Ota onam ikki jahonim Biri tumor jondagi qonim



Download 23,23 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi23,23 Kb.
#519366
Bog'liq
SHERLAR


Ota – onam
Ota – onam ikki jahonim
Biri tumor jondagi qonim,
Biri osmondagi oyim
Biri so’nmas quyoshim,
Hech ham tolmas karvonim
Ota – onam ikki jahonim.

Onam mehribonim, onam yo’ldoshim


O’ylangan kunlarimda bo’lgan sirdoshim,
Qiynalgan kunlarimda bo’lgan bardoshim
Siz oyim, mangu so’nmas quyoshim.

Otam karvonimdir, suyangan tog’im


Bag’ri gulag to’lgan go’zal gulbog’im,
Har doim bag’ri keng ko’m-ko’k osmonim
Otam karvonimdir, suyangan tog’im.

8.03.2016

Buyuk shoirlar
Nurli o’tmishimiz nurafshonisiz
Buyuk bir millatning buyuk shonisiz,
Bobojon dillardan o’chmas nomingiz
Gullar aro bog’imning go’zal bog’isiz.

Yuragimda Navoiy so’zlari bordur


Hamon o’chmas Bobur izlari bordur,
Sheriyatda shoxi – sultondur ular
Xalqimning buyuk shoirlaridur.

08.02.2016


Qadrli ustozimga
Ilm-u tafakkurdan sizdan olib ziyo
Menga ham uzatdingiz bir hovuch go’yo,
Qalbimda ismingiz jaranglaydi hamon
Baxtimga siz bo’ling, siz bo’ling omon.

Tog’ri yo’llar ko’rsatib menga


Intilganga tole yor dedingiz,
Olg’a talpin faqat qizim deb
Umidimga umid qo’shdingiz.
07.03.2016
Kelinoyimga
Onam kabi mehribon
Otam kabi bag’ri keng,
Akam yonimda yo’ldosh
Men bilan hamisha sirdosh.
Yashang siz maylida yuz yosh
Hech qachon bo’lamang bag’ritosh,
Har doim o’ynab – kuling siz
Oilamiz baxtiga baxt qo’shing siz,
Jajji ukalarimni avaylab asrab
Akamga munosib yor bo’ling siz.

08.03.2016

Mohira opamga
Ko’nglimga kelganin qaytarmay yozib
Xatto qalamim ham ketdi to’zib,
Jonsiz suratini bag’rimga bosib
Opamni so’g’inib yig’layman do’stlar.

Shirmon yuzli, shirin so’zli


Mehr to’la qora ko’zli,
Go’zallikda ming ziyoli
Opamni sog’inib yig’layman do’stlar.

Sizni sog’inib etarman yod


Yuzim shod bo’lar, ko’nglimda ming dard,
Yonimizga qayting opajon
Men “tirikman” deb ayting opajon.

17.03.2016

Salomnoma
Assalomu aleykum bormisizlar
Yig’ilgan yurt eson-omon bormasizlar,
Hunarin xalqi oldida ko’rsatishga
Tizilib davraga chiqdi qizlar.

O’zbekdir mening xalqim


Salom berish odatim,
Eng avvalo bizdan sizga
Assalomu aleykum.

Assalomu aleykum


Deb boshladim so’zimni,
Tanishtirib o’taman
Tug’ilgan yerim o’zimni

Daryo bo’yiga joylashgan elga


Havas uyg’onib keldik shu yerga,
Ajoyib manzaralari oqqan suvlari
Tabiat bag’ishladi ilhom menga.

Men Aralbaeva Mehrijamol Qo’nisboy qizi


Xonadonim yulduzi,
Onajonim erkasiman
Akalarim kenjasiman.

Faxrlanib ustozlarim dan


Olg’a qaray qadam tashlayman,
Ustozlari yo’lini tutib
Elim deb yurtim deb yonib yashayman.

Bobolarim ruhi qo’lla qizimni


O’zing yorug’ qilgin yuzimni’
Tulpordek qo’shildim poygaga bugun
Zulfiya shoiraning quvip izini.

Ilk muhabbatim qaytarmikan


Derazadan asta qarayman
Yulduzlardan yana so’rayman,
Sevaman deb aytarmikan deb.

Hamon o’sha qalbimda qiynoq


Hamon o’sha labimda titroq,
Yuragimda umid hali ham uyg’oq
Ilk muhabbatim qaytarmikan deb
Sevaman deb yana aytarmikan deb.

O’tkan kunlarim ham bo’ldi mag’zun


Sog’inib o’ylayman uzundan-uzun
Olloxdan so’rayman har kuni-har tun,
Ilk muhabbatim qaytarmikan deb
Sevaman deb yana aytarmikan deb.

Muhabbatimga men boshimni egdim


Ko’zda yoshlarim suvlarday to’kdim
O’tkan kunlarimga termulib o’tdim,
Ilk muhabbatim qaytarmikan deb
Sevaman deb yana aytarmikan deb.
28.04.2016

O’zbekiston


O’zbekiston o’ziga bek xalqim mening
Donolardan qolgan tarix donqim mening,
Yuragimda turgan zavqu-shavqim mening
O’zbekiston o’ziga bek xalqim mening.

Olloximdan so’rab olgan baxtim o’zingsan


Yer yuzini egallagan taxtim o’zingsan,
Tinchlikning boshin tutgan yurtim o’zingsan
O’zbekiston o’ziga bek xalqim mening.

Bobolardan qolgan ulug’ nazarsan


Shoirlarning dildagi g’azalsan,
Yurtlar aro eng chiroyli, go’zalsan
O’zbekiston o’ziga bek xalqim mening.

Mardlaring bor Alpomishning yo’lin tutgan


Qizlaring bor Barchinoyday oydin ko’rkam,
Yurtim senga tegmasin ko’z, kelmasin g’am
O’zbekiston o’ziga bek xalqim mening.

Qaydasan yuragim


Sen qayadasan yuragim
Holimni bir so’ragin
Baxtni qaydan topayin,
Yillar oshib o’tayin
Sen qaydasan yuragim.

Tez-tez so’rab qiynama


Ozoblardan so’ylama
Bevofo deb o’ylama,
Sen qaydasan yuragim
Baxtni topish tilagim.

Bahor
Bahorni soging’ingan Zulfiya kabi


Qalbimga nur bo’lib kel endi bahor,
Seni orzuqib kutkan Muhammad Yusuf
Lola qizg’oldog’ingni olib kel bahor.

Sen kelsang yuzda bo’lar tabassum


Sen kelsang bo’lar uyg’onish davri,
Senga intiqdir yuragim shavqi
Baxtli kunlaringni olib kel bahor.

Sendadir qizlarning shodon kulgusi


Sendair olamning oydin yog’dusi,
O’tib ketsin qishning sovuq uyqusi
Salqin shabadangni olib kel bahor.
Mo’tabar onam
Kerakmas o’zganing yolg’on so’zlari
Ne qilay gumonga to’la ko’zlari,
Ko’rdim ku hayotda orzu-koplarni
Oldimda mo’tabar onam tursa bas.

Bolam deb har doim duo qilgan


Yiqilsam turgin deb sado kelgan,
Ayb qilsam onamning ko’z Yoshi yuvgan
Oldimda mo’tabar onam tursa bas.

Otamni asra


Osmonlarga termulib qarab
Yulduzlarga aytaman tilak,
Xohlasang boshimni egayin falak
Otamni asragin otamni asra.

Yomon ko’zlardan asragin nogoh


Azoblardan yashirib ogoh,
Tiz cho’kib aytayin oldingda Olloh
Otamni asragin, otamni asra

Axir u ham yursinda kulib


Kulgulari baxtga to’lib,
Yuragim ezilar dardlarin ko’rib
Otamni asragin, otamni asra.
Sevaman dema
Sen menga va’dalar berding
Muhabbatim, sevganim derding,
Qadrimni bilmading, ketding
Endi menga sevaman dema.

Boshimga uramanmi yolg’on sevgini


Ayt qanday yuvasan gunohlaringni,
Farishta bo’lib chaqirma panohlaringni
Endi menga sevaman dema.

Har qadam mendan kamchilik izlab


Yurarding osmondagi oylarni ko’zlab,
O’tmishlardan mang ertaklar so’zlab
Endi menga sevaman dema.

Yuragimni senga bermasman


Sevgi uchun yonib kuymasman,
Seni endi yor deb bilmasman
Endi menga sevaman dema

Tosh yuraklikni sendan o’rgandim


Osha payt ortingdan yig’lab qolgandim,
Sog’ boshimga savdolar sotib olgandim
Endi menga sevaman dema.

Ketdingmi ko’rinma aslo


Sevgidan ne foyda qandayin ma’no,
Sensiz ham kengdir bu go’zal dunyo
Endi menga sevaman dema.

MAQSADIM


Maqsad-u orzuga erishay albat
Kelajak bo’lsin yarug’-u xushvaqt,
Har kunimiz quvonch-baxtga to’sin
Axir O’zbekiston buyuk bir davlat.
Download 23,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish