mablag‗larni, boshqa banklarning vakillik hisobvarag‗idagi qoldiqlarni kiritish
mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy hisob kitoblar uchun mo‗jallangan. Bu
hisobvaraqdagi mablag‗lar harakati naqd pul, pul o‗tkazish, boshqa hisob-kitob
hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtai
nazaridan qaraganda joriy va byudjet hisobvaraqlari, kapital qo‗yilmalarni
moliyalashtirish bo‗yicha hisobvaraqlar, maxsus hisobvaraqlar banklar uchun
foydaliroq hisoblanadi. Chunki bu mablag‗lar yuqori likvidlilikka ega. Bu depozit
turining asosiy kamchiligi – ular bo‗yicha juda kam miqdorda foizlarning
to‗lanishi yoki umuman to‗lanmasligidir. Bundan tashqari joriy va byudjet
hisobvaraqa egalari o‗zlarining statuslaridan kelib chiqib kredit olmaydilar, bu esa
banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag‗larini ham kiritish
22
mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to‗lovlarni bir tomonlama
tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‗yicha amalga oshirish maqsadida
ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan vakillik hisobvarag‗i
«Nostro» scheti, mazkur bank boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‗i
«Loro» scheti deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo
imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqalardan
to‗lovlar, qoidaga ko‗ra, ulardagi mablag‗lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi
kerak. Ular bo‗yicha mavjud mablag‗lardan ko‗proq operatsiyalar o‗tkazish
zaruriyati tug‗ilganda, vakilga alohida balans hisobvarag‗idan overdraft krediti
berilishi mumkin.
Talab qilib olinguncha bo‗lgan depozitlarga kontokorrent hisobvarag‗i
mablag‗larini ham kiritish mumkin mumkin.
Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan
tashqari nau-hisobvaraqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib
berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi.
Talab qilib olingungacha bo‗lgan depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
11. depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‗ni
qo‗yish yoki olishi mumkin;
12. depozit muddati chegaralanmagan;
13. kam miqdorda foiz to‗lanadi;
14. bu turdagi depozitlar bo‗yicha Markaziy bankga o‗tkaziladigan majburiy
rezervlar salmog‗i yuqori va h.k.
Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‗lar tarkibida talab qilib olinguncha
depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng
arzon manbaidir. Mablag‗larning yuqori harakatchanligi tufayli talab qiluvchi
hisobvaraqalardagi qoldiq doimiy emas, ba‘zida juda o‗zgaruvchan. Hisobvarag‗i
egasi istagan paytda mablag‗larni olish ehtimoli bank oborotida yuqori likvid
aktivlarning hissasi ko‗proq bo‗lishini talab qiladi. Bu esa kamroq likvidlika ega
bo‗lgan, biroq yuqori daromad keltiruvchi aktivlarning hissasining qisqarishi
evaziga yuz beradi. Shu sababli banklar talab qilgungacha hisobvarag‗i egalariga
past foiz to‗laydilar yoki umuman to‗lamaydilar. Biroq, talab qilguncha
hisobvaraqalardagi
mablag‗larning
yuqori
darajadagi
harakatchanligiga
qaramasdan, ularning minimal, doimiy qoldig‗ini aniqlash va ulardan barqaror
kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatiga banklar ega bo‗lmog‗i lozim.
Muddatli depozitlar – bu banklar tomonidan ma‘lum muddatga jalb
qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‗yilgan muddatda o‗zgarmas
bo‗lishi lozim va ular joriy to‗lovlar uchun ishlatilmaydi.
Muddatli qo‗yilmalar mablag‗larni shartnoma bo‗yicha muddat va shartlarda
to‗liq bank ixtiyoriga berishni anglatadi, bu muddat tugashi bilan muddatli
qo‗yilma xohlagan paytda egasi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Muddatli
qo‗yilma bo‗yicha to‗lanadigan foiz hajmi depozit muddati, summasi va
shartnomani pul qo‗yuvchi tomonidan bajarilishiga bog‗liqdir. O‗o‗yilmaning
muddati va summasi qanchalik katta bo‗lsa, foizi ham shunchalik yuqori bo‗ladi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek amaliyotda asosan 1, 3, 6, 9, 12 oy yoki yanada
uzoqroq muddatga qo‗yilmalar rasmiylashtiriladi. Bunday aniq chegaralar pul
qo‗yuvchilarni o‗zlarining mablag‗larini ratsional tashkil qilish va qo‗yilmalar
23
qo‗yishga rag‗batlantiradi, shuningdek banklarga o‗zlarining likvidliklarini
boshqarish uchun sharoit yaratadi. Pul qo‗yuvchi tomonidan qo‗yilma bo‗yicha
mablag‗larni muddatidan oldin olinganda u shartnomada ko‗rsatilgan foizlardan
to‗liq yoki qisman mahrum bo‗lishi mumkin. Odatda bunday hollarda foizlar talab
qilgungacha qo‗yilmalarga to‗lanadigan foizlar hajmigacha pasaytiriladi.
Muddatli depozitlar depozitlarning boshqa turlariga nisbatan bankka barqaror
resurs bazasini ta‘minlaydi. Shu bois tijorat banklari muddatli depozitlar
salmog‗ini ko‗paytirishga harakat qilishlari lozim.
Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega:
15.
aniq muddatga ega va ular bo‗yicha o‗zgarmas (depozit siyosatida
ko‗rsatilgan) foiz to‗lanadi;
16.
joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi;
17.
mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim aks holda foiz
to‗lash bo‗yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha
depozit miqdorida foiz to‗lanishi mumkin;
18.
mablag‗lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‗naltiriladi;
19.
majburiy rezerv normasi nisbatan past bo‗lishi mumkin va h.k.
Jamg‗arma depozitlari aholi pul jamg‗armalarining to‗planishi uchun xizmat
qiladi. Jamg‗arma depozitlarga pul mablag‗larini jamg‗arish yoki saqlash
maqsadida shakllantirilgan qo‗yilmalar kiradi. Ularning maxsus xususiyatli
tomonlari – saqlashning rag‗batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma‘lum
davr ichida jamg‗arila borishi kabilar hisoblanadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi,
kreditlar berish salohiyati to‗lovlar amalga oshiriladi, banklarning daromadlari
vujudga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: