgana boshlaydilar.Ibn Sino qadimiy va o‗rta asr boshlanish davridagi
Sharq va Yunon alloma mo‗tafakkirlarini asarlarini o‗rganibgina qolmay, ularni
11
tartibga solib, o‗zining tajribalariga asoslangan holda qayta to‗ldirib chiqkan. Ibn
Sino asarlari fanning turli sohalariga, jumladan faylasuflik, tabiatshunoslik, tabobat,
astronomiya, matematika va boshqa ilmlarga bag‗ishlangan. Ammo Ibn Sino tibbiyot
ilmiga alohida ahamiyat bergan va o‗z kasbini asosan tabiblik deb bilgan. Tabobat
sohasida ibn Sinoning asosiy o‗lkan «Kitob al qonun fit- tib» (tib qonunlari) asari
besh kitobdan iborat bo‗lib, tabobat ilmining turli sohalarini o‗z ichiga qamrab olgan.
Tib qonunlarida turli holdagi kasalliklarni tashxisi, davolash va parvarish etish
choralari bilan bir qatorda o‗simlik, xayvonot mahsulotlari va minerallardan
tayyorlanadigan dorivorlarning shifobaxshligi, o‗z tarjibalariga asoslangan holda har
tomonlama keng yoritilgan. Ibn Sino o‗sha davrdayoq bola organizmini kattalar
organizmidan faqat hajm jihatdan emas, balki o‗z xususiyatlari bilan farq qiliщini
ta‘kidlagan holda, bola tarbiyasi va uni parvarish etish, bolalarda uchraydigan ba‘zi
kasalliklarni o‗ziga xos kechishi va ularni aniqlash va davolash yo‗llari to‗g‗risida o‗z
ahamiyatini haligacha yo‗qotmagan bilimlarini o‗zining tib qonunlari kitobida yozib
qoldirgan bo‗lib, pediatriya fanining rivojiga munosib hissasini qo‗shgan. Ibn Sino
bola tarbiyasi va uni parvarish etish, ona sutining afzalliklari bolalarda uchraydigan
ba‘zi kasalliklarni aniqlash va davolash yo‗llari to‗g‗risida o‗z ahamiyatini xaligacha
yo‗qotmagan asarlar yozib koldirgan bo‗lib, pediatriya fanining rivojiga o‗z xissasini
qo‗shgan. Roziy va Ibn Sino zamonasida va undan keyingi davrlarda xizmat qilgan
nufuzli tabiblar bolalarda kuzatilgan ba‘zi kasalliklar tashxisi va uni davolash
masalalari to‗g‗risida o‗z asarlarida ko‗rsatib o‗tishgan. Jumladan Nurbaxshiy
Baxouddavla Sharq tabiblaridan birinchi bo‗lib bolalarda uchraydigan kuk yo‗tal
kasalligi haqida ma‘lumot bergan va uni davolagan. Xirotda tug‗ilib, Buxoroda
tabiblik qilgan Solix ibn Muhammad qondaxoriy o‗zining «Tuxvat al-shoista»
(Muvofiq sovga) va «Tuxvat al-ma‘sumiy» («Gunoxsizlarga sovga» asarlarida bola
organizmining o‗ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va shu sababli tashqi omillar
ta‘siriga juda sezgir bo‗lishi to‗g‗risida juda ker aqli, mufassal ko‗rgazmalar bergan.
A.A. Kodirov (1994) fikricha Solix ibn Muhammad qondaxoriyni o‗zbek tabiblaridan
chiqkan birinchi pediatr deb hisoblash mumkin.Xorazmlik olim va tabib Jafar Xo‗ja
Xazaraspiyning tibga oid asosiy kitobi «Tib bilimlari to‗plami» deb atalgan kitobida
ba‘zi yuqumli kasalliklar, jumladan qizamiq haqida ma‘lumot berilgan.
Bolalar tabobatida XVI asrgacha Gippoqrat, Galen, Sels, Soran hamda Roziy
va Ibn Sinolar asarlari asosiy qo‗llanma bo‗lib qolib, boshqa bironta yangilik
kiritilmagan. Bolalar sog‗lig‗ini saqlash ishlari bilan shug‗ullanish bo‗lmagan, ularni
davolash kattalarni davolash usulida bo‗lgan. Shu sababli bolalar ichida o‗lim juda
yuqori bo‗lgan. Bu holat bolalar sog‗lig‗ini saqlash, ularni davolash ishlariga qiziqish
uygotgan va natijada sekin asta bolalarni parvarishi, tarbiyasi va davolashga
bag‗ishlangan risola-kitoblar nashr etila boshlangan. Roziy va Ibn Sino zamonasida
va undan keyingi davrlarda ilmu- fan va tabobat bilan shug‗ulangan nufuzli tabiblar,
jumladan Abu Saxl Mosixiy, Arab Ismoil Jo‗rjoniy, Muhammad Xusain Nurbaxshiy
Baxouddavla, Solix Ibn Muhammad Qondaxoriy, Jafar Xo‗ja Xozoraspiy va
boshqalar bolalar tabobati bo‗yicha o‗zlari kuzatgan tajribalarga suyangan holda ker
aqli ma‘lumotlar berib qoldirishgan. Bolalar tabobatida XVI asrgacha Gippoqrat,
Galen, Sels, Soran, hamda Roziy va Ibn Sinolar asarlari asosiy qo‗llanma bo‗lib
qolib, boshqa bironta yangilik kiritilmagan. Bolalar sog‗lig‗ini saqlash ishlari bilan
12
shug‗ullanish bo‗lmagan, ularni davolash kattalarni davolash prinsipida bo‗lgan. Shu
sababli bolalar ichida o‗lim juda yuqori bo‗lgan. Bu holat oldingi safdagi adolatlik,
insonparvar kishilarni tashvishga solib, ularda bolalar sog‗lig‗ini saqlash va ularda
davolash ishlariga qiziqish uyg‗otgan va bu borada ker aqli tadbirlarni ko‗rishga
undagan. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O‗rta Osiyoda xalkda, shu
jumladan. ona va bolalarga ko‗rsatiladigan tibbiyot yordami juda ayanchli, qoloq bir
ahvolda bo‗lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda shaxsiy xayr-ehson
tariqasida tashkil etilgan 8 ta ona va bolalar ambulatoriyasi, 5 ta yetimxona va 2 ta
yasli mavjud bo‗lib, bular ham asosan shahar aholisiga xizmat qilgan. Yerli halq
asosan tabib, azaimxon va folbinlarga mo‗rojaat etgan. Ko‗pchilik bolalar orasida
terlama, o‗lat, chechak, roja, bezgak, qo‗tirish kasalliklari keng tarqalgan bo‗lgan.
Kichik yoshdagi bolalar orasida o‗limning, ayniksa yuqori bo‗lishiga hazm a‘zolari,
nafas yo‗llari va leyshmanioz kasalliklari sabab bo‗lgan. Qizamiq, bo‗g‗ma,
skarlatina va ko‗k yo‗tal kasalliklari avj olib tarqalib yil sayin qaytalanib turgan. Har
ming tug‗ilgan boladan 300-330 tasi bir yoshga yetmay. yarmi esa 4 yoshga yetmay
nobud bo‗lgan. Onalar va go‗dak bolalar o‗rtasida o‗limning juda yuqori bo‗lishiga
tugadigan ayollarga tibbiy yordam ko‗rsatishning ayanchli axvoldaligi ham sabab
bo‗lgan. 1914 yilda 5 million aholisi bo‗lgan Turkistonda hammasi bo‗lib 63 akusher
ishlab, tugadigan ayollarga 69 (koyka) joy ajratilgan holos. Shu sababli ko‗pchilik
xomilador ayollar doya buvilarga mo‗rojaat etgan va antisanitar sharoitda uyda
tug‗ishgan. 1920 yilda Respublikamizda Turkiston sog‗liqni saqlash xalk
komissariyati koshida onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‗limi prof. S.Sh.
Shamsiev boshqargan. Fakultet, pediatriya kafedrasini 1945-1959 yillari dots. A.M.
Maqsudov, 1960-1972 yilgacha prof. S.N. Yuldasheva, gospital pediatriya
kafedrasini 1960 yilgacha prof. R.S. Gershenovich, 1961-1972 yillarda prof. L.S.
Aleksandrovlar boshqarishgan. 1947 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutda bolalar
jarroxligi kafedrasi (mudiri 1947-1972 yillarda prof. K.X Tagirov va 1954 yilda
bolalar infeksiyasi kafedrasi (mudiri prof. X.A. Yunusova) tashkil etilgan. 1961 yilda
esa mazkur oliygoxda pediatriya fakultetini kechki bo‗limi ochilgan. Bundan tashqari
O‗zbekiston vrachlarni malaka oshirish institutida bolalar kasalliklari kafedrasidan
tashqari, 1961 yilda bolalar tuberqo‗lezi, 1964 yilda bolalar yuqumli kasalliklari,
1966 yilda bolalar nevrologiyasi kafedralari tashkil etilgan. 1955 yilda O‗zbekiston
Sog‗liqni saqlash vazirligida Respublika bosh pediatri vazifasi ta‘sis etilib, buni
boshqargan mutaxasislar respublika va viloyatlarda bolalar sog‗lig‗ini saqlash
ishlarini rivoj topishiga mutassil yordam berib borishgan. 1963 yilda Samarkand va
1965 yilda Andijon tibbiyot institutlarida pediatriya fakultetlari ochilgan. Samarkand
tibbiyot institutida bolalar kasalliklari propedevtikasi (mudiri prof. A.X. Hamraev),
fakultet pediatriya (mudiri prof. Z.N. Beknazarova) va gospital pediatriya (mudiri
dots. G.Sh. Salixbaeva) kafedralari tashkil etilgan. Andijon tibbiyot institutida
davolash fakultetining bolalar kasalliklar kafedrasini prof. N.N. Chukanin, yangi
tashkil etilgan bolalar kasalliklari kafedrasini prof. K.M Mirzaevlar boshqarishgan.
O‗zbekistan Respublikasining pediatr vrachlarga bo‗lgan extiyojini yanada to‗laroq,
qondirish maqsadida 1972 yilda Toshkent va Andijon tibbiyot institutlarining
pediatriya fakultetlari tarkibida O‗rta Osiyo meditsina pediatriya instituti ochilgan.
Bu institut 1988 yil 28 iyundan O‗zbekistan Respublikasi tasarrufiga o‗tib, Toshkent
13
pediatriya tibbiyot instituti deb atala boshlagan. O‗rta Osiyo pediatriya meditsina
institutida 1972 yilda quyidagi bolalar kasalliklari kafedrasi: bolalar kasalliklari
propedevtikasi (mudiri prof. F.X. Nazarmuhamedov), fakultet pediatriya (mudiri
prof. S.N. Yuldasheva), -1 gospital pediatriya (mudiri prof. S.Sh. Shamsiev) va 2
gospital pediatriya (mudiri prof. I.A. Bodnya ), I bolalar yuqumli kasalliklari (mudiri
prof. O.S. Maxmudov) va 2 bolalar yuqumli kasalliklari (mudiri dots. D.I,
Egamberdieva), bolalar jarroxligi (mudiri prof. K.X. Tagirov) va boshqa kafedralar
tashkil etilgan.
Samarkand va Andijon tibbiyot institutlarida pediatriya fakultetlarining tashkil
etilishi, hamda O‗rta Osiyo meditsina pediatriya institutining ochilishi
Respublikamizda, vrach- pediatrlarni tayyorlashni yaxshilab, rivoj topishiga, ilmiy
pedagogik kadrlarni ko‗payib borishiga olib keldi.
O‗zbekistonda bolalar vrachlarining 1-s‘ezdi 19-21 noyabr 1974 yilda, 2 -
s‘ezdi 19-22 noyabr 1980 yilda 3-s‘ezdi 1-3 noyabr 1988 yilda Toshkentda
o‗tkazilgan. Bunda bolalar sog‗lig‗ini saqlash borasida va bolalar o‗rtasida
kasallanish va o‗lim ko‗rsatkichlarini kamayib borishiga erishish istiqbolimiz mahsuli
albatta. O‗zbekistonda pediatriya fanini rivoj topishida qator yirik olimlar o‗z
xissasini qo‗shgan. Pediatriya fanini tiklanish yillarida Turkiston davlat dorilfununini
tibbiyot fakultetining bolalar kasalliklari kafedrasi professorlari A.I. Ustinov, N.I.
Osipovskiylar o‗z shogirdlari B.M. Deych, R.S. Gershenovich, V.I. Lыsenko, K.G.
Titov, A.N. Ivanov, L.S. Aleksandrova, M.Z. Lyubetsskaya, A.M. Maksudov va
boshqalar bilan respublikamiz o‗lkasiga oid bolalar kasalliklarini, jumladan bezgak,
leyshmanioz, tuberqo‗lez, me‘da ichak kasalliklarini o‗ziga xos kechishini har
tomonlama o‗rganilib, bemorlarga ko‗rsatiladigan tibbiy yordamni tashkiliy yo‗llarini
belgilab berishgan.
Rafail Samuilovich Gershenovich (1889-1960) - O‗zbekistanda xizmat
ko‗rsattan fan arbobi, Parij _pediatrlar jamoasi muxbir a‘zosi, professor, 1930 yildan
umrining oxirigacha Toshkent tibbiyot institutining bolalar kasalliklari kafedrasini
boshqargan. R.S. Gershenovich O‗zbekistonda onalik va bolalikni sog‗lig‗ini saqlash
taщkilotchilaridan biri bo‗lgan holda, o‗z faoliyatini o‗lkaga xos bolalar
kasalliklarining dolzarb masalalariga qaratgan. U 5 monografiya, jumladan
«Bolalarda leyshmanioz kasalligi», «Bolalarda qorin tifi», Bolalarda issiq o‗lka
kasalliklari, hamda 240 dan ortiq ilmiy asar muallifi bo‗lgan. Bu asarlar O‗rta
Osiyoda muhim masala bo‗lgan bolalarda o‗tkir va davomli me‘da ichak, qorin tifi,
dizenteriya, kasalliklari hamda pnevmaniya, tuberkulyoz, pellagra xastaliklari har
tomonlama yoritilgan. Uning rahbarligida 2 fan doqtori va 30 ta fan nomzodlari
tayyorlagan. Konstantin Gerasimovich Titov (1898-1970) O‗zbekistonda xizmat
ko‗rsatgan fan arbobi, professor, 1940-1968 yillarda Toshkent tibbiyot institutining
davolash fakultetining bolalar kasalliklari kafedrasini mudiri bo‗lib ishlagan. Uning
ilmiy izlanishlari asosan bolalar gematologiyasiga qaratilgan bo‗lib, bunda retikulez,
leykoz kasalliklari, chuqur va har tomonlama o‗rganilgan. U 55 ilmiy asar va 7
monografiya muallifi bo‗lib, bular jumlasiga «Bolalarda leykoz kasalligi»,
«Bolalarda har xil kasalliklarda va eksperimentda suyak ko‗migini retikulo-
endoteliyasini tekshirishning nazariy va amaliy ahamiyati» monografiyalari kiradi.U
1 ta fan doktori va 6 ta fan nomzodlarini tayyorlagan.
14
Aziz Maqsudovich Maqsudov (1907-1959), dotsent, 1945 yildan umrining
oxirigacha Toshkent tibbiyot instituti, fakultet pediatriya kafedrasining mudiri
vazifasini bajargan va shu bilan birga 1947-1948 yillari Respublika bosh pediatri
bo‗lib jamoatchilik asosida ishlagan. Uning ilmiy izlanishlari bolalarda me‘da ichak,
leyshmanioz, pellagra, gemotrop toksikoz kasalliklarini har tomonlama o‗rganishga
bag‗ishlagan. A.M. Maqsudov chuqur bilimli vrach, yuqori eruditsiyali pedagog, faol
jamoatchi. sog‗liqni saqlash a‘lochisi bo‗lgan va Respublika faxriy yorliklari bilan
mukofotlangan.
B. Karaxodjaevning shogirdi professor Abdulla Hamraevich Hamraev (1935-
1992), 1973 yildan umrining oxirigacha mazkur oliygohda bolalar kasalliklari
kafedrasi mudiri bo‗lib ishlab, o‗z navbatida 4 ta fan doqtori, 13 ta fan nomzodi
tayyorlagan, 112 ilmiy asar muallifi bo‗lgan.
Saifitdin Shamsievich Shamsiev (1914-1995) sobiq ittifoq tibbiyot fanlar
akademiyasining muxbir a‘zosi, O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan fan arbobi,
professor, 1951-1989 yillar davomida Toshkent tibbiyot va Toshkent pediatriya
tibbiyot oliygohlarida bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedralarini boshqargan. U
o‗zining bo‗tun faoliyatini respublikamizda pediatriya fanining rivojlanishiga, bolalar
sog‗lig‗ini saqlash tashkiliy ishlariga, tibbiy xodim va ilmiy pedagogik kadrlar
yetishtirishga sarf etib, bu borada beqiyos unumli xizmat qilgan. S.Sh. Shamsiev o‗z
shogirdlari bilan Respublikamizda bolalar kasalliklarining eng dolzarb masalalari,
jumladan, bolalar me‘da ichak, nafas olish, yurak qon tomir tizimlari kasalliklarini
har tomonlama chuqur o‗rganib, ularni patogenetik davolash yo‗llari bilan
shug‗ullangan. U 150 dan ortiq ilmiy asarlarning muallifi bo‗lgan. S.Sh. Shamsiev
qalamiga mansub «Bolalarda surunkali enterokolit», «Bolalar klinik elektr
oqardiografiyasi»,
«Bolalarda
o‗tkir
pnevmoniya»,
«Bolalar
klinik
fonoqardiografiyasi
asoslari»,
«Uchastka
pediatrlari
uchun
qo‗llanma»
monografiyalari va boshqa bir qancha yirik asarlar pediatr vrachlarning zarur
kundalik qo‗llanmasiga aylangan. Uning raxbarligida 10 ta fan doqtori va 40 dan
ziyod fan nomzodlari yetishib chiqkan bo‗lib, hozirda ular Respublikamiz tibbiyot
oliygoxlari, sog‗liqni saqlash muassasalarida faoliyat ko‗rsatmoqdalar. Bular qatorida
professorlardan A.T. Oqilov, X.N. Fayziev, A.T. Sultonov, A.T. Turaev, A.A. Kim
va boshqalarni sanab o‗tish joizdir. S.Sh. Shamsiev xurmat belgisi ordeni, ko‗plab
medallar bilan mukofotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |