Salomatlikka nojo'ya ta'sir etuvchi siyosiy omillar
Siyosiy-mafkuraviy sharoitlar salomatlik masalalaridagi tajribamizga
kuchli ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi. Siyosat hayotimizning barcha ijtimoiy,
. iktisodiy va madaniy jarayonlarini sezilarli darajada aniqlab beradi. Siyosat
va mafkura ijtimoiy-iqtisodiy muhitga shakl beradi, uning rivojlanishini
quvvatlaydi. Shuningdek, atrof-muhit jismoniy holatining rivojlanishini ham
belgilanadi. Sog'liqni saqlash xizmati siyosat bilan bog'liq. Barcha siyosiy
mafkura doiralarida bu muvmmo muayyan ahamiyatga ega. Sog'liqni saqlash
xizmatining siyosiy tabiati manbalar turi va miqdoriga ta'sir etadi va
jamiyatning alohida tabaqalari salomatligini qo'llaydi. Sog'likni saqlash
xizmati mafkura doirasida zarur hisoblangan boshka kiymatlar va yutuqlarga
nisbatan yengadi yoki yengiladi.
Mamlakatlar doirasida ham, xalqaro darajada ham ijtimoiy va sog'liqni
saqlash masalalaridagi adolatsizlik kapitalizm natijasidir. Butun jahonda
sanoati rivojlangan (20%) mamlakatlar dunyo resurslarining 80%ini egallaydi.
Boylar va kambag'allar o'rtasidagi moddiy farq salomatlik masalalaridagi
tengsizlikni aniqlovchi asosiy omildir, chunki u kishilarning salomatlik uchun
uy-joy, ozik-ovqat va maorif kabi zarur manbalarga yetishishini ifodalaydi.
Shu ma'noda salomatlik qadri boyish bilan bog'lik, sog'lik kishining moliyaviy
imkoniyatiga kelib taqaladi. Agar mamlakatlar, hatto, barcha uchun barobar
asosiy tibbiy xizmatlar majmuas.ini ishlab chika olganda ham, pirovardvda bu
bilan moddiy imkoniyatga ega kishilargagina me'yoriy tibbiy yordam kafil
etilardi.
Jamiyat manfaati ustun mafkuralarda salomatlik qadri yuqorirok.
Salomatlik - millat iqtisodiy rivojlanishining zarur sharti va shu sababli ayrim
kishilar emas, balki millat manfaati nazarda tutiladi. Bundan shu kelib
chiqadiki, salomatlik uchun davlat ma'suldir. Ammo jamiyat manfaati ustun
sotsialistik mamlakatlarda ham sog'liqni saklash xizmati mafkura doirasida
salomatlikka nisbatan birlamchi hisoblangan iqtisodiy vazifalarni amalga
oshirish uchun «kurbonlik qilishi»ga to'g'ri kelmokda. Polshalik bir
muallifning yozishicha:
«... sog'liqni saqlash sohasida siyosatning ongli sinfiy xarakterga egaligiga
saramay, Polsha ichki ishlab chitsarishidagi ishchshar sinfi salomatligi
boshsa ijtimoiy sinfdagilarnikiga nisbatan yomonligicha qolmoqda.»
Har qanday iqtisodiy o'sishga intilgan jamiyat mahalliy, milliy va
xalkaro darajadagi muayyan imkoniyatlarga «ega» va «ega bo'lmagan»
kishilar o'rtasidagi salomatlik masalalarining tengsizligini ham qo'llaydi, ham
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |