5
yaxshi avtoritet qozonishiga olib keladi, bolani tezroq sog‗ayishini ta‘minlaydi. Bola
organizmi nozik, kasallikka beriluvchan bo‗lib, parvarish qoidalari buzilganda bola
tezda og‗riydi. Bola injiq, yig‗lashi shifoqorning ko‗rishiga xalaqit qiladi. Shunda ham
shifoqor to‗liq ko‗rib, to‗g‗ri tashxis ko‗yish kerak. Shuning uchun bugundan boshlab
o‗zingiz ustingizda qattiq ishlashingiz, barcha ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotlarga
qatnashingiz, pediatriya bo‗yicha barcha adabiyotlar, internet materiallari,
yangiliklarni vaqtida o‗qib bilim saviyangizni oshirishingiz kerak. Shundagina siz
yaxshi bolalar shifokori bo‗lib yetishasiz. Bola organizmi kattalar organizmidan
o‗ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Shuning uchun siz, bola
organizmining barcha xususiyatlarini va pediatriya sirlarini o‗rganishingiz kerak.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi pediatriyani boshlanish qismi hisoblanadi.
Bolalalar kasalliklari propedevtikasi quyidagilarni o‗rgatadi. Bolalar kasalliklari
propedevtikasi kursi fanidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 1) Bola organizmini
anatomik va fiziologik xususiyatlari, jismoniy va asab-ruxiy rivojlanish
qonuniyatlari; 2) Bolani ob‘ektiv tekshirib, o‗ziga xos bo‗lgan anamnez yig‗ish
usullari; 3) Bolalar kasalliklarnni asosiy semiotikasi; 4) Sog‗lom bolalarni
ovqatlantirish qoidalari va bolalar ovqatini asosiylarini tayyorlash usullari, taomnoma
tuzishni o‗rgatadi. Bulardan tashqari bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi
vazifasiga bolalarni parvarish etish uslublari, hamda tibbiyot hamshirasi bajaradigan
tibbiy muolajalarni mustaqil egallab olishni ta‘minlash vazifasi ham kiradi. Vrach-
pediatr mana shu sanab o‗tilgan bo‗limlarni aniq bilmay turib, pediatriya cohasi
bo‗yicha profilaktika va davolash ishlarini olib borishligi mumkin emas. Bolani
yoshiga qarab unda kechayotgan morfologik va fiziologik jarayonini chuqur anglagan
holdagina jismoniy va asab-ruxiy rivojlanishini, klinik va laborator tekshirishlarni
to‗g‗ri baholash, bolalar kasalligini o‗ziga xosligini anglash mumkin. Bolaning
jismoniy, asab va ruhiy rivojlanishini faqat chuqur o‗zlashtirgan holdagina bola
tarbiyasi, kun tartibini, maqsad va vazifalarini belgilab bergan. Keyingi yuqorigi
kurslarda pediatriya sohasi bo‗yicha dars berish faqat pediatriya kafedralarida emas,
balki yana maxsus kafedralarda: bolalar infeksiyasi, bolalar jarrohligi, bolalar asab
kasalliklari, bolalar otolaringologiyasi, bolalar oftalmologiyasi kafedralarida davom
ettirilib, talabalarni bu sohalar bo‗yicha ham bilim va amaliyotini egallab borish im
qoniyatlarini, bolalarda uchraydigan har qanday kasalliklarni aniqlab, davolashni
chuqur o‗rganishni ta‘minlaydi. Oliygohni muvofaqiyatli tugatgan talaba bolalar va
o‗smirlar kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish bo‗yicha malakali tibbiy
yordam ko‗rsatadigan shifokor bo‗lib yetishib, «Umumiy amaliyot pediatri» degan
unvonga ega bo‗ladi. Umumiy amaliyot pediatri unvoniga ega bo‗lgan shifoqor o‗z
bilimini fan yutuqlari bilan muttasil boyitib borib va uni amaliyotda tadbiq etib,
bolalar sog‗lig‗ini saqlash, ularni sog‗lom o‗sishini ta‘minlash, kasallikni aniqlash,
davolash va oldini olishdek muhim davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan vazifaga o‗zini
munosib hissasini qo‗shib borishi lozim bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: