― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


Omonatlar xavfsizliginining davlat tizimi



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Omonatlar xavfsizliginining davlat tizimi.  

www.nv.frb.org/piohome/regs.html

 

Banklar faoliyatini tartibga solish haqida axborot.  



8-bobdan bilamizki, banklar noto‘g‘ri  tanlash va  ma‘naviy  risk  muammosini 

muvaffaqiyatli  hal  etish  mumkin,  chunki  ular  xususiy  ssudalar  beradilar,  bu  esa 

―chiptasizlik‖  muammosini  chetlab  o‘tishga  imkon  beradi.  Bu  boshqa 

muammolarni  keltirib  chiqaradi,-ya‘ni  axborotning  tarqoqliligi,  chunki  bunda 

                                                 

133


  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 

Columbia University - 2004. Page 260. 

 

134


  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 

Columbia University - 2004. Page 260. 




15 

 

omonatchilar  bunday  xususiy  ssudalar  sifati  haqida  etarli  darajada  xabardor 



bo‘lmaganlar.  Bunkdan  nima  uchun  bank  tizimi  to‘liq  ravishda  yaxshi  faoliyat 

yurita olmayapti, degan ikkita sabab kelib chiqadi

135



Birinchidan,  1934  yilga  qadar  Omonatlarni  sug‘urta  qilish  Federal 



korporatsiyasi  (OSQFK)  o‘z  faoliyatini  boshlaganida  banklarning  bankrotliligi 

(banklarning  monatchilar  va  kreditorlar  oldidagi  majburiyatlari  javob  beraolmay 

qolishi va o‘z faoliyatini to‘xtatish holati) shunday vaziyatlarga olib kelgan ediki, 

omonatchilar  o‘z  depozitlarini  banklar  likvidatsiya  bo‘lganiga  qadar  kutishga 

majbur  edilar  (ya‘ni,  aktivlari  naqd  pul  mablag‘lariga  aylangunga  qadar  kutar 

edilar).O‘sha  paytlarda  omonatchilarga  mablag‘larning  faqat  bir  qismini  qaytarar 

edilar. Bank menedjerlari kimlar ekanligi haqida etarli tasavvurga ega bo‘lmasdan 

va  ular  katta  miqdordagi  risklarni  qabul  qiladimi,  yo‘qmi,  omonatchilar  esa 

banklarga  o‘z  jamg‘armalarini  xoxlamasdan  olib  borar  edilar.  Banklar  esa,  o‘z 

navbatida, etarli darajada faoliyat yuritishga qodir emas edilar

136



Ikkinchidan, omonatchilarning bank aktivlari sifati haqida etarlicha xabardor 



emasligi, bank shov-shuvlariga olib kelishi mumkin edi, buni biz 8 bobdan yaxshi 

bilamiz, bu iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Buni tushunish uchun quyidagi 

holatni tasavvur qilamiz. Depozitlar sug‘urta qilinmagan va iqtisodiyot tepki ostida 

qolmoqda. Natijada banklarning 5 foizi ssudalar bo‘yicha juda katta yo‘qotishlarni 

boshidan kechiradi, to‘lovga qobil bo‘lmay qoladi (banklarning sof qiymati salbiy 

ko‘rsatkichga  aylanadi  va  ular  bankrot  bo‘ladi).  Axborotlarning  tarqoqliligi 

natijasida  omonatchilar  o‘zlarining    mablag‘lari  barqaror  faoliyat  ko‘rsatayotgan 

bankdami?  yoki  yuqorida  qayd  etilgan  5  foiz  yomon  holatga  tushib  qolgan 

banklardami?, degan savolga javob ololmaydilar. Omonatchilar yaxshi banklardan 

ham  yomon  banklardan  ham  o‘z  depozitlarining  har  bir  dollaridan  100  tsentni 

xoxlasalar  ham  qaytarib  ololmaydilar

137


.  Banklar  mijozlarning  talablarini  navbati 

bilan qondirar ekan, omonatchilar birinchi bo‘lib bankka kelishlari va o‘z pullarini 

qaytarib  olishlaridan  juda  minnatdorlar,  chunki,  omonatchilar  bankka  kelishni 

cho‘zib yuborsalar banklarning resurslari vaqt o‘tishi bilan tugashi va omonatchilar 

hech vaqosiz qolishlari  mumkin.  Bank  tizimining umumiy  holatidagi noaniqliklar 

shunday  vaziyatga  olib  kelishi  mumkinki,  omonatchilar  ishonchsiz  va  ishonchli 

banklardan ham o‘z pullarini olib keta boshlaydilar va bitta bankning bankrotliligi 

boshqa  banklarning  bankrotliligiga  olib  kelishi  mumkin  (bunday  holatni 

yuqumlilik ta‘siri, deb atashadi). Agar banklarga bo‘lgan ijtimoiy ishonchni tiklash 

bo‘yicha  hech  nima  qilmasdan  qo‘l  qovushtirib  o‘tirsa,  ushbu  holat  bank  shov-

shuvlariga ham olib kelishi mumkin

138


.        

Real  holatda  bank  shov-shuvlari  XIX  asrning  oxiridan  XX  asrning  boshiga 

qadar  AQSh  tarixining bir qismiga  aylandi. Ushbu  shov-shuvlarning  eng  yiriklari 

har 20  yilda sodir bo‘la  boshladi.  Xususan,  1819  yilda, 1837, 1873,  1893, 1930-

                                                 

135


  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 

Columbia University - 2004. Page 260. 

136

  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 



Columbia University - 2004. Page 261. 

137


  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 

Columbia University - 2004. Page 261. 

138

  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 



Columbia University - 2004. Page 261. 


16 

 

1933  yillarda.    Banklarning  bankrotga  uchrash  holatlari  hatto  iqtisodiy  o‘sish 



davrida  ham  jiddiy  muammoga  aylandi.  1920  yillarda  banklarning  bankrotlikka 

uchrash holatlari soni o‘rtacha 600 taga etdi

139



Omonatlarning  xavfsizligini  ta‘minlashning  davlat  tizimi  omonatchilarning 



banklarga  bo‘lgan  e‘tirozlarini  bartaraf  etish  va  bank  shov-shuvlari  paydo 

bo‘lishining oldini olishi mumkin hamda omonatchilarning banklarga omonatlarini 

joylashtirmaslik  xoxishlarini  bartaraf  etishi  mumkin.  Omonatlar  xavfsizligini 

ta‘minlashning  shakllaridan  biri  bu  depozitlarni  sug‘urta  qilish,  kafolat  yuzaga 

chiqdi.      Bu  esa,  AQShda  OSQFK  ta‘minlandi.  Bunda  omonatlarning  bank 

depozitlariga qo‘yilgan dastlabki 100 ming dollari bankka nima bo‘lishidan qat‘iy 

nazar, omonatchilarga to‘liq ravishda to‘lab beriladi

140


. Agar depozitlar  bo‘yicha 

to‘liq qoplash nazarda tutilgan bo‘lsa, omonatchilar o‘z pullarini qaytarib olishlari 

uchun  banklarga  yugurib  borishlari  shart  emas,  hatto  ular  bank  muassasining 

moliyaviy  sog‘lomligi  bo‘yicha  vahimaga  tushgan  bo‘lsada.  Chunki,  ularning 

omonatlarining har bir  dollari uchun  100 tsent  hisobida bankka  nima  bo‘lishidan 

qat‘iy nazar, to‘liq qaytarib beriladi. 1930 yildan 1933 yilga qadar, ya‘ni bevosita 

OSQKF paydo bo‘lganiga qadar banklarning o‘rtacha yillik bankrot bo‘lish holati 

yiliga 2000 tagacha etdi. 1934 yilda OSQKF tashkil etilganidan keyin banklarning 

bankrot  bo‘lish  holati  kamaydi  va  1981  yilga  kelib  banklarning  bankrot  bo‘lish 

holtlari soni yiliga 15 tadan ham kamayib ketdi141.     

OSQKF  bankrot  bo‘lgan  banklar  bilan  ishlashda  ikkita  asosiy    usuldan 

foydalanadi.  To‘lash  usuli  deb  nomlangan  birinchi  usuldan  foydalanilganda 

banklarning  bankrot  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yiladi  va  omonatchilarga  belgilangan  100 

ming  dollarlik  limit  to‘lab  beriladi  OSQKF  sug‘urtasiga  ega  bo‘lgan  banklar 

tomonidan  to‘lanadigan  mablag‘lar  hisobidan  sug‘urta  to‘lovlari  sifatida  tushgan 

pul  mablag‘lari  hisobidan  to‘lab  beriladi.  Bank  likvidatsiya  qilinganidan  keyin 

OSQKF  boshqa  kreditorlar  bilan  aktivlarni  sotishdan  tushgan  mablag‘lar  bilan 

hisob-kitob qiladi. Odatda to‘lab berish usuli qo‘llanilganida omonatchilarning 100 

ming  dollardan  ortgan  omonatlarining  90  foizi  kompensatsiya  qilinadi  va  u  bir 

necha yillarga cho‘zilishi mumkin142.  

Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit bo‗lmagan resurslari tarkibida 

asosiy  yirik  manbalardan  biri  qimmatli  qog‗ozlar hisoblanadi.  Banklar  moliyaviy 

resurslarni  shakllantirish  maqsadida  aksiya,  obligatsiya,  depozit  va  jamg‗arma 

sertifikatlarni  muomalaga  chiqaradi.  SHuningdek,  tijorat  banklari  uzoq  muddatli 

resurslarini  shakllantirishda  ipoteka  va  subordinar  qimmatli  qog‗ozlari  muhim 

o‗rin  tutadi.  Banklarning  qimmatli  qog‗ozlarni  muomalaga  chiqarish  orqali 

resurslarni  shakllantirish  bilan  bog‗liq  operatsiyalarini  ikkita  guruhga  ajratish 

maqsadga muvofiq.  

                                                 

139


  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 

Columbia University - 2004. Page 261. 

140

  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 



Columbia University - 2004. Page 261. 

141


  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 

Columbia University - 2004. Page 261. 

142

  Mishkin,  Frederic  S.  The  ecocnomics  of  money,  banking,  and  financial  markets.  Seventh  edition. 



Columbia University - 2004. Page 261.  

 



17 

 

Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‗shimcha kapitalini shakllantirish 



maqsadida  aksiya  va  subordinar  qimmatli  qog‗ozlarni  muomalaga  chiqarish 

bo‗yicha  operatsiyalari,  ikkinchi  guruhga  esa  qisqa  va  uzoq  muddatli  resurslarga 

bo‗lgan  ehtiyojini  qoplash  uchun  obligatsiya  va  ipoteka  qimmatli  qog‗ozlari, 

depozit va jamg‗arma sertifikatlari bilan bog‗liq operatsiyalari kiradi.   

Aksiya  va  sertifikatlarning  bozor  bahosi  banklarning  ushbu  bozordagi 

faoliyatini baholovchi iqtisodiy ko‗rsatkich hisoblanadi. Tijorat banklari aksiyalari 

va  sertifikatlarning  bozor  bahosi  ortib  borishi  ularning  oldi–sotdisiga  ijobiy  ta‘sir 

ko‗rsatadi.   Ko‗pchilik hollarda tijorat banklari o‗z aksiyalari va sertifikatlarining  

ikkilamchi qimmatli qog‗ozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion 

kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqishi mumkin.   

Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi moliya bozoridagi 

mavjud talab va taklif asosida o‗rnatiladi. Aksiya va  sertifikatlarning nominal va 

bozor bahosi o‗rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo‗lishi mumkin. Agar ushbu farq 

ijobiy  bo‗lsa,  tijorat  banklari  moliyaviy  jihatdan  barqaror  va  raqobatbardosh 

ekanligidan  dalolat  beradi.  Mazkur  holat  banklarning  qimmatli  qog‗ozlar  orqali  

resurslarini oshirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.  

Tijorat  banklari  aksiya  va  sertifikatlarining  bahosiga  ta‘sir  qiladigan  asosiy 

omillardan biri ularga to‗lanadigan dividend va foiz to‗lovlari hisoblanadi. Aksiya 

va  sertifikatlarga  to‗lanadigan  to‗lovlar  miqdorining  yuqoriligi  va  barqarorligi 

banklarning  qimmatli  qog‗ozlar  bozoridagi  emitent  nufuzini  oshirishga  bevosita 

ta‘sir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosida 

iqtisodiy  foyda olish yotadi. 

Shuni  alohida  ta‘kidlash  lozimki,  tijorat  banklari  qimmatli  qog‗ozlar 

bozoridagi  emitent,  investor  yoki  vositachi  sifatidagi  ishtirokiga  iqtisodiyotdagi 

inflyasiya  darajasi  bevosita  ta‘sir  qiladi.  SHu  bois,  banklar  qimmatli  qog‗ozlar 

bozorida,  ayniqsa  emitent  sifatida  qatnashganida  inflyasiya  darajasini  inobatga 

olishi lozim.  

Tijorat banklari mablag‗lari ikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil 

etadi.  Bank  kapitali  tarkibida  ustav  kapitalining  tashkil  topishi  va  barqarorligi 

jihatidan muhim moliyaviy manba bo‗lib hisoblanadi.  




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish