Xasana Axmedjanovna Yunusova (1917) tibiyot fanlari doqtori,
Respublikada xizmat ko‗rsatgan fan arbobi, professor. U uzoq yillar davomida
Toshkent Davlat tibbiyot oligohining bolalar yuqumli kasaliklari kafedrasini mudiri
bo‗lib ishlagan. X.A. Yunusova o‗z shogirdlari bilan Respublikamizda bolalar
yuqumli kasalliklarini eng dolzarb masalalari, jumladan, yuqumli ichak va havo-
tomchi xastaliklari, brutsellez, gepatit kasalliklarini chuqur o‗rganib, ularni
patogenetik davolash yo‗llarini ko‗rsatib bergan. U 175 ilmiy asar va 7 ta
monografiya muallifi bo‗lgan. Uning rahbarligida 6 ta fan doqtori va 30 dan ziyod
fan nomzodlari yetishib chiqkan. X.A. Yunusova «Respublikada xizmat ko‗rsatgan
vrach» unvoni, medal va faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.
Orxan
Serajitdinovich
Maxmudov
(1927)
tibbiyot
fanlari
doqtori,
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan fan arbobi, professor. U 1972 yildan O‗rta Osiyo
meditsina pediatriya instituti bolalar yuqumlik kasalliklari kafedrasi mudiri,
keyinchalik uzoq yillar davomida O‗zbekiston sog‗liqni saqlash vazirligi Pediatriya
ilmiy tekshirish instituti direktori vazifasida ishlagan. U institut ilmiy yo‗nalishlarini
16
respublika sog‗liqni saqlash amaliyoti ehtiyojiga qaratilgan holda olib borgan. Bunda
erishilgan natijalar o‗zining orginalligi tabobat ilmida va amaliyotda keng qo‗llanishi
bilan ajralib turadi. U 300 dan ziyod ilmiy maqola va 16 monografiya muallifi. O.S.
Maxmudov bolalar kasalligi va o‗limiga qarshi kurash tashkiliy choralarini
takomillashtirish borasida Respublika miqyosida ahamiyatga molik katta ishlarni
amalga oshirib kelgan. Uning rahbarligida 11 doqtorlik va 50 dan ziyod fan
nomzodlari, shu jumladan xorijiy Sharq davlatlari uchun kadrlar tayyorlangan. O.S.
Maxmudov markaziy Osiyo va Turkiya pediatrlari 11- ryog‗ion qongressi prezidenti
bo‗lgan va qator ilmiy ma‘ruzalar bilan Kanada, AKSh, Turkiya, Germaniya
Federativ Respublikasi, Fransiya, Gretsiya, Misr, Ispaniya, Indiya va boshqa davlat
halqaro pediatrlar qongresslarida ishtiroq etgan. U qator orden va medallar, hamda
Beruniy nomli O‗zbekiston davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1997 yilda Rossiya
Federativ tabiatshunoslik Akademiyasi (Tabobat ilmiy seksiyasiga) muxbir a‘zo etib
saylangan.
Turg‘unpo‘lat Obidovich Daminov (1941) O‗zbekiston Resbuplikasi Fanlar
Akademiyasing akademigi, meditsina fanlari doqtori, professor. T.O. Daminov o‗z
faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot oliygoxinig bolalar yuqumli kasalikllari
kafedrasidan boshlab, keyinchalik 1983- 1990 yillarda O‗zbekiston SSV pediatriya
ilmiy tekshirish insto‗ti direktori vazifasida ishlab. 1990 yildan 2006 yilgacha 1
Toshkent davlat tibbiyot oligohining rektori hamda institutning yuqumlik va bolalar
yuqumlik kasalliklari kafedrasining mudiri bo‗lib ishlamoqda. Uning ilmiy
izlanishlari ko‗p qirrali bo‗lib bolalarda viruslik gepatit kasalligining surunkalik sh
aqliga o‗tish sabablarini aniqlash, chaqaloq bolalarda nafas olishning buzulishi
sindromlarning sabablarini aniqlash, chaqaloqlar o‗limini oldini olish, bolalarda
viruslik gepatit «S» kasalligini tashxisini xususiyatlari va davolash muammolariga
bag‗ishlangan. T.O.Daminovning ilmiy ishlari 240 dan ziyod ilmiy maqola, 12
monografiya va qo‗llanmalar, 8 ta ixtiro, hamda uning rahbarligida chop etilgan 5 ta
ilmiy to‗plamlardan iborat. T.O. Daminovning raxbarligida 12 fan doqtorligi va 31
fan nomzodligi uchun dissertatsiyalar tayyorlangan. U Respublika fan va texnika
qo‗mitasida katta ilmiy raisi dasturning rahbari, pediatriya bo‗yicha ixtisoslashgan
ilmiy kengashning Respublika pediatriya ilmiy jamiyati raisining muovini hamdir.
T.O. Daminov qilgan ilmiy va tashkiliy xizmatlari uchun 1980 ylda «O‗zbekistonda
xizmat ko‗rsatgan vrach» unvoni, 1996 yilda O‗zbekiston Respublikasining
«Do‗stlik» ordeni bilan taqdirlangan. U 1999 yilda Polsha tibbiyot akademiyasining
akademigi etib saylangan, Albert Shveyser nomidagi halqaro oltin nishoni sovrindori
bo‗lgan. U O‗zbekiston Oliy Majlisi deputati etib saylangan, T.A.Daminov
O‗zbekiston «Adolat» sotsial demoqratik partiyasi siyosiy kengashining birinchi
kotibidir.
Shular bilan bir qatorda Respublikamiz mikyosida bolalarga jarroxlik
yordamini chuqur o‗zlashtirib, o‗lkaga moslab takomillashtirgan prof. K.X. Tagirov
(1907-1987), prof. M.A. Axmedov, prof. A.S. Sulaymonov (1938), bolalarda
tuberkulez kasali bilan kurashda jonbozlik kursatgan dots. M.Z. Lyubetsskaya (1901-
1967), prof. A.A. Saidaxmedov, bolalarda nevrologik kasalliklari zamonaviy
davolash bilan shug‗ullangan prof. Sh.Sh. Shomansurov (1928-1995) larning
faoliyatlari ham muhim o‗rin tutadi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |