Birinchi afyun urushi. Buyuk Britaniya savdogarlari Hin-
distondan g‘ayriqonuniy ravishda Xitoyga afyun (qora dori)
kirita boshladilar. Mahalliy Xitoy m a’murlari afyun ortilgan
karvonlarni musodara qilganiga javoban Britaniya hukumati
afyun va ingliz tovarlarini olib kirishni qonunlashtirish uchun
1840-yilda Xitoyga qarshi urush boshladi. U rush tarixga
«birinchi afyun urushi» nomi bilan kirgan. Bu urush 1842-
yilgacha davom etdi. Urushda Xitoy iqtisodiy va harbiy texnika
jihatdan qoloqligi tufayli magdubiyatga uchradi. Urush yaku-
nida Buyuk Britaniya Gonkong orolini bosib oldi va Xitoyni
chetel savdogarlari uchun bir nechta portlarni ochib qo‘yish
haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.
Lekin Xitoy afyun olib kirilishining qonuniy ekanligini
tan olmadi.