Qo‘zg‘olonning bostirilishi. Buyuk Britaniya Hindistonga
qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo‘ldi. Shun-
dan so‘ng harbiy kuch ustunligi Buyuk Britaniya bosqinchilari
tomoniga o‘tdi.
Britaniya qo‘shini qo‘zg‘olonchilar egallagan shaharlarni
qamal qilib, ularni shturm bilan egaladilar. Aholi o‘zini qah-
ramonona himoya qildi. Janglar ko‘chalarda olib borildi. Mus-
tamlakachilar to ‘plarni fillarga ortib, Dehliga olib kirdilar va
bu tadbir jang taqdirini hal qildi.
Qo‘zg‘olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qi-
lindi. Buyuk Britaniya askarlari xotin-qizlar, bolalar va
keksalarni ayashmadi. Asir tushganlarni bir joyga to ‘plangan
olomon oldida to ‘p og‘ziga bog‘lardilar va to ‘pdan o‘q otib,
parcha-parcha qilib tashlardilar.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |