6
PEDIATRIYaGA OID QISQAChA TARIXIY MA’LUMOTLAR
Pediatriya fani nisbatan yosh tabobat fani hisoblanib XIX asrgacha alohida
mustaqil fan sifatida mavjud bo‗lmagan. Ammo pediatriya sohasi bo‗yicha bilimning
ilk bor paydo bo‗lishi juda qadim zamonlarga, eramizdan oldingi IV asrga, tabobat
ilmining otasi Bukrot (Gippoqrat) ning «Bola tabiati haqida» deb nomlangan asarini
yozgan davrlarga
_
borib taqaladi. Shular sabab XV-XVIII asrlarda bola tarbiyasi,
kasallikni davolashga oid qator risola, kitoblar nashr etila boshlab, bolalar tarbiya
uylari, yetimxonalar ochila boshlangan. 1650 yilda Angliya vrachi Glissonning raxit
kasalligiga bag‗ishlangan, keyinchalik Sidengam, Xaberjon, Djennerlarning bolalarda
infeksiyali kasalliklariga oid qator asarlarni nashr etilgan. 1764 yilda Shved vrachi
Nil Rozen fen Rozenshteynning 28 bobdan iborat «Pediatriya bo‗yicha qo‗llanma» si
nashrdan chiqadi. 1638 yilda Lyudovik XIV tomonidan Parijda podshohlikka qarashli
bolalar tarbiya o‗yini barpo etilishiga, 1727 yilda esa Petr-1 farmoniga ko‗ra
Moskvada chaqaloq va go‗dak bolalar uchun gospitallar ko‗rilishiga asos solingan.
Moskva universitetining asoschisi M.V.Lomonosov (1711-1765) Yelizaveta
podsholigining yirik davlat amaldori I.I.Shuvalovga yozgan "Rossiya xalqini saqlash
va ko‗paytirish" nomli maktubida Rossiyada bolalar o‗limi haddan ziyod ko‗p
ekanini ta‘kidlab, o‗nga qarshi ko‗rilishi lozim bo‗lgan qator zarur tadbirlarni
ko‗rsatgan. 1650 yilda Angliya vrachi Glisonning raxit kasalligiga bag‗ishlangan,
keyinchalik Sidengam, Xaberjen, Djenerlarning bolalarda infeksiyali kasalliklariga
oid qator asarlar nashr etilgan. 1764 yilda Shved vrachi Nil Rozen Fen
Rozenshteynning 28 bobdan iborat pediatriya bo‗yicha qo‗llanmasi nashrdan chiqadi.
1802 yili Parijda jaxonda birinchi marta bolalar shifoxonasi ochilgan. Bu yangilik
pediatriya sohasi bo‗yicha mutaxassis tayyorlab borish va ilmiy izlanishlar ko‗payib
borishiga asos solgan. Keyinchalik bunday yo‗nalish markazlari Olmoniya, Vena va
Berlinda ochilgan. Nemets pediatrlarining ilmiy ishlari bolalar kasalliklarida
bioximiya, mikrobiologik oid o‗zgarishlar, hamda bolalarni ovqatlantirish omillarini
o‗rganishga qaratilgan bo‗lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida pediatriya sohasi bo‗yicha tadkikot va davolash
markazlari Angliya, Amerika, Italiya, Shveysariya va Skandinaviya davlatlarida
ishlay boshlagan.Rossiyaning yirik davlat arbobi I. I. Betsskoy (1704-1795)
tashabbusi bilan uning tuzgan loyihasi asosida 1763 yilda Moskvada, 1771 yilda esa
Sankt-Peterburgda tashlandiq bolala r uchun tarbiya uylari ochilgan. Amerikada
birinchi bor yetimxona 1790 yilda ochilgan.
XIX asrning birinchi yarim yillarigacha bo‗lgan davrlarda tabobat talabalariga
akusherlik kursi ma‘ruzalarida chaqaloq va go‗dak bolalar parvarishi va kasalliklari
to‗g‗risida qisqacha ma‘lumot berib o‗tilgan xolos. Bulardan farqli ravishda
S.F.Xotovitskiy 1836-1847 yillari akademiya talabalariga pediatriyadan to‗liq kurs
ma‘ruza o‗qib, bunda bola organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlari,
kasalliklarini har tomonlama to‗liq yoritib bergan. S.F.Xotovitskiy 1842 yilda
birinchi bor akusherlik, ona va bola kasalliklari klinikasini tashkil etgan va bunda
bolalar bo‗limiga klinikaning 1/3 qismi ajratib berilgan. S.F.Xotovitskiy birinchi
marotaba rus tilida bolalar kasalliklari bo‗yicha darslik yozib uni "Pediyatrika" nomi
bilan 1847 yili nashrdan chiqargan. S.F.Xotovitskiy haqli ravishda Rossiyada
pediatriya fanining asoschisi hisoblanadi.
7
Rossiyada birinchi bor pediatriya kafedrasi Sankt-Peterburgda 1865 yili
ochilib, uni boshqarish tibbiy jarrohlik akademiyasining professori V.M.Florinskiyga
topshirilgan. 1870 yildan bu kafedrani Nikolay Ivanovich Bыstroe (1841-1906)
boshqargan va bu davrda bolalar klinikasi pediatriya sohasi bo‗yicha yirik markazga
aylangan. N.I.Bыstroe 1885 yili bolalar vrachlari jamiyatini tashkil etgan va uning
birinchi raisi bo‗lgan. Moskva dorilfununining tibbiyot qo‗lliyoti 1861 yildan birinchi
bor bolalar kasalligi kursidan dotsent, keyinchalik professor Nikolay Alekseevich
Tolskiy (1830- 1891) ma‘ruza o‗qiy boshlagan. 1866 yilda N.A.Tolskiy Moskva
dorilfununida birinchi bor bolalar kasalliklari klinikasini tashkil etgan bo‗lib, u atigi
11 joyga ega bo‗lgan xolos. N.A.Tolskiy boshqargan klinikadan Rossiyaning
mashhur pediatrlari N.F.Filatov, N.P.Gundobin va N.S.Korsaqovlar yetishib chiqkan.
Mana shu yillarda Sankt-Peterburgda Karl Andreevich Rauxfusning (1835-
1915) faoliyati ko‗p qirrali va serunum bo‗lgan. Uning tashabbusi va loyixasi asosida
2 ta yirik o‗z davrida dunyo bo‗yicha namunali, ko‗zga ko‗ringan bolalar
shifoxonalari: biri Peterburgda 1869 yilda (hozirda uning nomi bilan ataladi),
ikkinchisi
Moskvada
1876
yilda
(hozir
I.V.Ruzakov
nomli)
qo‗rilgan.
N.A.Rauxfusning yirik ilmiy asarlari «Bolalarda tug‗ma yurak nuqsonlari», «Go‗dak
bolalarda bo‗g‗imlarni yiringli jarohatlanishi», «Bo‗g‗maga qarshi zardobni qo‗llash»
«Bolalar shifoxonasi qo‗rilishi» ga bag‗ishlangan. K.A.Rauxfus ekssudatli plevrit
kasallini diagnozida muhim bo‗lgan klinik belgi-sog‗ tomondagi umurtqa atrofida
perkussiya tovushini bo‗g‗ilishi «Rauxfus uchburchagi» simptomini yozgan, U ko‗p
sonli vrach pediatrlarni tayyorlab yetiщtirgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarda Rossiyada pediatriya fanining
taraqqiyotida Moskvada Nil Fedorovich Filatov (1847-1902) va Peterburgda Nikolay
Petrovich Gundobinning (1860-1908) faoliyatlari o‗chmas iz qoldirgan. Moskva
dorilfununining bolalar kasalliklari klinikasi professori N.F. Filatov o‗zining aql
zakovati, tabobat ilmiga o‗ta kuzatuvchanlik bilan yondoshiщi tufayli bolalar
kasalliklarini tekshirib aniqlashga ko‗p qimmatli yangiliklar kiritib, pediatriya fanini
jahon miqyosida oldinga siljishiga o‗lkan xizmat qilgan. Pediatriya mustaqil fan
sifatida XIX asrning o‗rtalarining birinchi yarmilarida paydo bo‗lgan. 1802 yili
Parijda jahonda birinchi marta bolalar shifoxonasi ochilgan. Bu yangilik pediatriya
sohasi bo‗yicha mutaxasislar tayyorlab borish va ilmiy izlanishlarni ko‗payib
borishiga asos solgan. Keyinchalik pediatriya sohasi bo‗yicha tadqiqot va davolash
markazlari Angliya, Amerika, Italiya, Shveysariya va boshqa davlatlarda ishlay
boshlagan. Rossiyada bolalar shifoxonasi birinchi marotaba 1834 yili Sankt-
Peterburgda, keyinchalik 1842 yili Moskvada ochilgan. da bu shifoxonalarning har
biri N.F.Filatov nomi bilan ataladi. 1844 yili esa Sankt-Peterburgda kichik yoshdagi
bolalar uchun maxsus shifoxona ochilib, hozirda u L.Paster nomi bilan ataladi. Bu
shifoxonalarni ochilishi Rossiyada bolalar tabobatini har tomonlama sistemali
ravishda o‗rganib borishga, pediatriya sohasida yetuk mutaxasislar yetishib
chiqishiga zamin tug‗dirgan. Rossiyada bolalar tabobatining rivojiga katta hissa
qo‗shgan olim Sankt-Peterburgdagi tibbiy jarrohlik akademiyasi akusherlik
kafedrasining professori Stefan Fomich Xotovitskiy (1796-1885) birinchi bor
pediatriya fanini alohida soha sifatida ajratib, uning ovqatlantirish ishlarini maqsadga
muvofiq, yo‗lga kuyish mumkin. Bu esa bolalar sog‗lig‗ini saqlash ishlarini to‗g‗ri
8
tashkil etish va bunda ijobiy natijalariga erishish im qoniyatini yaratadi. N.F.Filatov
birinchi marotaba xali ma‘lum bo‗lmagan qizamiq kasalining erta belgisi - lab va
lunjning shilliq qavatida kepaksimon toshma toshishini, hamda skarlatina qizilchasi,
bo‗yin limfa bezlarining yallig‗lanishi (infeksiyali mononukleoz) kasalliklari haqida
yozgan. Uning qator kitob, darslik va ma‘ruzalari: «Bolalar kas alliklarining
semiotika va diagnostikasi», «Bolalarning o‗tkir yuqumli kasalliklari haqida
ma‘ruzalar», «Klinik ma‘ruzalar», «Bolalar kasalliklaridan qisqacha darslik» va
boshqalar hozirgacha o‗z mohiyatini yo‗qotmagan bo‗lib, o‗z vaqtida ko‗plab xorijiy
davlat tillariga tarjima qilingan. Rossiya tabobat fanlari akademiyasida «N.F.Filatov
mukofoti» ta‘sis etilgan bo‗lib, pediatriya sohasidagi muhim ishlar bu mukofot bilan
taqdirlanib kelinadi. Moskvada N.F.Filatovga xaykal o‗rnatilgan bo‗lib, uning ostiga
«Bolalar do‗stiga» deb yozib qo‗yilgan. N.F.Filatovni bolalar tabobatiga qo‗shgan
o‗lkan xizmatlari uchun uni haqli ravishda Rus pediatriyasining otasi deb ataladi.
Sankt-Peterburg, tibbiy jarroxlik akademiyasining professori N.P. Gundobin o‗zining
ko‗p sonli ukuvchilari bilan bola organizmining yoshiga qarab, anatomiyasi,
gistologiyasi va fiziologiyasini chuqur o‗rganib, pediatriya fanining rivojiga katta
hissa qo‗shgan.U bemor boladagi kasallik belgilarini o‗ziga xosligini, bola
organizmining xususiyatlaridan qidirishni tavsiya etgan. N.P. Gundobin sh og‗irdlari
bilan amalga oshirilgan ko‗p yillik ishlari davomida 200 dan ziyod ilmiy asar, 112 ta
ilmiy ishlar yoqlangan va fundamental asari «Bola o rganizmining xususiyatlari
nomli kitobini 1906 yili nashrettirgan. Bu asar hozirgacha o‗z ahamiyatini
yo‗qotmagan, bu sohani o‗rganuvchilarning asosiy qo‗llanmalaridan biri bo‗lib
qolgan. Bundan tashqari u bolalar vrachlari uchun muhim qo‗llanmalar: «Bolalar
kasalliklarining umumiy va juz‘iy davosi», «7 yoshgacha bo‗lgan bolalar tarbiyasi va
davolash», «Rossiyada bolalar o‗limi va o‗nga qarshi kurash tadbirlari» ning muallifi
bo‗lgan. N.P. Gundobin ilmiy, pedagogik, davolash bilan bir qatorda yirik
tashkilotchi - Rossiyada bolalar o‗limiga qarshi kurash jamiyatining faol a‘zolaridan
biri bo‗lgan. Keyinchalik pediatriya kafedrasi va bolalar kasalliklari klinikalari
Rossiyaning boshqa shaharlarida ochila boshlagan. Sobiq ittifoq tizimining ilk
boshlanish davrida, 28 XII 1917 yilda sotsial ta‘minot xalq kommisariyatida onalik
va bolalik sog‗lig‗ini muhofaza etish bo‗limi tashkil etilgan bo‗lib, bu bo‗lim o‗z
faoliyatini bolalarga ko‗rsatiladigan davolash va profilaktika ishlarini har tomonlama
mukammal tuzilgan reja asosida olib borishdan boshlagan. Natijada ko‗plab bolalar
yasli, bog‗chalari, qonsultatsiya, poliklinika, sanatoriya, shifoxonalar, profilaktika
muassasalari tashkil etilib ochila boshlagan. Keyinchalik bu muassasalar soni yil
sayin ko‗payib, kengayib, murakkablashib, bolalarga ko‗rsatiladigan tibbiy yordam
ixtisoslashib borgan. Bu ishlarni kadrlar bilan ta‘minlash uchun ittifoqning tibbiyot
institutlarida pediatriya kafedralari, Leningradda esa maxsus pediatriya instituti
ochilgan. 1922 yili Moskvada ona va bolalikni muxofaza qilish markaziy davlat ilmiy
tekshirish instituti (hozir pediatriya instituti) ochilgan. Keyinchalik bunday institutlar
Leningradda va Sobik ittifoq respublikalari markazlarida ochilgan. Shu davrlarda
pediatriyaning rivojlanish, ravnaq topishiga qator mashhur olimlar o‗z hissasini
qo‗shgan. Bular ichida 2-Moskva tibbiyot institutining professori Aleksandr
Andreevich Kiselning (1859-1938) xizmatlari katta. U ning ilmiy ishlari bolalarda sil,
bod, bezgak kasallarini tekshirib aniqlashga qaratilgan. Iste‘dodli olim birinchilardan
9
revmatizm poliartritini, yurakni jarohatlanishi va xoreya bilan bog‗liqligini ko‗rsatib
o‗tgan. A,A. Kisel sog‗liqni saqlash ishlariga, jumladan, bolalar sanatoriyasini tashkil
etish va unda davolash ishlarini yo‗lga kuyish borasida ham katta hissa qo‗shgan.
Sobik ittifoq tibbiyot fanlar akademiyasining haqikiy a‘zosi, 1-Moskva tibbiyot
institutining professori Vasiliy Ivanovich Molchanov (1868-1959), ustozi N.F.
Filatov ta‘limotini davomchisi bo‗lgan. Uning ilmiy ishlari bolalarda nafas yo‗li
kasalliklari, bolalarda o‗sish va rivojlanishni buzilishi, toksik difteriya va skarlatina
kasalliklari klinikasi va unda yurak falajining patogenezi, revmatizm va skarlatina
kasaliklarini o‗zaro bog‗liqliklarini tekshirishga bag‗ishlagan. V.I. Molchanov o‗z
safdosh va izdoshlari D.D. Lebedev va Yu.D.Dombrovskayalar bilan hamkorlikda
yozilgan «Bolalar kasalliklar propedevtikasi darsligi 1970 yilgacha 5 marotaba qayta
naщr ettirshilgan va hozirgacha o‗z qimmatini yo‗qotgan emas. Sobik itifoq fanlar
akademiyasining muxbir a‘zosi sobiq ittifoq tibbiyot fanlar akademisining haqiqiy
a‘zosi sotsialistik mehnat qaxramoni professor Georgiy Nesterovich Speranskiy
(1873-1969) onalik va bolalikni muhofazasini asoschisi v a tashkilotchisi bo‗lgan.U
1908 yildayoq onalarga go‗dak bolani parvarishi bo‗yicha konsultatsiya, 1910 yilda
esa go‗dak bolalar shifoxonasini tashkil etgan. G.N. Speranskiy shogirdlari bilan
kichik yoshdagi bolalar fiziologiyasi, dietika va patologiyasi bo‗yicha ilmiy
tekshirishlar olib borib bu sohani rivojlantirishga katta hissa qo‗shgan. Uning
tahririyati ostida 1934 yili nashr etilgan «Kichik yoshdagi bolalar kasalliklaridan
darslik» ittifoqda bolalar vrachlari uchun birinchi mukammal qo‗llanmalaridan
bo‗lib, bu kitob hozirgacha o‗z kimmatini yo‗qotgan emas. G.N. Speranskiy butun
ittifoq bolalar vrachlari jamiyatining raisi, «Pediatriya» jurnalining mas‘ul kotibi
bo‗lgan. Hozirda bu jurnal uning nomi bilan ataladi. Sobik ittifoq tibbiyot fanlar
akademiyasining haqikiy a‘zosi professor Mixail Stepanovich Maslov (1885-1961)
haqli ravishda Leningrad pediatrlari maktabining asoschisi hisoblanadi. Ajoyib
shifoqor, chuqur fikrli ziyrak kuzatuvchanlik qobiliyatlarini o‗zida mujassam etgan
M.S. Maslov bolalar kasalliklari patogenezining yangicha ilmiy qonsepsiyasini ishlab
chiqib, shunga asosan kasallikning davolashda yangicha yondoshish yo‗llarini
ko‗rsatib bergan. U 180 dan ziyod asar, shu jumladan 12 monografiya va 15 ta yirik
qo‗llanmalar muallifidir. M.S. Maslovning darslik va qo‗llanmalari:«Bolani o‗rganish
asoslari»,«Bolalar kasalliklari», «Bolalar kasalliklarining diagnoz va prognozi»,
«Fakultet pediatriyasidan klinik ma‘ruzalar» va boshqalar hozirgi davrgacha
pediatrlar uchun asosiy qo‗llanmalardan hisoblanadi. Leningrad pediatrlar
maktabining yirik namoyondasi, Sobik ittifoq tibbiyot fanlar akademiyasining
haqikiy a‘zosi Aleksandr Fedorovich Tur (1894 - 1974) 1930 yildan Leningrad
pediatriya tibbiyot institutining gospital pediatriya kafedrasini boshqargan. U keng
miqyosida ilmiy, pedagogik, davolash, ishlarini olib borgan va qator fundamental
monografiya, qo‗llanma va darsliklar muallifi bo‗lgan. Bular jumlasiga «Bolalar
gematologiyasi», «Chaqaloqlar fiziologiyasi va patologiyasi», «Kichik yoshdagi
bolalar dietikasidan ma‘lumotnoma», «Raxit» kabi bebaho asarlar kiradi.
A.F.Turning «Bolalar kasalliklari propedikasi» darsligi 6 marotaba qayta nashr
etilgan bo‗lib, hozirgacha tibbiyot talabalari uchun asosiy qo‗llanmalardan biri
hisoblanadi. 1960 yildan keyingi davrlarda Sobik Ittifoqda pediatriya fani yanada
rivojlanib borishda sobiq ittifoq tibbiyot fanlar akademisining (hozirgi Rossiya
10
tibbiyot fanlar akademisi) haqiqiy a‘zolari va yirik olimlari M.Ya. Studenikin,
V.ATabolin, Yu.Ye. Veltiщev, L.I. Isaeva, V.P. Bisyarina, A.V. Mazurin,
I.M.Voronsov va boshqalarni xizmatlari katta bo‗lgan. A.V. Mazurin, I.M.
Voronsovning qalamiga mansub «Bolalar kasalliklari propedevtikasi» darsligi
hozirgacha tibbiyot oliygoxi talabalari uchun asosiy qo‗llanma bo‗lib xizmat qilib
kelmoqda.Bu qo‗llanmalar 3 marotaba (1999, 2000, 2009) qayta nashrdan chiqarildi
O‗ZBEKISTONDA PEDIATRIYaNING RIVOJLANIShI.
Pediatriya fani nisbatan yosh tabobat fani hisoblanib_ XIX asrgacha alohida
mustaqil fan sifatida mavjud bo‗lmagan. Ammo pediatriya sohasi bo‗yicha bilimning
ilk bor paydo bo‗lishi jud a q adim zamonlarga, eramizdan oldingi IV asrga, tabobat
ilmining otasi Bukrot (Gippoqrat) ning «Bola tabiati haqida» deb nomlangan asarini
yozgan davrlarga
_
borib taqaladi. Keyinchalik 1-2 asrlar davomida Sharqda Jolinus
nomi bilan mashxur bo‗lgan Rim faylasufi, dorishunosi va vrachi Galen, hamda Sele-
Soranlar bolalar parvarishi haqida va ularning davolab tarbiyalash haqida asarlar
yozishgan,
O‗rta asrda Sharq mamlakatlarida ilmu fan, jumladan tabobat fani ham mavjud
bo‗lib, yirik shaharlar: Bog‗dod, Astrabod, Hamadon, Buxoro, Samarqandda
shifoxonalar, Samarqandda esa hattoqi "Tabobat ilm maskani" deb nomlangan tibbiy
Madrasa 1066 yildayoq mavjud bo‗lgan. O‗sha davrning tabobat bilan shug‗ullangan
yirik olim va allomalari dunyo mikyosida erishilgan tabobat ilmlarini hayotga tadbiq
etibgina qolmay, uni mustaqil rivojlantirishga katta hissa qo‗shganlar Shular bilan bir
qatorda bolalar tabobatini rivojlantirishga doir masalalar ham allomalar e‘tiboridan
chetda qolmagan. O‗sha davrda faoliyat ko‗rsatgan allomalardan Roziy (Abu Bakr
Muhammad Ibn Zokariyo Ibn Yaxyo Ar Roziy 865-925) Sharqning yirik mutafakir
qomusiy olimi, tabobat, falsafa, rayozat va kimyo fanlarini rivojlantirishga katta xissa
qo‗shgan, o‗rta asr Ovropasida Roziy nomi bilan mashxur bo‗lgan olimdir. Roziy o‗zi
tug‗ilib o‗sgan Eronning Ray hamda Bog‗dod shaharlarida tabobat shifoxonalarini
boshqargan. Shunisi e‘tiborga moliligi Roziy birinchi bor o‗zi boshqargan
shifoxonalarda bemorlarni kundalik holatini yozib borishni, ya‘ni hozirgi kasallik
tarixini qo‗llashni joriy etgan. U birinchi bor o‗z asarida chechak va qizamiq klinik
simptomlarini batafsil ko‗rsatib, chechakga qarshi emlash lozimligini ko‗rsatib
o‗tgan. Roziy o‗sha davrdayoq bolalar tabobatiga oid «Chechak va qizamiq haqida
kitob», «Bola tarbiyasi haqida» va «Bolalar kasalliklari» nomli mustaqil asarlar
yaratgan. Roziy asarlari Ovropa xalqlari tillariga tarjima qilingan va chop etilgan
bo‗lib, XVI asrga qadar Sharq va Ovropa tabobatchilari shu qatori bolalar tabobati
bilan shug‗ullanganliklar uchun asosiy qo‗llanmalardan biri hisoblangan, ko‗pgina
dorilfununlarda darslik sifatida qo‗llanib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |