XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilar «bancherii» deb atagan. Agar
puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‗z ishiga mas‘uliyasizlik qilsa, u
o‗tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb
atashgan. Ya‘ni bizga ma‘lum bo‗lgan «bankrot» so‗zi ham italyancha «banca»
Banklar paydo bo‗lishining boshlang‗ich bosqich XVI asrda Florensiya va
Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisob-lanadi. Keyinchalik shunday
banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgda (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda,
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‗z mijozlari–savdogarlarga xizmat
qilgan, ular o‗rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o‗z
mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar ko‗rishdan himoya qilgan. Ular
hisoblarni ma‘lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul
birligida olib borishgan. O‗zlari-ning bo‗sh pul mablag‗larini jirobanklar davlatga,
shaharlarga, chet el savdogarlariga ssudaga berishgan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda
aksionerlik banki sifatida tashkil bo‗lgan. Bu bank aksioner-emission bank bo‗lib,
unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik, sanoat
rivojlanishi nati-jasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan.
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‗liq xarajatlar
va talablarning oshishi, savdo kapitali aylani-shining tezlashuvi bilan bog‗liq
bo‗lgan.
Natural
xo‗jalik
munosabatlarining
tugashi,
savdo-sotiq
munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning
rivojlanishiga yo‗l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb
qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‗lanishi,
doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylani-shini esa bank tomonidan
boshqarilishi zarur edi. SHunday qilib, banklar mablag‗larni yig‗ish va taqsimlash
orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli
o‗laroq bankir tadbirkor sifatida o‗z ish faoliyatini olib borgan.
Agar sanoat sohasidagi puldor o‗z kapitalini sanoatga, savdogar o‗z
mablag‗ini savdoga qo‗ysa, bankir o‗z kapitalini bank ishiga qo‗yadi. Ssuda
kapitalisti asosan o‗zining bo‗sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan
jalb qilingan mablag‗larga tayanadi. Ssudaga mablag‗ beruvchi puldorning
daromadi ssuda foizi bo‗lsa, bankir-ning daromadi bank foydasi hisoblanadi.
Banklar korxona, tash-kilot, davlat muassasalari, aholi bo‗sh pullarini jalb qilish
orqa-li katta hajmdagi kapitalni o‗z qo‗llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi
kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular
faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga
aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‗jaligi mavjud bo‗lgan bo‗sh
mablag‗larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‗z ichiga oladi. Bank o‗z
faoliyati davomida ma‘lum daromadga ega bo‗ladi. Bu daromad bank jalb qilgan
resurslarga yo‗naltirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo‗yicha oladigan foiz
o‗rtasidagi farqdan iborat bo‗ladi.
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni
tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit insti-tutlar yig‗indisiga aytiladi. Kredit
tizimi orqali huquqiy va jis-moniy shaxslarning vaqtincha bo‗sh mablag‗lari
yig‗iladi va korxona, tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga
beriladi. Kredit tizimi bir necha bo‗g‗inlardan iborat bo‗lishi mumkin. Mab-
lag‗larni jalb qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‗g‗inlari o‗z
xususiyatlariga ega bo‗ladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o‗zining tashkil
qilinish turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
– Markaziy bank;
– tijorat banklar;
– maxsus-kredit institutlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‗onali kredit bank tizimi ko‗p
mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va
nobank kredit muassasalaridir.
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi:
– tijorat banklar;
– investitsiya banklari;
– jamg‗armalar jalb qiluvchi banklar (O‗zbekistonda Xalq banki);
– ipoteka banki;
– savdo banklari;
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo‗yicha banklar;
– tarmoqlar bo‗yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar.
Nobank kredit tashkilotlarga:
– investitsiya kompaniyalari;
– sug‗urta kompaniyalari;
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi.
Kredit tizimida asosiy o‗rinni bank institutlari, bank ins-titutlari tarkibida
salmoqli o‗rinni tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa
bo‗g‗inlariga nisbatan ko‗proq bo‗sh resurslarni jalb qiladi va ko‗p miqdorda
mijozlarga kreditlar beradi.
Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini
to‗ldiradi va ular iqtisodiyotning kam renta-bellik, kam foydali tarmoqlariga
(qishloq xo‗jaligi, uy-joy quri-lish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) engil
sharoitda kreditlar berish yo‗li bilan ularning faoliyatini rag‗batlantirib,
rivojlantirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: