7.2.Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
ar bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig
yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi
yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:
1) Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning
doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni
rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo‘qotishga olib
keladi.
2) Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga
oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi
tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi
o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan
imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli
tovarlar sotib oladilar.
3) Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik
kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi.
Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tariladi. Chunki inflyatsiya darajasi
tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan
kreditlarning 17 foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat
ishonchni pasaytiradi. Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib
daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu
qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan
kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda
berilishligi. Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va
milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi:
1) Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat
xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasida
2) Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan
muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi.
Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
3) Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va
xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida
ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy
holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin
H
o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo
qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar,
nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar,
bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
4) Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul
qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar
qo`shimcha zarar ko`radi. Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va
ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy
aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar
bilan qo`shimcha sug`urta va 18 turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib
boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi
yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa
jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy
va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga
bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni
ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab
chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi:
- ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi
ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo sohasiga,
vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo
sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi;
- baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon
vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish
jarayonlari avj oladi;
- krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi-
yu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bеrgan yutqazishi
mumkin. Davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va hk.
2. Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy jihatdan
ahvoli yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal
daromadning baholar o`sishidan tushib kеtishi natijasida aholining hayot
darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh
oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi
jamg`armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya aholi
ba'zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib kеladi. Davlat
aholining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va
soliqlarni indеksatsiya qilib boradi.
Mamlakat tomonidan inflyatsiyaning samarali tashkil qilinmasligi
natijasida quydagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy
tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan
jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishga sabab bo‘ladi.
b) davlat qarzlarning o`sishi va budjеt dеfitsitining mavjudligi.
Budjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya
qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qo‘shimcha muomala
vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi.
O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996-
yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali
ham qoplanmoqda.
Barchamiz singari hukumat ham o‘z harajatlari bo‘yicha to‘lovlarni
amalga oshirishi lozim. Albatta uning ham bujet cheklovlari bor. O‘z
xarajatlarimizni to‘lash uchun pulni ishlab topishimiz yoki qarzga olib
turishimiz mumkin. Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini
yangi soliqlarni kiritish yoki qarzga mablag‘larni davlat obligatsiyalarini
chiqarish orqali jalb qilishi mumkin. To‘g‘risi bizdan farqli ravishda davlat
uchinchi imkoniyati ham mavjud: pulni emissiya qilish va maxsulot va
xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish.
Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash
shartlariga bo‘ysunadi va quyidagicha tashkil etiladi: davlat bujeti difisiti
DEF (davlat xarajatlari G va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary
baza АМВ va aholi qo‘lidagi obligatsiyalarning АВ summasi o‘zgarishiga teng
bo‘lishi kerak. Matematik nuqtai nazardan quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |