www.ziyouz.com kutubxonasi
28
kerak. Doniyorning eski shineli bilan teshik etigidan boshqa hech narsasi bo’lmasa ham, lekin uning
ma'naviy boy, qalbi yuksak odamligini men bilmaganda kim biladi. Jamila Doniyorning etagini ushlab
ketib, o’z baxtini toptadi, degan gaplarga ishonish u yoqda tursin, aksincha, men u o’z baxtini endi
topdi, deb ishonardim. Faqat oyimga achinardim, xolos. Jamila bilan birga uning butun kuch-quwati
ketgandek. Oyim g’amgin bo’lib, o’zini ancha oldirib, qaddi bukilib qoldi. Oh, bechora oyim. Hayot
oqimi ba'zida eskilik ildiziga shafqatsiz bolta urib, yangi baxt sari intilishini oyim tushunmasa kerak-
da. Agar bo’ron azim chinorni tag-tomiri bilan qo’porib tashlasa, u qaytib qaddini
rostlayolmaydi...Oyimning har bir xatti-harakatidan uning oldingi kuch-quvvati qolmaganligi sezilib
turardi. Ilgarilari u hech kimdan ignaga ip o
’
tkazib berishni iltimos qilmas, qarilik g’ururi bunga yo’l
qo’ymas edi. Bir kuni uyga kirib kelsam, oyim ignaning ko’zini topolmay, qiynalib yig’lab o’tiribdi.
— Ma, ipni o’tkazib ber-chi! — dedi u qaltiragan qo’llari bilan igna va ipni menga uzatib. So’ngra
og’ir xo’rsindi-da, ko’z yoshlarini artib, o’zicha ming’irladi: — E-e, sho’rlik kelinim, ko’ra-bila turib
o’zingni o’tga tashlading-a. Uyimizning to’ri seniki, yeganing oldingda, yemaganing ketingda edi...
O’zingni o’zing juvonmarg qilding... Bizni dog’da qoldirib ketding... Nega ketding... Uyimizda nima
kamchilik ko’rding... Sho’rlik Jamila...
Oyimning shunday mung’ayib o’tirganini ko’rib, o’zimni tutolmay, beixtiyor: «Yo’q, oyi, u
sho’rlik emas!» — deb qichqirib yuborgim keldi-yu, lekin o’zimni bosdim. Oyimni mahkam
quchoqlab, Doniyorning kimligini, uni jonimdan aziz ko’rishimni aytib, yig’lab yuborishimga oz qoldi.
Lekin bu so’zlarni aytishga tilim borarmidi. Bu gapim bilan oyimni bir umrga xafa qilgan bo’lardim.
Lekin bari bir bu begunoh «qilmishlarim» sir bo’lib qolmadi.
Oradan ko’p o’tmay Sodiq akam harbiydan qaytib keldi. Rostini aytganda, u ko’rinishda unchalik
sir boy bermasa ham, lekin nomusdan qattiq kuyinib, jig’ibiyron bo’lib yurdi, Usmonlar bilan ichishib
qolgudek bo’lsa:
— Ketgan bo’lsa sadqayi sar! Sarson-sargardon bo’lib yurib, oxiri bir kun ochidan o’ladi-ketadi.
Xotinman deganing to’lib yotibdi, chertib-chertib olish mumkin. Oltin boshli xotindan, baqa boshli er
yaxshi! — derdi jahl bilan.
— Gaping-ku to’g’ri-ya, — deb javob qaytarardi Usmon. — Afsuski, o’shanda qo’limga tushmadi-
da: unisining ichak-chavog’ini ag’darib, bunisining sochlaridan otga bogiab sudratardim! Ehtimol, ular
janubda, paxta dalalarida, yo bo’lmasa qozoq yerlarida tentib yurishgandir. Sayoqlik Doniyorga kasb
bo’lib qolgan. Shunisiga dog’manki, buni hech kim bilmay, hech kim sezmay qolgan-a, qanday
bo’lganiga kishining sira aqli yetmaydi-ya... Bu ishning hammasini o’sha qanjiqning o’zi qilgan, isini
ham chiqarmadi-ya, la'nati, bo’lmasa men uni naq!..
Bunday gaplarni eshitganimda qonim qaynab, mushtlarimni qisardim. Kuchim yetsa, o’sha
Usmonning basharasiga tuflab: «Pichan o’rog’ida adabingni bergani esingdan chiqibdi-da... Eng
yaramas, eng razil odam sensan-ku!» degan bo’lardim.
Bir kuni uyda maktab devoriy gazetasiga surat chizib o’tirgan edim, oyim ham pechka oldida
cho’qqayib o’t yoqib o’tirardi, bexosdan eshik ochilib, uyga rangi ko’karib, g’azabidan ko’zlariga qon
to’lgan Sodiq akam kirib keldi. U meni ustimga yopirilib kelayotganda, yelkasiga tashlab olgan shineli
yerga tushib ketdi.
— Buni sen chizdingmi? — deb so’radi u bir varaq qog’ozni tumshug’imga tiqib. Qog’ozdagi
suratni ko’rib yuragim orqamga tortib ketdi: bu o’sha xirmonda o’tirib qalamda chizgan Doniyor bilan
Jamilaning surati edi. Suratga ko’zim tushishi bilan go’yo ular menga qarab turishgandek bo’ldi.
«Qiziq, Jamila buni nega tashlab ketdiykin? Uni bir yerga yashirib qo’ygan-u, keyin esidan chiqarib
ketgan bo’lsa kerak!» — deb o’yladim ichimda.
— Ha, men chizgan edim! — dedim.
— Bu-chi, bu kim o’zi?
— Doniyor.
— E, ablah, sotqin! — deb o’shqirdi Sodiq akam menga va suratni maydamayda qilib yirtdi-da,
Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |