bo‗ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha va miqdorda
Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi–olimlar kreditning funksiyalarini beshta
ekanligigini ta‘kidlashsa
107
, ayrimlarida uning funksiyalari ikkitadan iboratligiga
da‘vogarlik qiladi
108
.
Iqtisodchi – olimlarning kredit funksiyalari haqidagi fikrlariga, shuningdek,
kreditning tovar–pul munosabatlari va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardagi
ishtirokiga tayangan holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala jarayonini
tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda pul
kapitalini jamg‗arish va markazlashuvini jadallashtirish (4) funksiyalarini
bajarishini ta‘kidlash mumkin.
Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy
funksiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funksiyasi orqali jismoniy va yuridik
shaxslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan qismini
tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag‗lar iqtisodiyotning qo‗shimcha
resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.
Kredit ushbu funksiyasi orqali vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larining
sohiblariga qo‗shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‗shimcha
mablag‗larga ehtiyoji mavjud shaxslarga tegishli foizlar berish asosida daromad
olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini
ta‘minlash natijasida qo‗shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi.
Demak, kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali ssuda kapitali
iqtisodiyotning tarmoqlari o‗rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit
munosabatlarida
bevosita
ishtirok
etayotgan
tomonlarning
iqtisodiy
manfaatdorligini ta‘minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini
kreditor ixtiyoriga yo‗naltirgan shaxslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi.
Kreditning qayta taqsimlash funksiyasini amal qilishida pulning jamg‗arma
funksiyasining bevosita va bilvosita ta‘siri mavjud. Ushbu masalaga klassik va
neoklassik maktab vakillari alohida e‘tibor qaratishgan. Xususan, A.Marshall
«odamlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‗lishiga qaramasdan, ular uni (pulni)
ishlatmasliklari mumkin», deydi. Ko‗rinib turibdiki, ushbu e‘tirof Sey qonunini
to‗lig‗icha inkor etmaydi. Aksincha, neoklassik – iqtisodchilar shunday to‗xtamga
kelishdiki, Sey qonuni bir shart bilan bajariladi, bu vaqtda faqat jamg‗arma (S)
investitsiya (I) ko‗rinishini oladi. Ularning ta‘kidlashicha, bu vaqtda kapital
bozoridagi talab va taklifning muvozanati foiz stavkasining barqarorligi hisobiga
yuz beradi. Agar jamg‗arma (kapitalning taklifi) hajmi mo‗ljallangan investitsiya
qilish hajmidan kam bo‗lsa, natijada foiz stavkasi oshadi, buning oqibatida
investitsiyaga bo‗lgan talab kamayadi, jamg‗armaga nisbatan taklif esa ortadi.
109
Ushbu holat o‗rtasidagi o‗zaro muvozanat jamg‗arma va kreditning foiz stavkasi
asosida tartibga solinadi.
Agar klassik maktab vakillari investitsiya va jamg‗armaning hajmiga foiz
stavkasining ta‘sirini asosiy omil qilib ko‗rsatsalar, keynschilar esa uning hajmiga
107
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 168 – 170 бб.
108
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф.
О.И.Лавшурина. – 5 – е изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 251 – 252.
109
Ядгаров Я.С. История экономических учений. –М.: ИНФРА – М, 2001, – С.313.
uy xo‗jaligi a‘zolari tomonidan olayotgan daromadlar miqdori ta‘sir qiladi, deb
ta‘kidlaydilar. Albatta, bu jarayon kreditning qayta taqsimlash funksiyasiga
bilvosita ta‘siri mavjud.
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul
muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta‘sir qiladi. Bu
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini tegishli fondlarga jalb etish orqali
ularni pul aylanmasiga kiritadi.
Ma‘lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning
ta‘minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini
oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‗shimcha mablag‗larga bo‗lgan
ehtiyojni ta‘minlaydi.
Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir
hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqlarga o‗tkaziladi. Bu o‗z navbatida
muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Kredit paydo bo‗lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‗lgan
veksellarni paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Albatta, veksellar xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning vaqtinchalik pul mablag‗lari bilan bog‗liq muammolarni hal etishda,
kredit munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga
chiqadi.
Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish funksiyasi
asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga oshiriladi.
Ma‘lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish maqsadida
qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, berilgan
kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank
tomonidan kreditlar ko‗rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki
bu yo‗l bilan naqdlashtiradi.
Kredit pul kapitalini jamg‗arish va markazlashuvini jadallashtirish funksiyasi
yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‗aradi. Jamg‗armalar
yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit‘alar yoki ayrim kompaniyalarda
mablag‗larning markazlashuvi ro‗y beradi. Kredit mablag‗larining markazlashuvi
hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan joylarda yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: