2)Yangi tug‘ilgan chaqaloq ta’rifi (harakteristikasi). O‗z vaqtida yoki chala
tug‗ilganligi,chala tug‗ilganlik sabablari ko‗rsatilishi lozim.Tug‗ilgan paytidagi
og‗irligi va bo‗yi, bosh va ko‗krak aylanasi o‗lchamlari.Chaqaloqning birinchi
yig‗isi(kuchli yoki kuchsiz; tug‗ilgan paytidayoq yoki biroz o‗tib), kindik o‗qi qachon
tushgan, kindik yarasining bitish muddati.Chaqaloq terisida har xil toshmalarning
yoki bichilishlarning bo‗lgan , bo‗lmaganligi xaqida fiziologik sariqlikning qay
darajadaligi va davomiyligi. Bolaning birinchi marotaba ko‗krakka to‗tilishi, uni
ko‗krakni olishi va qay darajada emishi haqida ma‘lumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |