O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
9-2 TEXS -20-guruh talabasi
Saidova Gulhayo Jahonqulovnaning
Ekalogiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan
REFERAT
Mavzu:
Inson salomatligi va uning muhofazasi
Bajardi:
Saidova. G.
Qabul
qildi: Fayziyeva. F.
Reja :
1. Salomatlikka nisbatan qarashlarimiz qanday shakllanadi?
2. Inson salomatligiga ekologik qarash.
3.Salomatlikka atrof-muxitning ta'siri
4.Inson salomatligi muhofazasi.
5.Xulosa .
1.Satomatlik va kasallikka nisbatan karashlarimiz ijtimoiy va madaniy
darajada yaralar ekan, bemorlar bilan doimiy мулоqот yoki muloqot
orttirilgan shaxsiy tajriba bunda sezilarli ta'sirga ega. Sog'liqni saqlash
xodimlarining jamiyat a'zosi sifatida shakllanishi kasallik yoki kasallanish
bilan bo'lgan doimiy to'knashish sharoitida kechadi.
Biz kishilik jamiyatining salomatlik haqidagi tasavvurlari bolalikdan
oilada va jamiyatda shakllanadigan bir qismi bo'lsak-да, kasbiy bilimlarimiz
va ish tajribamiz salomatlik va kasallik to'g'risidagi karashlarimizga kuchli
ta'sir etishi mumkin. Salomatlik hakida gapirganimizda, haqiqatda biz tibbiy
va ijtimoiy yordam xizmatlari to'g'risida gapirayotganimizni bildirishi
mumkin. Bizning tasavvurlarimiz turlicha ijtimoiy va madaniy muhitlarda
orttirilgan boshqa soha kishilari tasavvurlaridan mutlaqo farq qilishi mumkin.
Lekin ko'pchilik uchun real mavjudlikning biotibbiy talkin qilinishi
to'grirokdir. Biotibbiyot nuktai nazaridan «noratsional» tuyulgan harakat. agar
buni ma'lum guruh kishilari qarashlariga ko'ra tushunilsa. mutlaqo ratsional
bo'lishi mumkin.
Sog'liqni saqlash xodimlari foydalanadigan kasbiy manbalarda
salomatlikka nisbatan jamiyatda qabul qilingan tasavvurlarga ko'pincha
eskirgan yoki bepisand muomalani ko'rish mumkin. Bular shuni bildiradiki,
kishilar fan ma'lumotlariga yetishishlarining qandaydir darajada «iloji
bo'lmagan» yoki ilmiy tibbiyot ularning intellektual kobiliyatlaridan ko'pincha
ancha yuqori turadi.
Haqiqatda ko'pchilik kishilar o'z sog'liklariga nisbatan juda murakkab va
yaxlit qarashlardalar, ammo ular tajriba va tasavvurlarining mutaxassislar va
siyosatchilar tomonidan inkor etilishini o'zlarvda ko'ra olishlari mumkin.
Buning isboti sifatida odamlar salomatligiga atrof-muhit nojo'ya omillari
ta'sir qilgandagi sarosimani olish mumkin. Hukumat iqtisodiy mulohazalardan
kelib chikib, aholining xavotirlarini paykamay qolishi mumkin. Ilmiy olam esa
toki ilmiy-ishonarli usullar bilan o'lchanmaguncha ilmiy «dalillar»
yetishmasligi sababli ularning tajribalarini tasdiqlamasligi mumkin. Ko'pincha
aholi duchor bo'lgan zararli ta'sirlarni o'lchash mumkin (masalan,
mahsulotning radiatsion ifloslanishi darajasi), birok bu ko'rsatkichlar iqtisodiy
sabablarga ko'ra e'tiborsiz qolishi mumkin.
Adabiyotlarda, shuningdek, «kishilarning alohida guruhlari» salomatlik
mezonlari to'g'risida to'liq tushunchaga ega emaslar, degan taxminlar bor.
Tibbiy adabiyot tarixan ayollar tajribalari va ularning harakatini tartibga
solishni inkor etuvchi patriarxal qayd etishlarga to'lgan. Bundan tashqari,
«ehtiyojlar iyerarxiyasi» psixologik nazariyasiga tayangan salomatlik haqidagi
ko'plab
qarashlar
(masalan,
Maslow,
2-bobga
karang)
«aniq